bilishlari kerak. Shunga ko‘ra o‘simlik va hayvonlarni tanlashda faqatgina tuzilishlarining xilma-xilligiga emas, balki muhitning ma'lum sharoitlarga moslashganligiga ham e'tibor beriladi. Bolalar o‘simliklarni sug‘orish (suvning miqdori va sug‘orishning takrorlanishi) o‘simlikning tabiatdagi yashash muhitiga (tropik
botqoqliklar va soy, changalzorlar, quruq cho‘l va dashtlar), shuningdek, yil fasllariga bog‘liqligini anglab olishlari uchun jonli tabiat burchagiga, yilning 10 oyi davomida juda nam tuproqda o‘sadigan papirusni, suvni kam talab qiladigan va onda-sonda sug‘oriladigan kaktusni (1-2 turini), namga ehtiyoji katta bo‘lgan pirimula, tradiskantsiyani hamda o‘rtacha sug‘orishni talab qiladigan uzambarg gunafshasini qo‘yish zarur. Qishda ko‘pgina subtropik o‘simliklar sug‘orishni uncha ko‘p talab qilmaydi. Ekologik markazdagi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini tabiiy sharoitdagi o‘sish sharoitlari bilan aloqasi haqida boshqa o‘simliklar ham, ayniqsa liliya va amarillis oilasiga taalluqli bo‘lgan -
amarillis, kliviya, krinum, dratsena, gemantus va shu kabilar dalolat beradi. Mazkur o‘simliklar uchun qishning birinchi davri - tinchlik davri bo‘lib, bu vaqtda sug‘orish deyarli to‘xtatiladi.
Xona o‘simliklarini ko‘paytirish usullari xilma-xildir:
yorongul, begoniyareks, sansevyera va boshqalar novdalaridan,
aspidistra, asparagus va shu kabilar butoqchalaridan ko‘paytiriladi. «Tirik tug‘iluvchi» o‘simliklardan -
toshyorar, xlorofitum, briojillyum bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Akvariumdagi baliqlar ham (ularning 2-3turi bo‘lishi kerak) mahalliy suv havzalaridagi issiqsevar baliqlardir. Bu guruhlarning har biri, garchi unchalik murakkab bo‘lmasada, boqishda alohida sharoit talab qiladi.
Maktabgacha tayyorlov guruhining ekologik markazida tutqunlikda
bola ochadigan qushlarni, yozda esa maydonchada tovuq, o‘rdaklarni (mahalliy sharoitga ko‘ra) boqish maqsadga muvofiqdir. Sutemizuvchilardan ekologik markazida istalgan jonivor, ayniqsa hayot tarzi mavsumga muvofiq o‘zgaradiganlarini (tipratikan, og`maxon), bog‘cha hovlilarida esa katta bolalar quyonlarni parvarishlab boqishlari mumkin.