Mavzu: turizmda rejalashtirishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-madaniy jihatlari


Turizm faoliyati va uni rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy-



Yüklə 256,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü256,48 Kb.
#182933
1   2   3   4   5
12.3-ma`ruza matni. Turizmni rejalashtirish

12.3.3.Turizm faoliyati va uni rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy-
madaniy oqibatlar. 
Turizm mahalliy aholi va uning madaniy hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatish bilan 
birga, salbiy ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Har qanday bosqichda turizmni 
rivojlantirishni rejalashtirishda ijtimoiy-madaniy ta’sirlarning sabablarini albatta 
hisobga olish zarur. To’g’ri darajada rejalashtirilgan, rivojlantirilgan va 
boshqarilganda turizm sohasi quyidagi ijtimoiy-madaniy foyda keltiradi: 


1.
Mahalliy aholining turmush darajasini oshirish va kommunal ob’ektlar 
va 
xizmatlarni 
yaxshilash 
uchun 
qo’shimcha 
mablag’lar ajratilishiga 
ko’maklashadi. 
2.
Tegishli turistik tumanning madaniy merosini saqlab qolish, musiqa, 
raqs, xalq og’zaki ijodiyoti, san’at va hunarmandchilik, turmush tarzi, iqtisodiy 
faoliyatning an’anaviy turlari va arxitektura usullari bilan bog’liq madaniy 
meroslarning rivojlanishiga yordamlashadi. 
4.
Turistik faoliyat mablag’lari tomnidan ta’minlanadigan hamda ulardan 
mahalliy aholi ham foydalanishi mumkin bo’lgan muzeylar, teatrlar va boshqa 
madaniy ob’ektlarning yaratilishi va qo’llab-quvvatlanishiga xizmat qiladi. 
5.
Turistlar tomonidan yuqori baho berilishi tufayli mahalliy aholining 
o’z madaniyati uchun faxr tuyg’usini kuchaytiradi, ba’zan qayta tiklaydi ham. 
6.
Turistlar 
va 
mahalliy 
aholi 
o’rtasida madaniyat sohsidagi 
almashishalarni ta’minlaydi. Bunga ko’pincha turizmning bilib olish uchun borish, 
qishloq turizmi va mahalliy aholining xo’jaligini borib ko’rish dasturlari kabi 
turlari yordamlashadi.
Ijobiylari bilan birga ijtimoiy-madaniy tusdagi salbiy ta’sirlar ham yuzaga 
kelishi mumkin. Masalan, ayniqsa mavsum avjiga chiqqan paytida turistlarning 
haddan ortiq to’planishi. Bunday paytlarda diqqatga sazovor joylar, xizmat 
ko’rsatish ob’ektlari, restoranlar, magazinlar, transport vositalari turistlar bilan 
to’lib-toshgan bo’ladi va bu mahalliy aholi uchun katta noqulayliklar keltirib 
chiqaradi.
Turistlar oqimining haddan ortiqligi muhim arxeologik va tarixiy yodgorliklar 
holatining yomonlashuviga olib keladi. Masalan, haddan ortiq tijorat faoliyati 
mahalliy odatlar, rasm-rusumlar, musiqa, raqslar, hunarmandchilik va boshqa 
madaniy modellarning o’ziga xos xususiyati yo’qolishiga olib kelishi mumkin. 
Mahalliy aholida, ayniqsa yoshlarda bunday vaqtlarda turistlarning xulq-atvori va 
kiyinishiga taqlid qilishga qiziqish uyg’onadi. Bundan tashqari, turistlar va 
mahalliy aholi o’rtasida ko’pincha til va xatti-harakat o’rtasidagi farqlar tufayli 
tushunmovchiliklar va nizolar kelib chiqishi mumkin; turizm giyohvandlik, 
alkogolizm, jinoyatchilik va fohishabozlik bilan bog’liq ijtimoiy muammolarni 
chuqurlashtirishga xizmat qilishi ham mumkin.
Madaniyatni saqlab qolishning uslublaridan biri sifatida turizmdan maqsadga 
muvofiq ravishda foydalanish mazkur sohadagi salbiy ta’sirlarini sezilarli darajada 
kamaytirishga xizmat qiladi. Lekin turizmni rivojlantirish variantlarini tanlab 
olishda buning uchun qanday yondashuv eng mos tushishini aniq belgilab olish 
zarur. Rejalashtirishda quyidagi aniq choralar nazarda tutiladi: 
1.
Mahalliy raqslar, musiqa, folklor, san’at, hunarmandchilik va kiyim 
kechakning o’ziga xosligini, hatto ular ba’zan turistlarni yanada ko’proq jalb etish 
uchun zamonaviylashtiriladigan bo’lsa ham, saqlab qolish. Rasm-rusmlar va 
marosimlarning ba’zi turlarini, masalan diniylarini, turistlar uchun deb 
o’zgartirmaslik kerak va bunday marosimlarga turistlarning qo’yilishi qat’iy 
nazorat qilinishi zarur.
2.
Turistik ob’ektlarni qurishda alohida arxitektura usullarini saqlab 
qolish va mahalliy arxitektura an’analiridan foydalanish. 


3.
Mahalliy aholining turistik diqqatga sazovor joylar, xizmat ko’rsatish 
elementlari va boshqa ob’ektlarga yetishishi qulay bo’lishini ta’minlash, turistlar 
oqimini tartibga solish. 
4.
Agar mahalliy aholi mavjud tijorat turistik ob’ektlardan bemalol 
foydalana olmasa, ularga ushbu ob’ektlarga borish uchun imtiyozli narxlar 
belgilash yoki qimmat bo’lmagan, yoxud subsidiya berilgan ob’ektlarni taqdim 
qilish. 
5.
Mahalliy aholining turizm borasidagi ma’rifiy bilimlarini oshirish: 
turizmning foydalari, uni rivojlantirish siyosati va dasturi, mahalliy aholining 
turizmni rivojlantirishdagi shaxsiy ishtiroki, ushbu tumanga keluvchi turistlar 
toifalarining xususiyatlari haqida. Buning uchun mahalliy radio, televidenie, 
matbuot va boshqa imkoniyatlardan foydalanish lozim.
Turizm bilan tanishishni maktablar va boshqa o’quv yurtlarining o’quv 
dasturlariga kiritish zarur.
1.Turistlarni mahalliy jamoa haqida xabardor qilish: uning odatlari, kiyinish 
xususiyatlari, madaniy, diniy va boshqa joylarda xulq-atvor qoidalari, suratga 
tushishda o’zini tutishi, «choychaqa» qoldirib ketish amaliyoti, boshqa mahalliy 
muammolar (jinoyatchilik va sh.k.) haqida. Turistlar mahalliy xulq-atvor 
qoidalarini bilishlari va ularga rioya qilishlari kerak. 
2.Turizm sohasida, jumladan tillar va xulq-atvor qoidalarini o’rgatish borasida 
ham kadrlarni tegishlicha tayyorlash. Bu turitslar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar 
o’rtasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. 
3.Giyohvandlik, jinoyatchilik va fohishabozlikka qarshi kurash tadbirlarini 
o’tkazish. 
Turizmni uning barcha bosqichlarida rivojlantirishni rejalashtirish iqtisodiy
ekologik va ijtimoiy-madaniy jihatlar va muammolarni har tomonlama hisobga 
olish hal qilishga asoslanishi kerak. 
Turizmning iqtisodiy samaradorligi tahlil etilayotgan vaqt davomida jonli va 
buyumga aylangan mehnatni kam sarf qilgan va atrof-muhitni optimal darajada 
saqlab qolgan holda mamlakat va xorijiy turistlarning tegishli talabiga mos 
keladigan mahsulotlar va xizmatlarning eng katta hajmini yaratish va joriy qilish 
uchun ishlab chiqarish va turistik resurslardan foydalanish darajasi bilan 
baholanadi.

Yüklə 256,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin