Mavzu: shaxsning kasbiy kamoloti


Kasbiy kamolot – komponentlik



Yüklə 27,81 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü27,81 Kb.
#113947
1   2   3   4   5
Mavzu shaxsning kasbiy kamoloti

4. Kasbiy kamolot – komponentlik.
Ko‘p qo‘llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy etuklikni baholovchi me’yor bo‘lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq faoliyatning o‘ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qo‘llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo‘yicha tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda ko‘proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko‘ra, kasbiy kompetentlikning xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda), ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o‘zini-o‘zi boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi kompetentlikni ham ajratib ko‘rsatadilar.
Kompetentlikning yuqorida sanab o‘tilgan turlari albatta bir insonni to‘liq shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo‘lishi mumkin, lekin o‘zini-o‘zi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega bo‘lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo‘la turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo‘lishi mumkin.
Aytish mumkinki, o‘z navbatida professionalizm darajasi sub’ektning professionalizatsiyani yo‘nalganligi, ko‘rsatgichi va mazmuni hamda mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ishtimoiy, psixologik, iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir.
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi:
  • Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon bo‘lishi va shakllanishining ahamiyati;


  • Shaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi;


  • Kompetentlikning tabiati kognitiv, emotsional va irodaviy jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta’minlovchi masalalarni echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon bo‘lishiga asoslangan bo‘ladi;




  • Kompetentlik faqatgina o‘zining faol komponentlarni hisobiga emas, balki yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan passiv komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi;


  • Kompetentlik o‘zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birini o‘rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan, ko‘p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi.



Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy sifatlardan tashqari o‘ziga ishonch (o‘zining kasbiy bilimlariga, liderlik qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega bo‘lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani qo‘llashdagi samarali faoliyat; o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi takomillashtirish qobiliyatlariga ega bo‘lish; o‘zini-o‘zi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, qat’iyatlilik, kasbiy ma’suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Yüklə 27,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin