Mavzu: shaxsning psixologik tuzilishi reja: kirish



Yüklə 189 Kb.
səhifə6/8
tarix28.02.2023
ölçüsü189 Kb.
#85914
1   2   3   4   5   6   7   8
SHAXSNING PSIXOLOGIK TUZILISHI

Yo´nalganlik


Bilish, o`qish faoliyati natijasida hayot jarayonida orttiriladi

Bilim, ko´nikma va malaka



Temperament, xarakter va qobiliyatdan namoyon bo´ladi

Individual tipologik xususiyatlar


3. Shaxsning faoliyatini yo`naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsning yo`naltirilganligi deb ataladi.


Shaxs yunalganligi – bu barqaror motivlar yig`indisi bo`lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda xarakterlanadi.
Qiziqish – bilish ehtiyojini namoyon formasi bo`lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi.
Dunyoqarash – insonning qarashlari tizimi bo`lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu dunyoda o`zining o`rnini anglash, kishilarga bo`lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo`ladi.
E’tiqod – insonni anglangan ehtiyoji bo`lib, u faoliyatga undaydi.
Ideal – bu namuna, intilishlarning eng yuqori cho`qqisi.
Intilish – birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir.
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhit, tabiat, kishilar bilan o`zaro ta’sirga kirishadi. Ularni o`zgaradi, o`z faoliyatini yo`naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o`z - o`zini yo`altiradi, o`z oldiga maqsad qo`yadi, maqsadga intilish yo`lida uchraydigan kiyinchilik va to`siqlarni engib o`tishga harakat qiladi. Maqsadga yo`naltirilgan ongli faoliyatini amalga oshirishda moddiy, ma’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi. Ehtiyojlar asosida odamda faoliyatning motivlari, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq ichki turtki kuchlar paydo bo`ladi. Motiv odamni faoliyatiga, faolikka yo`naltiruvchi sababdir. Shaxs inson aniq maqsad sari intiladi, muayyan ishni bajaradi, uni natijasiga ega bo`lishga, uni qo`lga kiritishga o`z-o`zini yo`naltiradi.
Shaxsning faolligining yo`nalishi turli ehtiyojlar: kelib chiqishi, predmetiga ko`ra a) tabiat - inson o`zini, avlodini saqlab qolishdagi faolligi; b) madaniy-odamning insoniyat madaniyati mahsuliga bog`liq bo`lgan faoliyati; predmetiga ko`ra: v) moddiy – ovqatlanish kiyinish, uy-joy, maishiy turmush ashyolari; g) ma’naviy - ma’naviy madaniyatni o`zlashtirib olish, yaratish, o`qish, ilm, san’at, musiqa, kinofil’m, teatr va boshqalar asosida boshqariladi, amalga oshiriladi.
4. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida o`ziga xos sifatlar mavjud: Ekstravertsiya – inson ongni va diqqatini atrofga, tashqariga, asosan o`zi atrofida bo`layotgan narsalarga qaratilganidir. Ekstravertsiya intravertsiyaga qarshi bo`lib, intravertsiya – bu ong va inson qiziqishlarini o`ziga, o`z ichiki dunyosiga qaratilgandir.

Yüklə 189 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin