Mavzu: Umurtqasizlar. Qorinoyoqli malyuskalar sinfi. Reja: Umurtqasizlar. Qorinoyoqli malyuskalar sinfi



Yüklə 411,06 Kb.
səhifə2/4
tarix06.01.2022
ölçüsü411,06 Kb.
#51059
1   2   3   4
Umurtqasizlar Qorinoyoqli malyuskalar sinfi

Kovakichlilar tipi. Kovakichlilar tuban darajada tuzilgan ko`p hujayralilarning eng xarakterli tiplaridan biridir. Kovakichlilarning o`ziga xos belgilari quyidagilar:

1. Kovakichlilar radial-nursimon simmetriyali tuzilishga ega. Masalan, uning vakili gidra tanasidan tik o`q o`tkazilsa, uning paypasligichlari bu o`q atrofida xuddi har tomonga taralgan yorug`lik nuri singari joylashadi. Buni nursiomn simmetriya dub ataladi.

2. Kovakichlilar tipi vakillarining tanasi ikki qavatli tuzilishga ega.

Kovakichlilarning tipik vakili - gidra. Gidra chuchuk suvlarda yashaydi. Uning tanasi ikki qavatdan: tashqi ektoderma, ichki entodermadan iborat.



Halqali chuvalchanglar tipi. Bu tip umrtqqasiz hayvonlar bo`limida ancha taraqqiy etgan va yaxshi rivojlanganligi bilan farq qiladi. Halqali chuvalchanglarning tana tuzilishida ancha o`zgarishlar bo`lib, bu ular tanasining segmentatsiyalashgani, yani ularning tanasi ancha segmentlardan iboratligidadir.

Halqali chuvalchanglarning tanasi ustki tomondan qoplag`ich to`qima bilan qoplangan. Ularda bu to`qimadan tashqari muskul to`qimasi nerv to`qimasi va boshqa to`qimalar bor .

Halqali chuvalchanglarda ovqat hazm qilish organlari yaxshi rivojlangan. Oziq og`izdan (yomg`ir chuvalchang misolida )xalqum orqali qizilo`ngachga o`tadi. Og`iz, halqum, qizilo`ngach, jig`ildon, oshqozon ba ichak ovqat hazm qilish organlarini tashkil etadi.

Chuvalchanglarning qorin tomonida ingichka,elastik, kalta tuklari bor. Ular yer yuzida harakat qilishda ba in qazishda yordam beradi. Ana shu kalta, siyrak tuklarning bo`lishi halqali chuvalchanglar tipiga xos xususiyatdir.

Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi yaxshi ruvojlangan asab sistemasi xam ancha yaxshi taraqqiy etgan. Umuman xalqali chuvalchanglar aktib ovqatlanish xususiyatiga ega bo`lgan ancha rivojlangan hayvonlardan hisoblanadi.



    1. Yüklə 411,06 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin