Mavzu: Somoniylar tangasi noyob husnixat namunasidir Reja: Xalifalikni dastlabki davrida muomalada bo`lgan tangalar



Yüklə 189,09 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.04.2023
ölçüsü189,09 Kb.
#94907
20.Somoniylar tangasi noyob husnixat namunasidir



Mavzu:Somoniylar tangasi noyob husnixat namunasidir 
Reja: 
 
1. Xalifalikni dastlabki davrida muomalada bo`lgan tangalar. 
2. Arab xalifaligi tomonidan zarb qilingan tangalar. 
3. Somoniylar davri tangalari. 
Xulosa. 


Ettinchi asrdan boshlangan arablar istilosi Turkistonni xam o`z domiga tortdi. 
Bu ijtimoiy xayotning xamma soxalariga ta`sir ko`rsatish bilan bir qatorda
tangasozlik soxasida xam muxim bosqich bo`ldi. Arablar xalifaligi barpo 
qilingan dastlabki yillarda Vizantiya va Somoniylar davrida zarb qilingan
tangalar savdo muomalasida ishlatilgan. SHundan so`ng xalifalik o`sha davr 
tangalarini chiqarishni davom ettirgan. Lekin tangalardagi Vizantiya imperatori
yoki Somoniylar xukmdorining tasviri arab yozuvi bilan zarb qilingan. 
Ettinchi asrning so`ngida Abdumalik Umaviy pul isloxoti o`tkazib, musulmon 
tangasini zarb qilishga asos soldi.SHundan e`tiboran tangalar sof epigrafik, 
ya`ni ularda faqat yozuvlar joylashtiriladigan bo`ldi. Bu davrda zarb etilgan 
yangi tangalar xar ikki tomonida xam tasvirlarni yo`qligi bilan oldingi 
tangalardan ajralib turar edi. Asta-sekin yozuvlar bir tartibda yozila boshlandi. 
Tanganing old tomoniga "Lo iloxa illollox", orqa tomoniga esa "Muxammad
olloxning rasuli" degan yozuvlar bitilgan. Aylanma yozuvlar ko`proq
suralaridan iborat. SHunisi muximki. tanganing old tomonida tanganing nomi, 
zarbxona nomi xijriy xisob bo`yicha tanganing zarb etilgan yili keltirilgan. 
Xalifalikda oltindan. kumushdan. misdan tangalar zarb qilingan ularning
nomlanishi metalga bog`liq edi. Oltin tangalar – dinor, kumush tangalar – 
dirxam, mis tangalar - ful`s deb atalgan. 
Ilk musulmon tangalari ismsiz bo`lgan. Keyinroq xalifalarning, noiblarning va 
xokazolarning ismlari paydo bo`ladi. Musulmon tangalardagi yozuvlar ko`fiy 
usulida yozilganligidan VIII - IX asrlardagi tangalar ko`pincha kufiy tangalar 
deb yuritilgan. Dinor va dirxamlarni faqat dastlabki vaqtlarda xalifalikkina 
zarb qilish xukukiga ega bo`lgan. Mis tangani esa vorislar, amirlar tanga 
chetiga uz nomlarini yozdirib zarb qilishlari mumkin edi. Oltin tanga tashki 
savdo uchun zarb qilingan edi. Xalifalik savdosida kumush tangalar dirxamlar
pul muomalasini asosini tashkil etgan. Ular xalifalik va uning xalqaro 
savdosini etarli darajada ta`minlaganlar. 
Movorounnaxrda arablar istilosidan keyingi dastlabki vaqtlarda umumxalifa 
tangalari bilan bir qatorda maxalliy eski tangalar xam muomalada bo`lgan va 


arablar uz noiblarining nomlari bilan arab yozuvida shunday tangalarni zarb 
qilganlar. 
Asta-sekin bu erlarda xam umumxalifalik tangalari dirxam, ful`slar zarb 
qilina boshlagan. VIII-IX asrlarda Buxoro. Samarqand, SHoshda SHunday 
tangalar zarb qilingan. Bundan tashqari vaqti - vaqti bilan tangalar zarb
qiladigan shaxarlar xam bo`lgan. Mas,: Muaskar ash-shosh(SHosh kal`asi),
usha davrdagi Farg`ona poytaxti Axsikent shunday shaxarlardan xisoblanadi. 
Movorounnaxr xalifalikdan ajralib chiqqandan keyin Xirot viloyatidan kelib 
chikkan Toxir ibn Xusayn (821-873) Xuroson noibi etib tayinlanadi va u 
Toxiriylar sulolasiga asos soladi. U Bag`dod xalifaligiga tobe bo`lib ichki
siyosatda mustaqil edi. Toxiriylarga tobe bo`lgankeltirilgan qisqagina 
ma'lumotga qaraganda, uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn 
Zakiriyo ibn Xattob ibn Sharik bo‘lgan. Naslu nasabi Buxoro ahlidan, 899 yilda 
shahar yaqinidagi Narshax qishlog‘ida duyoga kelgan. 959 yilda 60 yoshida 
vafot etgan. “Buxoro tarixi” asarini u 943-944 mobaynida arab tilida yozadi. 
Kitobni Samoniylar davlatning hukmdori Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn 
Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943-954 yy.) ga bag‘ishlaydi. Afsuski, “Buxoro 
tarixi”ning arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning faqat ancha-
muncha qisqartirilib, fors-tojik tiliga ag‘darilgan tarjimasigina yetib kelgan8. 
“Buxoro tirixi” kitobida yozishda Muhammad Narshaxiy o‘z kuzatishlari, 
mahaliy aholidan eshitgan va bilganlari bizgacha yetib kelmagan tarixiy 
hujjatlarga asoslanish bilan birga ko‘pchilik tadqiqotchilar nazari tushmagan 
arabnavis mualliflarning asarlaridan ham keng foydalangan. Kitobda Madoiniy, 
Balazuriy va Tabariy asarlariga bo‘lgan havolalar buning yorqin dalilidir. 
Bulardan tashqari, Muhammad Narshaxiy o‘z asarida islomiyatga qadarli 
Buxoro tarixi va arablar bosqini bilan bog‘liq bir qancha rivoyatlarni keltiradi. 
“Siyovush marsiyasi” va “Poykand fojiyasi” kabi axborotlar mana shunday xalq 
og‘zaki rivoyatlari namunalaridandir. Buxoro va Poykandning islomiyaga 
qadarli bo‘lgan hokimlari, Poykand ravotlari, arablarning Buxoroga tomon 
dastlabki yurishlari, shuningdek Muqanna to‘g‘risidagi axborotlarning bir qismi 


Muhammad Narshaxiyga mansub bo‘lib, ular ma'lum darajada yozma manbalar 
hamda og‘zaki rivoyatlar asosida bayon etilgan. 
Sharg‘ va Iskijkat bozorning ta'rifi; Ismoil Somoniy tomonidan Sharg‘ qishlog‘i 
yerlarining xaridi; yiliga ikki marta Buxoroda bo‘ladigan mohrshz iyd bozori; 
Ko‘shki Mug‘on yerlarining X asrdagi bahosi; shahar atrofi ko‘shklarining 
o‘ymakor sanamlar bilan bezatilgan eshiklari; “kashkashon”- savdogarlar bilan 
arablar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojaralar; nihoyat,“oqkiyimliklar”ning rahnamosi 
- Muqannaning fojiali qismati to‘g‘risida cho‘rilaridan birining nabirasi 
og‘zidan eshitgan hikoyasi ayniqsa antiqa axborotlardan hisoblanadi. Abu Nasr 
Ahmad Quboviyning yozishicha, Muhammad Narshaxiy o‘z kitobini Nuh ibn 
Nasr as-Samoniy davrigacha bo‘lgan Samoniylar sulolasining hukmronligi 
to‘g‘risidagi axborotlar bilan tugatadi. 
“Buxoro tarixi”ning fors tiliga tarjimasi 1128 yilda Abu Nasr Ahmad ibn 
Muhammad ibn Nasr al-Quboviy tomonidan amalga oshirilgan. Asar matnining 
tahlili shuni ko‘rsatadiki, Abu Nasr Ahmad Quboviy asarni tarjima qilishda uni 
faqat qisqartiribgina qolmay, balki IX asr mualliflaridan Abu Ja'far Muhammad 
ibn Jarir at-Tabariyning “Tarixi Tabari”, Abulhasan Abdurahmon ibn 
Muxammad Nishopuriyning “Xazoinul-ulum” hamda Abu isxoq Ibrohim ibn al- 
Abbos as-Suliyning “Ahbori Muqanna” nomli asarlaridan olingan qimmatli 
ma'lumotlar bilan to‘ldiradi. “Buxoro tarixi”da keltirilgan xadislardan ma'lum 
bo‘lishicha, Abu Nasr Ahmad Quboviy hadis ilmining ulomalaridan biri 
mashhur muxaddis Muhammad Shamsudin Abu Bakr Zaranjariying biz uchun 
noma'lum bo‘lgan asaridan ham foydalangan. Masalan, Buxoro shahrining 
paydo bo‘lishi, “Bozoro moh”, Arkning barpo etilishi, “Kampirok devor”, 
Buxoro va unga tobi joylarning dehqonchilik xo‘jaligi tafsilotlari hamda 
shaharning 
tarixiy 
topografiyasi 
(shahristondan 
tashqari) 
bayoniga 
bag‘ishlangan sahifalar Abu Nasr Ahmad Quboviyning Abulhasan Nishopuriy 
nomidan “Buxoro tarixiga” kiritgan qo‘shimchalaridan hisoblanadi9. 
Shu bilan birga “Buxoro tarixi”ning tarjimoni va muharriri Narshaxiydek 
mahalliy mualliflardan bo‘lgani uchun asarni o‘z kuzatishlaridan to‘plagan 


hamda bilgan va eshitgan axborotlar bilan ham to‘ldirgan. Mana shunday 
ma'lumot va axborotlar asosida asarga bir butun sahifalar, ayrim hollarda esa 
butunlay yangi qism yoki boblar kiritilgan. Masalan, “Buxoro 
tarixi”ning“Shamsobodning bino etilishi” va “Iyd nomozgohi” kabi boblaming 
xotima sahifalari va boshqalar Abu Nasr Ahmad Quboviy qalamiga mansubdir. 
Quboviy tarjimasidan rosa yarim asr o‘tgach, 1178-1179 yillar mobaynida 
Buxoro hukmdori sadr Abdulaziz ibn Burxonuddin uchun “Buxoro tarixi”ning 
fors-tojik matni ham yangitan tahrir qilinib, Mhammad ibn Zufar ibn Umar 
tomonidan ikkinchi marta qisqartirilib.qayta bayon etiladi. O.I. Smirovning 
fikricha, ayrim qo‘shimchalar bilan bir qatorda “Buxoro tarixi”ni nomma-nom 
boblarga ajratish asarning mana shu ikkinchi muharriri qalamiga mansubdir. 
XIII asrdan boshlab “Buxoro tarixi” noma'lum ko‘chiruvchi muharrirlari 
tomonidan muttasil to‘ldirib borilgan. Jumladan, “Buxoro arkining bino etilishi 
haqida” va “Buxoro shahrining devori” kabi boblarda Xorazmshoh Muhammad 
ibn Sulton Takash (1200-1220 yy.) farmoni bilan Buxoro arki devorining 
tiklanishi, 1165 yilda qurilgan shahar tashqi devorining ta'mir etilib, uning 
sirtidan Buxoroning ikkinchi qatordan tashqi devor bilan o‘rab olinishi, 
shuningdek 1220 yilda Chingizxon boshliq mo‘g‘il lashkarlarining Buxoroga 
bostirib kirib, o‘n ikki kun davomida arkni qamal qilib, olib borilgan jang 
oqibatida qal'a va shahar devorlari vayron etilib, Buxoroning bosqinchilar 
tomonidan olinishga bag‘ishlagan sahifalar XIII asrning 20-yillaridan keyin 
“Buxoro tarixi”ga kiritilgan muhim qo‘shimchalardir. Bu qo‘shimchalar 
asarning tarjimoni Abu Nasr Ahmad Quboviy yoki uning ikkinchi muharriri 
Muhammad ibn Zufarlarga tegishli bo‘lmay, balki yana bir noma'lum muharir 
qalamiga mansubdir10. 
Yuqorida qayd etilgan juz'iy qo‘shimchalar nazarda tutiladigan bo‘lsa, bizgacha 
yetib kelgan “Buxoro tarixi”ning fors-tojik tilidagi nusxasi bir necha bor 
qisqartirilib, tahrir etilgan va aslidan tubdan farq qiladigan tarjimasidan ko‘ra 
uning arabcha matni asosida ko‘plab qo‘shimchalar kiritilgan yana bir yangi 
asarga aylangan, deb tushinish mumkin. U vaqtda “Buxoro tarixi”ning 


tarjimoni va asosiy muhariri Abu Nasr Ahmad Quboviyni Narshaxiyning ham 
muallifi yoki asarning ommabop yangi variantini yaratgan o‘z davrining o‘tkir 
muarrixi deb hisoblashga to‘g‘ri keladi. 
Somoniylar o‘z davlatida juda yaxshi yulga quyilgan hukmronlik tizimini 
urnatdilar. Turk g‘ulomining xizmat pog‘onasidan ko‘tarilish jarayoni muarrix 
va davlat arbobi Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma» 
(Siyar ul-muluk) asarida bayon etilgan11. 
Manbalarda o‘zlaridan keyin o‘lmas noyob asarlar qoldirgan ko‘plab yetuk 
olimu fozillarning muborak ismu shariflari saqlanib qolgan. Chunonchi, 
keyinchalik Gardiziy, ibn al-Asir hamda Juvayniy kitoblariga manba bo‘lgan 
«Kitob fi-axbor vuloti Xuroson» asarining muallifi Abu Ali Husaya ibn Ahmad 
as-Salomiy, shuningdek, «Tarixi Buxoro»ning muallifi Abu Abdulloy 
Muxammad ibn Ahmad ibn Sulaymon al-Buxoriy (924 yilda vafot qilgan) 
hamda yuqorida nomi zikr etilgan Abu Bakr Muxammad ibn Ja'far al-Narshaxiy 
(959 yilda vafot etgan), Samarkand shazfi tarixiga oid «Kitob al-ikmal li ma'rifat 
ar-rijol» kitobining muallifi Abu Said ibn Abdurahmon ibn Muxammad al-
Idrisiy (1014 yilda vafot etgan), sakkiz jildlik biografik asar «Kitob ahvoli 
Nishopur»ning muallifi Abu Abdulloy Muxammad ibn Abdul loy al-Bayyi al-
hakim an-Naysaburiy (1014 yilda vafot etgan), «Kitob al - mufoxarat ahli Kesh 
va-n-Nasaf»ning muallifi Abulxaris Asad ibn Xamduyi al-Versiy (927 yilda 
vafot etgan), va nihoyat, «Tavarixi Xorazm minxa al-kofi» nomli Xorazmning 
qadimiy tarixi to‘g‘risidagi kitob muallifi Abu Ahmad ibn Muxammad ibn Sa'd 
ibn al-Kofiy (957 yilda vafot etgan) shular jumlasidan. Shu o‘rinda Tabariyning 
mashhur asari «Tarix ar-rasul va-l-muluk va-l-xulafo»ning amir Abdulmalik I 
(954—961) va Mansur I (961 —976) ning vaziri Abu Ali Muxammad Bal'amiy 
tomonidan 974 yili amalga oshirilgan forscha tarjimasiniko‘rsatish mumkin. 
Mazkur asar va uning tarjimasi bir necha marta nashr etilgan. Rofiya 
bilimdonlaridan fors klassik jug‘rofiya maktabining asoschisi, falakiyot va 
jug‘rofiyaga oid 60 dan ortiq asarlar muallifi (bu asarlardan ikkitasining: 
«Taqvim al-buldon» hamda «Kitob al-badi' va-t-tarix»ning nomi saqlanib 


qolgan) Abu Zayd Ahmad ibn Saxl al-Balxiy (850—934) ni aloxida ta'kidlab 
utish mumkin. 
Somoniylar davridagi jug‘rofiyaga oid adabiyotlar ichida Abu Zayd Balxiyning 
hozirgacha topilmagan asari muhim o‘rinni egallashi mumkin edi. Vazir 
Jayhoiiy Buxoroga yuli tushgan ibn Fadlanni qizg‘in kutib olgani ham ma'lum. 
Jayxoniy asari o‘sha davrda odat bo‘lgan an'anaga ko‘ra «G‘aroyib ad-dunyo», 
«Ajoyib al-buldon» deb atalgan bo‘lishi mumkin. Mas'udiyning tubandagi 
so‘zlari fikrimizni tasdiqlaydi: «Al- Jayhoniy dunyoni tavsiflab hamda u haqda 
hikoya qiluvchi, chunonchi, quidagi ajoyibotlar, shaharlar, poytaxtlar, dunyo va 
dengizlar, xalqlar va ularning yashash makonlari va boshqa g‘aroyib voqyea-
hodisalar to‘g‘ risida asar yaratdi»12. 
Tarixchi manbashunos olimlar B.A.Ahmedov, A.A.Madrimov, D.Yu.Yusupova, 
G.S.Fuzailovalarning asarlariga qaraganda13 Movarounnahrning somoniylar 
davridagi tarixi haqida xorijiy tarixchilardan dastlab Astaxoriy (Ibrohim ibn 
Muhammad al-Forsiy al-Karxiy al-Astaxoriy Abu Is’hoq. U geograf olim 
bo‘lgan. Kelib chiqishi Eronning Astaxor vohasidan. Ko‘plab ilmiy safarlar 
qilgan. Uning “Suvar al-aqolim val masolik val mamolik” asari o‘z davrining 
mashhur asarlaridan hisoblangan. 958 yili vafot etgan). 
“Suvar al-aqolim val masolik val mamolik”, Ibn Havqal (Muhammad ibn Ali 
ibn Havqal an-Nasibiy al-Bag‘dodiy al-Mavsiliy. Bu olim ham geograf 
bo‘lganva ko‘plab safarlar qilgan. 978 yil atrofida vafot etgan) “Surat al-arz”, 
Maqdisiy ( Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Bakr al-Banno al-Maqdisiy al-
Bashshor Shamsiddin Abu Abdulloh. Tarixchi va geograf olim bo‘lgan. 947 yili 
Maqdisda tug‘ilgan. Tijorat bilan shug‘ullangan va ko‘p shaharlarga safar 
qilgan. 1000 yili vafot etgan) “Ahsan at-taqosim” nomli asarlarida batafsil 
ma'lumot berib o‘tganlar. 
Movarounnahr o‘lkasi Damashqdan so‘ng Ma'mun davriga qadar Bag‘doddagi 
xalifalikka bog‘liq bo‘lgan. Ma'mun xalifa bo‘lgach, As'ad ibn Somonning 
farzandlarini o‘ziga yaqin kishilardan bilib, Movarounnahrga boshliq qilib 
tayinlagan. Shu bilan Movarounnahr somoniylar qo‘liga o‘tgan. Lekin 875 yilga 


qadar ular markaziy xalifalikka bo‘ysunar edilar. 875 yildan boshlab ular 
mustaqil imperiya sifatida somoniylar davlatini barpo qildilar14. 
Mashhur tarixchi olim Ibn al-Asir: “Somoniylar davlati yer yuzida keng yoyilib, 
ko‘p joylarni egallagan hamda siyrat va adolat jihatidan eng yaxshi davlatlardan 
edi”, deb e'tirof etgan15. 
Yana bir ensiklopedik olim Ibn Hallikon somoniylar davlati amirlarini shunday 
sifatlagan: “Somoniylar podshohlari Movarounnahr va Xuroson sultonlarining 
siyrat jihatidan eng yaxshilari edi. Ulardan kim podshohlikka o‘tirsa, “sultonlar 
sultoni”, deb atalar va shu nom bilangina tanilar edi. Bu nom unga go‘yo belgi 
bo‘lib qolar edi. Odatda ular adolatli, zakovatli va ilmli kishilar bo‘lganlar”16. 
Ibn al-Asir somoniylar davlatining sultonlaridan Ahmad ibn Asadni shunday 
tariflagan: “Ahmad ibn Asad tama qilmaydigan, hamma yaxshi ko‘radigan kishi 
bo‘lib, uning odamlari pora olmas edi”. Ushbu sultonning o‘g‘li Ismoil haqida 
ham shunday fikrlarni bildirgan: “Ismoil oqil, adolatli, xalqiga yaxshi 
munosabatda bo‘ladigan, yumshoq odam edi”17.Somoniylar podshohlari ilmga 
va uning ahliga katta e'tibor bergan edilar. Buning tasdig‘i o‘laroq o‘lkada 
ko‘plab umumiy va xos kutubxonalar barpo etilgan edi. Ibn al-Asir somoniylar 
podshohi Ismoil ibn Ahmad ibn Asad( Amir Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad ibn 
Asad ibn Somon fozil, olim, mohir chavandoz, shijoatli, ulamolarni hurmat 
qiladigan podshoh bo‘lgan. Muhammad ibn Nasrdan uning barcha kitoblarini 
tinglagan. Undan Ibn Xuzayma va boshqalar dars olgan. U 908 yili Buxoroda 
vafot etgan)ni shunday tariflagan: “Ismoil yaxshi inson bo‘lib, ilm va din ahlini 
yaxshi ko‘rar va ularni hurmat qilar edi”18. 
Manbalarda Ismoilning o‘zi haqida shunday rivoyat qilinadi: “Samarqandda 
yashayotgan edim. Bir kuni zulm bilan olingan narsalar xususida o‘ylanib 
o‘tirgan edim. Shunda, Abu Abdulloh Muhammad ibn Nasr al-Faqih ash-Shofiiy 
kirib qoldi. Men u zotning ilmi va dinini ulug‘lab darhol o‘rnimdan turdim”19. 
O‘z davrida somoniy sulton huzurida ilmiy munozaralar tashkil qilinar va 
sultonning o‘zi turib biron bir masalani so‘rar edi. So‘ng hozir bo‘lgan ulamolar 
bunga javob berar edilar. Sultonlikdagi har bir jome masjidda kutubxona mavjud 


bo‘lib, eng kattasi Marv shahrida joylashgan edi. Mazkur kutubxona turli 
lug‘atlardagi nafis kitoblarni qamrab olgan. Shuningdek, sultonning maxsus 
kutubxonasi ham bo‘lgan. 
Somoniylar davrida Movarounnahr o‘lkasi hadis, fiqh, lug‘at va boshqa islomiy 
ilmlar bo‘yicha yetuk olimlarni yetishtirib chiqargan. Ular o‘zlarining jiddu 
jahdlari, ilm yo‘lidagi qiyinchiliklarga sabr qilishlari bilan katta matonat 
ko‘rsatganlar. Ular har qancha uzoq bo‘lmasin, olis shaharlarga borib, 
mashaqqat bilan ilm olgan edilar. Bunday olimlardan mashhur muhaddis 
Muhammad ibn Hibbon va “Al-Ishrof” kitobining muallifi Abu Bakr ibn 
Muhammad ibn al-Munzir va “At-Tahzib” kitobining muallifi al-Azhariy kabi 
ulamolarni misol keltirish mumkin20. 
Shuningdek, somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida turli 
islomiy aqidaviy oqimlar bilan bir qatorda g‘ayriislomiy oqimlarni ham 
uchratish mumkin edi. 
Maqdisiy o‘sha davrlarda Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida o‘zi shohid 
bo‘lgan turli oqimlar haqida shunday yozgan: “Ushbu o‘lkada ko‘p sonli 
yahudiylar va oz sonli nasroniylar yashaydi. Bu o‘lka turli ilmlar, jumladan, fiqh 
eng ko‘p tarqalgan maskandir. Movarounnahr va Xurosonda asosan ahli sunna 
val jamoa mazhablari faoliyat olib borgan. Lekin Sijiston va Xirot kabi ayrim 
shaharlarda xorijiylar, Naysaburda mu'taziliylar ham uchrab turardi. 
Shuningdek, ayrim hududlarda shialar va karromiylarni ham uchratishimiz 
mumkin edi. Lekin bu o‘lkada Abu Hanifa mazhabi asosiy mazhab hisoblangan. 
Shosh, Tus, Naso shaharlarida shofiiy mazhabiga e'tiqod qiluvchilar ham ko‘p 
edi. Ta'kidlash joizki, o‘lkada shialar bilan karromiylar, shofiiylar bilan 
hanafiylar o‘rtasida o‘zaro bahslar yuzaga kelsa, sultonning o‘zi aralashib, 
ularning orasini isloh qilishiga to‘g‘ri kelar edi”21. Demak, somoniy 
sultonlarning o‘zlari o‘lkada e'tiqodiy va diny bag‘rikenglikni mustahkam 
turgan holda o‘z nazoratlarida saqlaganlar. 
Ibn an-Nadim somoniylar davrida manoniya firqasi a'zolaridan besh yuzga 
yaqini Samarqandda yashaganini, ularning boshliqlari bu yerga Bobildan 


ko‘chib kelganini ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, olim Movaro unnahrda 
sumaniya firqasi tarqalganini, yahudiy va nasroniylar ham ko‘pligini zikr qilgan. 
Somoniylar davrida Samarqand tarixidagi geografik va ijtimoiy-madaniy omillar 
ta'lim jarayonlari, ayniqsa hanafiylikning mintaqada taraqqiy etishiga turtki 
bo‘ldi. Hanafiya olimi Abul Muin an-Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asarida 
ta'kidlashicha, Movarounnahr va Xurosonning Marv va Balx kabi shaharlarida 
mu'taziliya ta'limotini qabul qilganlardan tashqari Abu Hanifa izdoshlarining 
asosiy qismi usul va furu' mavzularida islom kirib kelgan davrning dastlabki 
kunlaridanoq hanafiya ta'limotini qabul qilgan edilar. Nasafiyning mazkur 
asaridagi “Movarounnahrda mu'taziliya ta'limotini qabul qilmagan hanafiylar” 
degan iborasidan, bu o‘lkada hanafiya olimlari ikki guruhga bo‘lingani ma'lum 
bo‘ladi: 1.Hanafiy mu'taziliylar. 2.Abu Mansur al-Moturidiy tomonidan 
rivojlantirilib tizimga solingan va mu'taziliya fikrlarini rad qilgan hanafiy 
moturidiylar.Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, somoniylar davrida faoliyat olib 
borgan sultonlarning barchasi ilm-ma'rifatga xayrixoh bo‘lganlar. Ular o‘lkada 
yashab ijod qilgan barcha ulamolarning ilmiy meroslariga befarq bo‘lmaganlar. 
Shuningdek, o‘lkada islomiy firqa va oqimlar bilan bir qatorda boshqa din 
vakillarining ham faoliyatlari kuzatilgan. Ayniqsa, o‘lkada nasroniylar va 
yahudiylarning uchrab turishi ham somoniylar davrida diniy bag‘rikenglikka 
katta e'tibor berilganidan dalolat beradi. Yuqoridagi ma'lumotlar hozirgi kunda 
ham yurtimizda boshqa din vakillariga nisbatan hurmat-ehtirom bilan 
muomalada bo‘lish, o‘zaro tinchlik ostida yashashga undashi tabiiy holdir. 
Ibn Xolliqon, Istahriy, ibn Havqal va Muqaddasiy keltirgan ma'lumotlarga 
qaraganda, Movarounnahrning asosiy viloyatlarida, ayniqsa Zarafshon, Farg‘ona 
vodiylarida, Ilaqda, Xorazmda qishloq xujaligi rivojlangan. O‘rta Osiyo 
shaharlari qadimdan Yaqin va O‘rta Sharq, Volga buyi va Xitoy bilan karvoi 
yo‘llari orqali bog‘lanib kelganlar. Bu haqda ibn Xurdodbeh, ibn Fadlan, 
Gardiziy asarlarida, shuningdek Xorazm va Volga buyida olib borilgan 
arxeologik qazilmalardan topilgan faktik materiallar mavjud. 


X—XII asrlarda Movarounnahrda tarix va geografiyaga qiziqish ortib, bu 
ilmlarga e'tibor kuchayadi. Chunki bu davrda mahalliy aholining ma'naviy 
hayotida o‘z ona tili va unda yozilgan tarixiy va adabiy asarlarga bo‘lgan ehtiyoj 
ham tobora ortib bormoqsa edi. Ayni shu davrda Gardiziyning «Zaynulaxbor» 
(«Xabarlar ko‘rki»), Bayxaqiyning 30 jildlik tarixiy asari, Majiduddin 
Adnoniyning «Tarixiy mulki Turkiston», Muhammad Narshaxiyning «Tarixi 
Buxoro» kabi asarlari fors tiliga tarjima qilinadi. 
I. 2. Mavorounnahr va Xurosonda Somoniylar hokimiyatining o‘rnatilishi 
va siyosiy hayoti. 
Movarounnahr va Xurosonda arab bosqinchüariga qarshi tinmay davom etgan 
xalq harakatlari xalifalikning qudratiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Uning siyosiy, 
ma'naviy va iqtisodiy poydevorini ma'lum darajada zaiflashtirdi. O‘z navbatida 
mahalliy feodal zodagonlarning xalifalikni idora etishda keng ishtirok etishi 
uchun zamin tug‘ildi. Ma'lumki, xalifalar bu qo‘zg‘olonlarni bostirish davomida 
bir necha bor mahalliy zodagonlardan yordam so‘raganlar. Ko‘rsatilgan yordam 
evaziga ularni ma'lum viloyat va o‘lkalarning noiblari qilib tayinlaganlar. Tez 
orada mahalliy zodagonlar faqatgina Movarounnahr va Xurosonda emas, balki 
xalifalik markazida ham yuqori lavozimlarni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. 
Davlatni idora etishda yuqori pog‘onaga erishgan mahalliy zodagonlar 
sulolasidan biri barmakiylar bo‘lgan. Xalifa Xorun ar-Rashid (786—809 yillar) 
barmakiylar qudratini oshib borayotganidan qo‘rqib, bu sulolaning hammasini 
o‘ldirib yuborgan. Dorun ar-Rashid o‘limidan keyin taxt uchun bo‘lgan 
kurashda yana bir mahalliy zodagonlar sulolasi tarix sahifasiga kirib keldi. Bu 
Tohiriylar sulolasidir. Sulola asoschisi Tohir ibn Husayn Xurosonning eng yirik 
yer egalaridan bo‘lib u Xorun ar-Rashidning ug‘li Ma'munni taxtga o‘tirishiga 
yordam bergan. Ma'mun (813— 833 y.) xalifa bo‘lib olgach, Toxir ibn Xusayn 
tez orada xalifalikning eng nufuzli kishilaridan biriga aylandi. U bir necha vaqt 
xalifa qo‘shinining bosh sarkardasi lavozimida ishladi. 821 yili esa xalifa uni 
Xuroson noibi qilib tayinladi. Tohir Xuroson noibligini poytaxti qilib Nishopur 
shahrini tanladi. Xurosonga qaytgach u o‘ziga qarashli noiblikni mustaqil 


davlatga aylantirish rejalarini tuza boshladi. Bir yil o‘tmasdanoq Tohir ibn 
Husayn xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni man qildi. Bu 
xalifaga nisbatan ochiq isyon edi. Lekin uning rejalari amalga oshmadi. U 
to‘satdan vafot etdi. Taxmin qilinishicha, uning o‘limida xalifaning odamlarini 
qo‘li bo‘lgan22. 
Xalifa Ma'mun Tohir ibn Husayn Xuroson noibi qilib uning ug‘li Talxni 
tayinlaydi (822—828 yillar). Tohirning ikkinchi ug‘li Abdullo noiblik qilgan 
yillarida (830—844 yillar) Xuroson xalifaga vassal Xisoblansa-da, aslida 
mustaqil davlatga aylandi. Xalifa Mutasim (833—842 yillar), bir necha bor 
Abdulloni bo‘ysundirishga harakat qildi. Ammo bunda u muvaffaqiyatsizlikka 
uchradi. 
Tohiriylar kuchli hokimiyat tuz ishga, qishloq xo‘jaligini tashkil etishga astoydil 
harakat qildilar. Yangi sug‘orish inshootlarini barpo etdilar. Mahalliy 
amaldorlarni o‘z lavozimlarini suiste'mol qilmasliklarini nazorat kildilar. Albatta 
bunda ular dehqonlar manfaatini emas, balki aholidan olinadigan soliqni 
xazinaga izchil kelib tushishini nazarda tutganlar. Ular na devdondan olinadigan 
soliq miqdorini, na ular o‘taydigan majburiyatlarni kamaytirmaganlar. Soliqlar 
miqdori juda katta bo‘lgan. Manbalarda qayd qilinishicha, 844 yil aholidan 48 
million dirham soliq yig‘ilgan; Soliqlarning ko‘pchiligi dehqonlarni qo‘zg‘olon 
ko‘tarishiga olib kelgan.23 Tohiriylar bu qo‘zg‘olonlarni shavqatsiz bostirib 
turganlar. 
Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, islom 
ruhoniylarini o‘z rejalarini amalga oshirishda tayanch deb bilganlar. Talx ibn 
Tohir noibligi (842—864) davrida zardushtiylik dini saqlanib kelgan 
Ustrushonada ham islom dini qabul qildirilgan. Davlatni idora etishda tohiriylar 
malakali, bilimli amaldorlarga muhtoj edilar. Shuning uchun ular bilimdon 
odamlarga homiylik qilganlar. Ma'lum toifadagi odamlarga bilim olish uchun 
keng sharoitlar tug‘dirib berganlar. Manbalarda qayd qilinishicha Tohiriylar 
juda bilimdon bo‘lganlar. Xususan, Tohir ibn Husayn va Abdullo ancha tanilgan 
shoir bo‘lganlar. 


22 
Негматов Н. Государство Саманидов. -Душанбе, “Дониш”, 1997, -21-
б. 
23 
Сагдуллаев ва бош^алар. Узбекистан тарихи: давлат ва жамият таравдиёти. 
- T.: Академия, 2000. -96б. 
Abdullo vafotidan keyin Toxiriylar davlati asta-sekin inqirozga yuz tutdi va 
ko‘p vaqt o‘tmay ularning hokimiyati butunlay tugatildi. Tohiriylar sulolasining 
so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir (862— 873 yillar) Yoqub ibn Lays bilan 
bo‘lgan jangda mag‘lub bo‘ldi. 
IX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo va Eron chegarasida xalq 
harakatlari kuchayib ketdi. Bu xalq harakatlaridan hunarmand misgar aka-uka 
Yokub va Amr ibn Layslar (safforiylar) o‘z niyatlarini amalga oshirishda 
foydalandilar. Avval ular qarokchilik qildilar va so‘ngra Seyistondagi roziylar 
— «e'tiqod uchun kurashuvchilar» qo‘shiniga qo‘shildilar. Lashkarboshilik 
qobiliyatiga ega bo‘lgan Yoqub tez orada bu qo‘shinning boshlig‘i bo‘lib oldi va 
861 yilda Seyistonning poytaxti Zaranj shahrini Tohiriylardan tortib oldi. Yoqub 
10 yil davomida Tohiriylarga qarashli yerlarning hammasini bosib oldi. 873 
yilda Yoqub Muhammad ibn Tohir qo‘shinini tor-mor qildi va Tohiriylar 
poytaxti Nishopurni egalladi. Xalifa Xuroson noibligini Yoqubga topshirishga 
majbur bo‘ldi. 876 yili Yoqub katta qo‘shin bilan Bag‘dod tomon yo‘l oldi. 
Bag‘doddan 100 km uzoqlikda xalifa va Yoqub qo‘shinlari tuqnashdilar. Bu 
jangda Yoqub qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi va u orqaga qaytdi. 879 yili 
Yoqub ibn Lays vafot etdi. Taxtga Yoqubning ukasi Amr ibn Laysni o‘tkazishdi 
(879—900 yillar). Amr ibn Lays xalifaga o‘z vassalligini bildirdi. Bunga 
javoban xalifa Amr ibn Laysni Xuroson va Eronning noibi ekanligini qayd 
qiluvchi yorliq yubordi24. 
Safforiylar 
xukmdorligi 
davrida 
xalqning 
ahvoli 
sezilarli 
darajada 
yaxshilanmadi. Vaholanki, ular xalq harakati natijasida hokimiyat tepasiga 
kelgandi. Safforiylar asosan mayda va o‘rta hol yer egalariga suyangan holda 
davlatni idora qildilar. Ular xalqdan olinadigan soliq mikdorini o‘zgartirmadilar. 


Safforiylar katta e'tiborni qo‘shin tuzishga qaratdilar. Qo‘shinda mustahkam 
intizom o‘rnatdilar. Navro‘z kunlarida qo‘shinlar maxsus ko‘rikdan o‘tkazilgan. 
Amirdan tortib oddiy lashkargacha ko‘rik paytida o‘z otlarini va qurol- 
24 Негматов Н. rocygapcrao CaMaHHgoB, -flymaHÖe,: “^QHHm”, 1997,- 
226. 
yaroqlarini nazoratchiga ko‘rsatgan. Lashkarlar har uch oyda maosh olganlar. 
Qo‘shinning asosini ko‘ngillilar tashkil etgan. Bu qo‘shin turi asosan qochoq va 
yersiz dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ko‘ngillilardan ta^qari Safforiylar qo‘shini 
yer egalarining o‘g‘illilaridan va qullardan iborat bo‘lgan. 
IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda somoniylar sulolasi paydo 
bo‘lgan. Somoniylar sulolasiga asos solgan Somon yirik yer egasi bo‘lgan. 
Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan 
yoki Termizdan bo‘lganligi qayd etilgan25. Somon Ma'mun Xuroson noibligi 
paytida unga xizmatga o‘tgan va tez orada uning e'tiborini qozongan, Ma'mun 
ta'siri ostida xalq zardushtiylik dinidan voz kechib, islom diniga kirgan. Xuddi 
shu vaqtda Somoniyning o‘g‘li Asad ham xalifa Ma'mun e'tiborriga tushgan. 
Asadning to‘rtta o‘g‘li bo‘lgan va ular Ma'mun saroyida xizmat qilishgan. 
Ma'munning buyrug‘iga binoan Xuroson noibi Asadning o‘g‘illarini 820 yilda 
Movarounnahr o‘lkalariga noib qilib tayinlaydi. Xususan, Asadning katta o‘g‘li 
Nuhni Samarqand, Ahmadni Farg‘ona, Yahyoni Shosh va Ustrushonani, Ilyosni 
Xirot noibi qilib tayinlaydi. Tohir ibn Husayn Asadning o‘g‘illarini yaxshi 
bilgan va ularga kerakli vaqtda yordam qo‘lini cho‘zgan. 
Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Usrushona 
viloyatlarida noiblik kilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy hayotida ham 
asta-sekin o‘zgarishlar yuz beradi. Movarounnahrga avval Nuh, so‘ngra Ahmad 
boshchilik qiladi. Hatto o‘z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad 
vafotidan (865) keyin uning o‘g‘li Nasr Samar-qandni markazga aylantiradi. 
Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chag‘onrud (Surxondaryo) 
vodiylaridan tashqa-ri Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va 
uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi26. 


Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan o‘zgarib, istiqlol 
uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi. Chunki safforiylar Movarounnahrga 
hukmronlik qilishning uddasidan chiqa olmaydilar. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan 
Buxoro ahli hatto safforiylarga 
25 
Наршахий. Бухоро тарихи, -132-б.; Бартольд В.В. Сочинения. -Т.: 1, -
267 с.. 
26 
Сагдуллаев 
А.С, 
Эшов.Б.Ж. 
Узбекистан 
тарихи. 
-Т.: 
Университет:1997.-135 б. 
tobe bo‘lishni xoxdamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, 
Samarqandga — Nasr ibn Ahmad huzuriga elchilar yuboradilar. Undan 
Buxoroni o‘z qo‘li ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini 
Buxoroga hokim kilib yuborishni so‘raydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan 
qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib kilib yuboradi. 
Shunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha 
viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tib, u o‘z mustaqilligini tiklab oladi. Xuddi 
shu vaqgdan boshlab Nasr ibn Ahmad o‘zini butun Movarounnahrning boshlig‘i 
deb hisoblay boshlaydi. Garchi ukalari Shosh viloyatining noibi Yoqub va 
Farg‘ona hokimi Asadlar o‘z nomlari bilan chaqa pul zarb etib, o‘zboshimchalik 
qilsalar ham, ammo u somo-niylar hukmronligi tarixida birinchi bo‘lib kumush 
dirham zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat mustaqilligining ramzi 
hisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida faqat tohiriylargina bunday 
dirhamni zarb etish huquqiga ega edilar. Shunday bo‘lsa - da, Buxoro noibi 
Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. O‘ziga berilgan viloyatni mumkin 
qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning 
xazinasiga yuboriladigan har yilgi soliqlarni turli bahonalar bilan to‘xtatib 
qo‘yadi. Aka-uka o‘rtasida adovat paydo bo‘ladi. U 888 yiddagi jangga olib 
keladi. Jangda Nasr qo‘shinlari tor-mor keltiriladi. Shu yildan boshlab Ismoil 
butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmroni bo‘lib oladi27. 
Ismoil Somoniy o‘rta asrlarning qobiliyatli, serg‘ayrat va nihoyatda zukko 
davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, markazlashgan mustahkam 


davlatni tuzishga intiladi. U o‘z vatanida barkaror tinchlikni ta'minlab, uni 
mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatinint hamma nozik xususiyatlarini ishga 
sоladi. Avvalo kattaqo‘shin to‘plab, ko‘chmanchilar dashtiga askar tortadi. 893 
yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliqlarga kaqshatqich zarba beradi. Bu 
somoniylar davrida ko‘chmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish bo‘ldi. 
Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga bo‘lgan uzluksiz 
27 
XngaaTOB r.A. KpymeHHe CaMaHHgoB. -T.: 2003, -656. 
bosqinlari barham topib, o‘troq aholi endilikda vohalar atrofi bo‘ylab yuzlab 
kilometrga cho‘zilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal'alarni bino qilish 
va ularni muttasil ta'mirlab turishdek og‘ir va mashaqqatli mehnatdan, 
tashvishdan forig‘ bo‘ladi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq 
masofada Buxoro vohasining girdini o‘rab turgan qadimiy mudofaa inshooti 
«Kampirak» devorining har yilgi odatiy hashari ham to‘xtatilib, u qarovsiz 
qoldirilgan. Narshaxiyning 
yozishicha, Amir Ismoil o‘zining kuchli 
qo‘shinlarini nazarda tutib, «Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining 
devori men bo‘laman»28, deb aytgan ekan. 
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda Somoniylar 
davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil 
undirilib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo‘lgan Arab xalifaligini, bir 
tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho‘chitar ham edi. Shu 
boisdan xalifalik safforiylar bilan so-moniylarni to‘qnashtirishga va bu yosh ikki 
davlatning har ikkisini zaiflashtirib, boy viloyatlarda ma'lum darajada o‘z 
ta'sirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900 yilda ular . o‘rtasida boshlanib ketgan 
urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga 
o‘tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga, unga 
hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, IX asr 
oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo‘ladi. 
Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o‘z qo‘li ostida kuchli bir davlat qilib 
birlashtiradi, Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham beradi va 
uni o‘z davlatiga qo‘shib oladi. Natijada poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan 


zamonasining eng yirik mustaqil o‘rta asrlar davlati tashkil topadi. Bu davlatni 
somoniylar xonadonidan bo‘lgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha 
idora qiladilar.29 
28 
Наршахий. Бухоро тарихи, -32б. 
29 
Азамат Зиё. Узбек давлатчилиги тарихи. -Т. : Шарк, 2000, -94б. 
Abbosiylar xalifaligi davrida bir butun bo‘lgan mazkur shahar va viloyatlar X 
asrning biriichi choragida undan ajralib chiqdi. Bu bo‘linish to 935 yillargacha 
davom etdi. Natijada Mesopotamiya hamdoniylar (905—1004), Misr bilan 
Suriya ixshidiylar (935 —969) qul ostiga, G‘arbiy Eron buvayxiylarga, 
Tabariston bilan Gurgon mahalliy daylimiylar sulolasi bo‘lmish ziyoriylarga, 
Movarounnahr bilan Xuroson somoniylar qo‘liga utib qoldi. Tarixchilar 
o‘xshatib aytganlaridek, xalifaga Bag‘dod bilan Vaviloniyaning bir qismigina 
qoldi, xulos. To‘g‘ri, maxalliy hukmdorlar (mulk at-tavoif) hali ham xalifa 
hokimiyatini tan olar, uning nomini xutbaga qo‘shib uqitar, tangalarda uning 
nomini o‘ z nomlari bilan bir qatorda zarb etar, vaqt- vaqti bilan xalifaga 
hadyalar yuborib turar edilar. Ammo ular Bardodga shunchaki qaram edilar
xolos. Xalifa nomigagina davlat boshlig‘i bo‘lib, hyech kanday real hokimiyatga 
ega emas edi. «Hozirgi vaqtda,— afsuslanib yozgan edi al-Mas'udiy, — 
islomning kuch-qudrati inqirozga yuz tutmoqda. [Bardoddan] ziyoratchilariing 
oyoqlari o‘z ilib qoldi, g‘azo urushlari esa sunib bormoqda... Shu paytgacha 
islomga g‘alaba yor edi, hozir esa u bir qadar bukib qo‘yilgan, asoslari nuragan; 
bu hodisa 943 yilda musulmonlar hammasi, xudo ishlarimizni o‘zi o‘ntlasin; 
xalifa al-Muttaqqiy (940— 944) davrida sodir bo‘ldi»30. 
Xalifalik vayronalarida vujudga kelgan davlatlarning eng kattasi Somoniylar 
davlati edi. U Movarounnahr va Xurosondan Ray va Kazvingacha bo‘lgan 
yerlarii o‘z ichiga olgan. Chunonchi, Ismoil ibn Ahmad (892—907) davrida 
mazkur sulolaning ko‘zga ko‘ringan namoyaidalari; Somoniylar markaziy davlat 
apparatiki mustahkamlashdan manfaatdor bo‘lgan feodal zodagonlar, din 
peshvolari, barcha badavlat dehqon tabaqalarining qo‘llab - 
30 
A^MegoB B. TapuxgaH caôorç^ap. -T.: ŸKmyBHH, 1994, -386. 


quvvatlashlari bilan xorijiylarning yetakchilaridan Amir Husaynni ardarib 
tashlashga, Buxoroning Barnod va Romiton tumanlarida boshlangan dehqonlar 
harakatini bostirishga hamda teskarichi boyonlarni davlat ishlaridan chetlashtirib 
tashlashga muvaffaq bo‘ldilar; 893 yili qadimiy Usrushonaning mahalliy 
hokimiyatini ardarib tashladilar hamda iqtisodii va siyosiy jihatdan ahamiyatga 
molik bulgan bu nohiyani o‘z tasarruflariga olishga muaffaq bo‘ldilar. Turk- 
korluqlarning Sirdaryo bo‘yidagi yerlarga kelib turgan bosqinini to‘xtatib; 
Tarozni bosib oldilar (893) hamda u yerdagi aholini musulmon diniga 
kirgizdilar. Mas'udiyning ta'kidlashicha, o‘shanda 15 mingga yakin kishi asir 
qilib olingan. Qorluqlarning yo‘lboshchisi ahlu oilasi bilan asir tushgan. O‘sha 
jangdan sung Ismoil Somoniyning lashkari shu qadar katta boylikni qo‘lga 
kiritdiki, har bir suvoriyga 10 ming dirxamga barobar o‘lja tekkan. Tarixch i 
Narshaxiyning shohidlik berishicha, Ismoil o‘shanda Tarozdagi butxonani 
masjidga aylantirgan. 
Ismoil Somoniyning eng katta harbiy muvaffaqiyati Xurosonda safforiylar 
sulolasini ardarib, Balx ostonasida Amr ibn Lays (879 — 901) ustidan qozongan 
g‘alabasi bo‘ldi. Bu voqyea, ibn Xolliqonning ta'kidlashicha, hijriy 286 yilning 
17 shavvalida (milodiy 899 yilning 26 oktyabrida) sodir bo‘lgan. V. V. Birtold, 
ibn Xolliqon bergan ma'lumotlarga asoslanib, Amr ibn Lays bilan amir Ismoilni 
bir-biriga qarshi xalifa al-Mu'tadil (892—902) gij-gijlatib qo‘ygan edi, deb 
yozadi31. Uning bundan ko‘zlagan maqsadi, ularning o‘rtasidaga ziddiatdan 
foydalanib, o‘zining «darz» ketgan mavqyeini mustahkamlab olish edi. 
«Keyingi yillarda (893 yildan keyin),- deb yozgan edi ibn Xolliqon,- Amr 
Eronda o‘zining mustahkam hokimiyatini o‘rnatdi. O‘z navbatida xalifa ham 
(Amrning) barcha xohish-istaklarini bajarishi lozim edi. (Xalifa)ning talab bilan 
898 yili 
31 
EapTO^bg B.B. CoHHHeHHH. T.: 1, -167 c. 


19 
barcha Xuroson ziyoratchilarini o‘z saroyiga to‘plab, Ismoilning taxtdan 
tushirilganligini, Amr esa Movarounnahr noibi etib tayinlanganligini e'lon qildi. 
Ketma-ket Nishopurga, Amr huzuriga, turli tuhfalar hamda Movarounnahrga 
noib etib tayinlanganligi tug‘risidagi guvohnoma (bilan elchilar yuborildi. 
Ammo Amr musulmonlar hukmdori yuborgan in'omlarni ensasi qotibroq qabul 
qildi. Elchi Amr oldiga o‘zi olib kelgan chopon va kiyimlarni yoyib qo‘ydi. Amr 
xalifata hurmat yuzasidai choponlarni birma-bir kiyib ko‘rdi. Nixoyat, elchi 
Amrga Movarounnahr noibligi tug‘risidagi guvohnomani o‘z atdi. Amr: «Buni 
nima qilaman, Is moil qo‘lidan Movarounnahrni 100 ming yalangoch 
shamshirsiz olib bulmaydi- ku»,— dedi. Elchi esa: «Buni o‘zing bilasan, axir 
o‘zing xohish- irodang shunday edi-ku»,— dedi. Amr guvohnomani khliga olib 
o‘pib, boshiga qo‘ydi, sung olib oldiga quydi»32... 
Shunday qilyb, Seiston (u yerda safforiylar hukmron edilar), Go‘zganon 
(farig‘uniylar hukmron edilar), G‘azna (dastlab mahalliy hukmdor Alptegin qo‘l 
ostida edi), Xorazm, Isfijob, Chagoniyon va Xuttalondan (ularning 
hukxmdorlari tobe edilar) tashqari, ulkan hudud (Movarounnahr, Xuroson) 
somoniylar tomonidan buysundirilgandi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik 
qildilar. 
32 
HapmaxHH. Eyxopo Tapnxn, 52-6. 
1.3. Somoniylar davlatining inqirozi sabablari 
Somoniylar davrida Movarounnahr hamda Xurosonda somoniy amirlar, ularning 
oila a'zolari, dehqon zodagonlari, musulmon dini arboblari, yuqori mansabdagi 
turk gvardiyasi vakillari, chunonchi, Alp tegin, Sabuq tegin, Abu Ali Simjuriy, 
Foiq va boshqalar, shuningdek, badavlat savdogarlar hukmron sinf sirasiga 
kirgan. Ularning qo‘lida katta-katta yer-suvlar, behisob boyliklar to‘plangan edi. 
Ular mehnatkash halq ommasini, chunonchi, jamoa dehqonlari hamda shahar 
kambag‘allarini ayovsiz ezar edilar. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida 
dehqon zodagonlari, shariat peshvolari, ayniqsa turk gvardiyasi boshliqlari katta 
rol o‘ynaganlar. Chunonchi, Alp tegin Nuh I hukmronligi davrida (943—954) 


20 
Xuroson hokimi bo‘lgan. U, manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, 
shu qadar katta boylikka ega bo‘lganki, bu uning Somoniylar davlati taqdirini 
hal etishiga yo‘l ochib bergan. «Uning Xuroson va Movarounnahrda,— deb 
yozadi Nizomulmulk, — 500 dan ortiq qishloqni birlashtirgan mulki mavjud edi. 
Biron shahar yuh ediki, unda bu odamga tegishli saroylar, bog‘-rog‘lar, 
karvonsaroylar, hammomlar bulmagan bo‘lsin. Uning ko‘plab galla omborlari, 
ming-minglab quylari, yuz minglab ot- tuya va xachirlari bo‘lgan». 
Nizomulmulkning mana bu so‘zi ham e'tiborga sazovor: «Alp tegin Nishopurda 
ekanligida Xuroson amiri Nuh ibn Nasr qazo qildi. Amirning yaqin kishilari 
poytaxt Buxorodan Alp teginga maktub yo‘llab, «Xuroson amiri qazo qildi, 
uning 30 yoshli inisi va 16 yoshli o‘g‘li qoldi. Shu ikki kishidan birini, senga 
ma'qul kelganini, davlat tepasiga quymoqchimiz, chunki sen davlat 
ustunisan»33. 
Markaziy davlat apparatining nisbatan mustahkamlanishi, mamlakatda 
osoyishtalikning vujudga kelishi iatijasida devdonlar hamda shahar aholisiiing 
ahvoli birmuncha yaxshilandi. Xalq endi ancha erkin nafas ola boshladi. Chunki 
u endi bosqinchilik urushlaridan, talon-torojlardan, og‘ir xarbiy soliq va 
jarimalardan 


21 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov.I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.Muloqot. T. 5-son. 1998y. 
2. Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T.2000. 
3. Ernazarova.T, Kognev.V. Tangalar o`tmish darakchilari. T. 1977. 
4. Kognev.B. O`zbekiston pullari. "Fan va turmush".1995.
5-6sonlar. 
6. Ayupova.F. Qadimiy tangalar. «Moziydan sado» 1-2 sonlar.2000y. 
7. Numizmatika Uzbekistana. T.1990. 

Yüklə 189,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin