hodisasi yuz berganligi yuzasidan sug„urtalanuvchi arizasida bayon qilingan
talablarning qondirilishi) va boshqaruvga oid kabi turlardan iboratdir .
Sug„urta tashkiloti daromad va xarajatlarini sug„urta faoliyatini amalga
oshirish jarayonidagi o„rni va roliga qarab tasniflash ko„proq maqsadga
muvofiqdir. Ular quyidagichadir:
- sug„urta himoyasini ta‟minlash bilan bog„liq bo„lgan (sug„urta
operatsiyalari hamda investitsiya joylashtiriluvi bo„yicha) daromad va xarajatlar;
- sug„urta himoyasi bilan to„g„ridan-to„g„ri bog„liq bo„lmagan boshqa
daromad va xarajatlar.
Sug„urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularni hisoblash
ko„p jihatdan milliy sug„urta qonunchiligi me‟yorlariga ham bog„liqdir.
Shuningdek, sug„urta tashkilotining daromad va xarajatlariga amaldagi soliq
qonunchiligiga binoan to„lanadigan daromad(foyda) solig„ining soliq bazasini
aniqlash uslubiyati hamda stavkalari darajasi ham ta‟sir etadi.
2-chizma
Dostları ilə paylaş: