Mavzu: so`z birikmasi va qo`shma gaplar



Yüklə 321,6 Kb.
səhifə1/17
tarix09.06.2023
ölçüsü321,6 Kb.
#127621
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
SO`Z BIRIKMASI VA QO`SHMA GAPLAR




MAVZU: SO`Z BIRIKMASI VA QO`SHMA GAPLAR

MUNDARIJA


KIRISH………………………………………………………………….…3
1-BOB O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO`Z BIRIKMASI VA QO'SHMA GAPLAR……………………………………………………………5
1.1 So’z birikmasi ustida ishlashda grammatik tushunchalarning ahamiyati………………………………………………………………………….5
1.2 So’z birikmasi ustida ishlashda didaktik o’yinlardan foydalanishusullari………………………………………………………………..11
II BOB QO‘SHMA GAPLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA…18
2.1 Bog’langan qo’shma gap……………………………………………………..18
2.2 Nutqiy so’z birikmasi (SB) haqida tushuncha. SB da hokim va tobe kengayuvchi va kengaytiruvchi so’z……………………………………………23
XULOSA………………………………………………………………….29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………30






Kirish.


Mavzuning dolzarbligi. Eng avvalo, til o`zining ijtimoiy mohiyatida ko`zga tashlanadi. Til vositasida, aniqrog`i, milliy tilning ravnaq darajasi boyligi rang - barangligi, imkoniyatlari orqali millatning tafakkur darajasi, millat fikrining miqyoslari aniqlanadi, uning ijtimoiy faollik belgilari ma`naviy salohiyatida namoyon bo`ladi. Shu bois til- millatning ruhini ifoda etadi, til millatning tiriklik belgisidir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” asarida ham tilimizga tilimizning milliyligiga e`tibor berib shunday deydi1, “Xalqimizdagi iligi to`q, baquvvat degan tushunchani men hatto qonuniyat degan bo`lar edim, bu bejiz paydo bo`lmagan. Yana tilimizda “tagli-tugli”, “palagi toza” degan iboralar ham bor. Bu bir joyda muqim yashagan, o`z turmush tarziga ega bo`lgan xonadonlarga nisbatan aytiladi”.
“Tilimizning milliyligini, berijimligini ta`minlovchi vositalardan biri iboralar bo`lib voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko`z o`ngida aniq va to`la gavdalantirishda iboralarning o`rni ahamiyati beqiyosdir. Iboralar umuman olganda hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat-holatlarni baholash turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o`ziga xos obrazli ifodalaridir”.
Shuning uchun ham iboralar, tilshunos A. Mamatov ta`kidlaganidek “u yoki bu xalqning, yashayotgan joyining tabiati, iqtisodiy tizimi, tarixi,
Madaniyati, hayot tarzi, og`zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san`ati, fani urf-odati, dini kabilar bilan bog`lanadi”.
Ona tili darslarida gap mavzusini o`tish va ularni nutq jarayonida qo`llash uzviylashtirilgan ta`lim dasturida ham o`z ifodasini topgan ya`ni dars tuzulishi mavzularni detallashtirilgan holda o`quvchilarga yetkazish o`z ifodasini topgan.
Bilimni o`zlashtirishning natijasi ma`lum darajada o`qitish metodlariga bog`liqdir. Bayon metodi asosan o`quvchilarning eslab qolishiga mo`ljallanadi va ularning bilish faoliyatini faollashtira olmaydi, shuning uchun kutilgan natijani bermaydi. Maktab tajribasini ommalashtirish va olimlar (L. V. Zankov, Yu. N.)Babanskiy, V. P. Strezikozin va boshq.)ning maxsus tekshirishlari ko`rsatishicha, izlanish metodlari (boshlang`ich sinflarda qisman izlanish metodi) ko`proq samarali hisoblanadi. Grammatik tushunchani shakllantirishda izlanish vaziyati o`qituvchi bergan vazifa va uni jamoa bo`lib bajarish vaqtida yaratiladi.O`quv tarbiya jarayonida o`qitishning ilg`or usullari, ya`ni yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish vazifasi qo`yilgan. Bu topshiriqlar o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini shakllantirishga tasviriy vositalar mavzusini yaxshi o`zlashtirishlariga qaratilgan.

      1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo`lgan gapning muhim belgilarini o`rgatish).

      2. Gap qurilishini o`rgatish (so`z birikmasida so`zlarning bog`lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo`laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig`iq gaplar ustida ishlash).

      3. O`quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko`ra turlaridan foydalanish ko`nikmasini shakllantirish.

      4. Gapda so`zlarni aniq qo`llash ko`nikmasini o`stirish.

      5. Yozma nutqda gapni to`g`ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo`yish) ko`nikmasini shakllantirish

Gapning bosh bo`laklarini kuzatish bilan o`quvchilar o`z fikrlarini aniq ifodalashga o`rganishlarini, ularda nutqdan gapni ajratish ko`nikmasi shakllanishini,gapni o`rganish me`yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so`z birikmasi haqidagi tasavvurlarini amaliy ko`rib chiqish. Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan sintaktik material kam bo`lsa ham,
butun o`quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlar olib borilishini amaliy jihatdan ko`rib chiqich.

    1. Yüklə 321,6 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin