Mavzu: Raqamli qurilmalarni virtual oraliqda loyihalash


Mikroprotsessorli tizimlar va ularning arxitekturasi



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə4/8
tarix06.12.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#72668
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Raqamli qurilmalarni virtual oraliqda loyihalash

1.3. Mikroprotsessorli tizimlar va ularning arxitekturasi
Miroprotsessorli tizim (MP-tizim) deb, odatda mikroprotsessorli vositalar asosida tuzilgan ma’lumotli yoki boshqaruv tizimiga aytiladi.
Mikroprotsessorli vositalar – boshqaruv signallariga bog’liq ravishda turli amallarni bajaruvchi, cheklangan nomenklaturga ega bo’lgan KISlar majmuasidir.Mikroprotsessorli vositalar turkumiga kiruvchi barcha KISlarni, bu esa MP, operativ va doimiy xotira, kirish-chiqishni boshqarish mikrosxemalari, takt signallari generator va boshqalarni kuchlanish manbayi qiymati signallar va ma’lumotni ifodalash turlari bo’yicha muvofiqlashtirish mumkin. Mikroprotsessorli vositalar majmuyiga ega bo’lib, turli murakkablikdagi raqamli apparaturalarni tuzish mumkin.
Mikroprotsessorlar arxitekturasi. MP-tizimni uchta ketma-ket murakkablashib boradigan detallash darajalari ko’rinishida ifodalash mumkin:
1. Apparat vositalari – electron sxemalar bo’lib, ular yordamida alohida qurilmalar tuziladi;\
2. Arxitektura –tarkib, xarakteristikalar, qurilmalarning bog’lanishi, komandalar ro’yxati va ularning formatlari, adreslash usullari. Adreslanuvchi xotira razryadligi va hajmi; registrlar tuzilmasi va ularning funksiyalari va boshqalar.
3. MPning dasturiy ta’minoti.
Kombinatsion turli MPli MP-tizim arxitekturasi 3-rasmda keltirilgan.MP quyidagi tugun va bloklardan tashkil topgan:
1. Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ). Bu qurilma bevosita ikkilik kodida ifodalangan sonlar va adreslar ustidan arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Odatda, siljituvchili registrli AMQlar qo’llaniladi.
2. Boshqaruv qurilmasi (BQ). BQ AMQ va MP-tizimning boshqa bloklari ishini boshqaradi. U ketma-ketli qurilma bo’lib, mantiqiy elementlar yoki DXQ,DMMlar (mikrodasturiy tashkil qilinish) da bajariladi. BQ xotira blokidan kelayotgan komandalar asosida ishlaydi. Bu yerda komandalar mazkur komandaning bajarilishini boshqarish uchun ikkilik signallariga aylantiriladi.BQ va butun MP-tizim ishi sinxronizatsiya va dastlabki o’rnatilish(taymer) sxemalari signallari ta’sirida sodir bo’ladi. Taymer (T) ko’p hollarda alohida kristall ko’rinishida bajariladi. U komandalarning bajarilish jarayonini vaqt bo’yicha taqsimlaydi.

3-rasm.MP-tizim tuzilmasi
Biror amalni bajarishga mo’ljallangan komandalar – buyruqlar 8, 16, 24 razryadli va undan yuqori(64 tagacha) bo’lgan ikkilik so’zlardan iborat bo’ladi. Ularning bir qismi amal kodi bo’lib, qolganlari xotirada ma’lumotlar adreslari o’rtasida taqsimlanadi.
3. Registrlar bloki (R). Joriy ma’lumotni o’ta operativ saqlash uchun xizmat qiladi. Bajaradigan amaliga ko’ra, bloklar quyidagi registrlariga ega: OR va AR registrlari, komandalar registry (KR), bayroq registry (BR), holatlar registry (HR), komanda hiosblagichi (KH) va boshqalar.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin