halokatga mahkum bo’ladi, o’z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostida qoldiradi.
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyati mahsuli bilan bog’liqligini
ifodalab, madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar to’g’risida
mulohaza yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari
bilan uzviy bog’lanib ketishini ta'kidlab o’tish lozim.
Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o’zaro uyg’unlashgan bo’lib,
birinchisi ikkinchisini taqozo etadi. Chunki ular bir-birining negizidan kelib chiqadi.
Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob'ektiga tabiiy ehtiyojlarini qondiruvchi uy-
ro’zg’or buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan boqlanish
vositalari, madaniy aloqalar o’rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish
uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o’qish va tajriba orttirish
yo’llari kiradi. Odatda jamiyatda ta'lim va tarbiya tizimini egallash, xalq an'analari,
marosimlari, bayramlari, odatlari rasm-rusumlari, xulq-atvor ko’nikmalarini
o’zlashtirish jarayonida rangbarang madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha
ma'no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta'kidlab o’tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar
qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga etaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning
qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, uning kamolotini sekinlashtiradi.
Psixologiya fanida ehtiyojlar o’z predmetining xususiyatiga ko’ra moddiy va
ma'naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha
ekanligi e'tirof etiladi.
Insonning ovqatlanishi, kiyinishi, uy-joyga ega bo’lishi, maishiy turmush
ashyolariga intilishi, komfort hissini qondirish bilan bog’liq madaniyat
predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga
keltiradi. Ma'naviy madaniyatni yaratish va o’zlashtirish shaxsning o’z fikr
mulohazalari va his-tuyg’ulari bo’yicha boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishi
hamda axborot almashtirishi, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishishi, mahalliy
matbuotni o’qish, kino va teatr ko’rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish,
ya'ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma'naviy ehtiyojlar tizimini vujudga keltiradi.
Ma'naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lib vujudga
kelgan ma'naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga
kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi kitob, yozuv
qog’ozi va boshqalar.
Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirilganda yana shu narsaga e'tibor berish
kerakki, kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taalluqli ehtiyoj o’z predmetiga ko’ra
moddiy guruhga xuddi shu mezonlar bo’yicha bir davrning o’zida madaniy
ehtiyojning moddiy yoki ma'naviy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. Shu tariqa
ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti, xususiyati bo’yicha ikki mezonga asoslanib,
muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy taraqqiyotiga nisbatan va
ehtiyojlarning ob'ektiga bergan munosabatiga binoan har xil tasniflanadi va xuddi
shu mezonlarga ko’ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi,
barqarorligi, davomiyligi, ko’lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi,
individualligi kabi xususiyatlari bilan o’zaro bir-biridan farqlanadi. Ehtiyojlar
faoliyati va xulq-atvor motivlari bilan teng alohada bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: