Mavzu: Qomatdagi nuqsonlar. Yassi oyoqlikda davolovchi jismoniy tarbiya



Yüklə 57,64 Kb.
səhifə4/6
tarix01.02.2023
ölçüsü57,64 Kb.
#82242
1   2   3   4   5   6
Qomatdagi nuqsonlar. Yassi oyoqlikda davolovchi jismoniy tarbiya

Birinchi mashq tovonlar balandligini oʻzgartirishga va ularni toʻgʻri holatda tutishga moʻljallangan. Ushbu mashqni ertalab bajargan maʼqul. 20-30 soniya oyoq uchida turing. Uni 5-10 marta takrorlang.
Ikkinchi mashq zaif mushaklarni va boldir paylarini mustahkamlaydi. Yerga bir necha sharchalarni qoʻying. Oyogʻingiz barmoqlari yordamida har bir sharchani navbatma-navbat idish ichiga joylashtiring. Ushbu mashqni zerikkuncha bajarish mumkin.
Ijobiy samarani kuchaytirish uchun boshqa mashqlarga ham eʼtibor berishingiz lozim. Masalan, dumaloq kashtan donachalarini yigʻib, boʻz qopchaga solib, u bilan oyoq ostini uqalab yengil massaj qilasiz. Ushbu muolaja yassioyoqlikka foyda boʻlish bilan birga, qon aylanishini ham yaxshilaydi. Hordiqni ketkazadi. Kayfiyatingizni koʻtaradi.
Bolalarda yassi panjalik (yassi oyoqlik) tayanch-harakat sistemasidagi o‘zgarishlar ichida ko‘p uchraydigani hisoblanadi. Kasallik asosida panjaning ko‘ndalang va bo‘ylama gumbazlarini alohida-alohida bir vaqtning o‘zida yassilanishi yotadi. Agar panjaning bo‘ylama gumbazi pasaysa, yassi panjalik vujudga keladi. U ko‘pincha panja oldingi qismining uzoqlashishi bilan birga kechadi, yoki panja butunlay tashqariga og‘adi. Bu hollarda deformatsiya yassi valgus panja deb ataladi. Umuman boldir-panja sohasi orqa yuzasi o‘rtasidan o‘tkazilgan vertikal chiziq tashqariga 6 gradusgacha og‘sa, bu me’yor hisoblanadi, ichkariga og‘ish normada kuzatilmasligi kerak. Yurilganda panja yuzasi odatda uch soxa bilan tanani ko‘taradi: bular orqa tomondan tovon suyagi bo‘rtig‘i, oldingi yon tomonlarda esa birinchi va beshinchi kaft suyaklari boshi hisoblanadi. Bu uch soha o‘zaro yoylar majmuasi bilan birlashib, panja gumbazini tashkil qiladi. Ichki yoy tovon bo‘rtig‘i bilan birinchi kaft suyagining boshi orasida bo‘lib, uning chuqqisi qayiqsimon suyakka to‘g‘ri keladi. U elastik va tashqi yoydan 3–4 barobar bo‘rtiqroqligi bilan ifodalanadi. Panjaga tiralganda ichki yoy pasayadi, buning hisobiga panja uzayadi, oyoq yerdan uzilganda yoy va unga bog‘liq xolda panja uzunligi ham o‘z holiga qaytadi. Tashqi yoy tovon suyagi bo‘rtig‘i bilan V kaft suyagi boshi orasida bo‘lib, uning chuqqisi kubsimon suyak sohasiga to‘g‘ri keladi. Nihoyat, oldingi yoy panja uzunligiga ko‘ndalang ravishda birinchi va beshinchi kaft suyaklari boshlari orasida joylashgan. Shunday qilib, panja gumbazi deganda, asosan uch yoy majmuasidan iborat bo‘rtiq ikki yuza tushuniladi. Panja gumbazi may da suyaklar, bog‘lam-pay, fastsiya va mushaklar hisobiga katta-katta yuklami bemalol ko‘tarishni, ohista tekis yurishni ta’minlaydi. Kelib chiqishiga qarab yassi panjalikni tug‘ma va orttirilgan turlari ajratiladi. Ayrim bolalarda panja gumbazi yassi bo‘lsada, balog‘atga yetguncha, tana og‘irligi oshgunga qadar hech qanday klinik belgilar kuzatilmaydi. Boshqa bolalarda panja gumbazi qoniqarli rivojlangan, lekin patologik abduksiya mavjud bo‘ladi. Bu ikkala xolda o‘zgarish mushaklar va panja bog‘lam apparatining kuchsizligidan darak beradi. Tug‘ma yassi panjalik nisbatan kam uchraydi. Sabablari homilaning noto‘g‘ri rivojlanishi, amniotik tizimchalar, kichik boldir suyagining yaxshi shakllanmaganligi yoki umuman yo‘qligi bo‘lishi mumkin. Tug‘ma yassi panjalik ko‘pincha valgus deformatsiya bilan birgalikda uchraydi. Orttirilgan yassi panjalikni raxitik, paralitik, travmatik va statik turlari kuzatiladi. Raxitik yassi panjalik maktabgacha yoshda raxit xastaligi bo‘lgan bolalarda uchraydi. Suyaklarning yumshoqligi va og‘irlikka qarshiligi pasayganligi, umuman mushak-bog‘lam apparatining sustligi yassi panjalikka olib keladi. Panja tana og‘irligi tufayli pronatsiya holatiga o‘tib, oldingi qismi o‘rta chiziqdan qochadi va panja gumbazi pasayadi. Bu turdagi yassi panjalikning oldini olish va davolash raxit kasalligini bartaraf etish hamda davo tadbirlariga uzviy bog‘liqdir. Paralitik yassi panjalik bolalarda asosan poliomielit kasalligi asorati sifatida yuzaga keladi. Uning darajasi falajlik darajasi va mushaklarning nechog‘li zararlanganligiga bog‘liq, yassi valgus panjalik katta yoki kichik boldir muskullarining ikkalasini yoki birinchisini zararlab, qolgan mushaklar faoliyati qoniqarli saqlanib qolishidan kelib chiqadi. Travmatik yassi panjalik esa ko‘pincha to‘piqlar sinishidan, kamroq panja suyaklari butunligi buzilimagan katta va kichik boldir suyaklari orasidagi bog‘lamning uzilishidan ham hosil bolishi mumkin. Boldir, panja sohalarida shikastlanishni to‘g‘ri aniqlash va gips bog‘lamini yaxshilab qo‘yish yassi panjalikning oldini olishdir. Bolalarda statik yassi panjalik uning eng ko‘p tarqalgan shakliga kiradi. Uning asosiy kelib chiqish sababi mushaklar tonusining pasayishidir. Masalan, panjani tashqariga buradigan mushaklar kuchi kamayishi natijasida panjaning ichki qirrasi pastga tushib, tashqi qirrasi ko‘tarilishga moyil bo‘ladi, bora-bora bu holat turg‘unlashadi, natijada yassi panjalik rivojlanadi. Yassi panjalikning dastlabki belgilari oyoqlarning kun oxiriga borib charchashi va boldir orqa yuzasi sohasida mahalliylashmagan og‘riqni sezish hisoblanadi. Keyinchalik turganda va yurganda og‘riq kuchayadi. Maktab yoshidagi bolalarda umumiy charchoqlik, xolsizlik, bosh og‘rig‘i va o‘zlashti- rishning pasayishi kuzatiladi. og‘riq endi panja osti sohasida, gumbazida, oshiq qayiqsimon bo‘g‘im atrofida va boldir mushaklarida mahalliylashadi. Ayrimlarda ishias manzarasini berishi, ya’ni og‘riq to‘piq sohasidan songa uzatilishi mumkin. Ob’ektiv ko‘rilganda panjaning uzaygani, o‘rta qismi nisbatan kengligi, panja bo‘ylama gumbazi yassilangani, panjaning ichkariga buralib tovon tashqariga surilgani ko‘zga tashlanadi. Oyoq kiyimining ichki tomonlari «yoyilib» ketganini ko‘rish mumkin. Tashxislashda oyoq panjasi bosib yuriladigan yuzasi aksini qog‘ozga tushirish (plantografiya) va panja ko‘rsatkichlarini Fridland usulida o‘lchash (podometriya) ham foydalaniladi.
Panjaning rentgen tasviri esa suyaklarning bir-biriga munosabati qay darajada o‘zgarganligini ko‘rsatadi. Yassi panjalikni davolash turli vannalar (tuzli, sodali, dengiz tuzi bilan) qilish, uqalash, davolovchi gimnastika, elektr toki (elektroforez) bilan mushaklarni ta’sirlab ular tonusini oshirish, yalangoyoq yurishdan iborat. Bolalarga tabiiy panja gumbazini shakllantirishda yordam beruvchi moslamalar (supinator patak) buyurish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullantirish, suzish, panjaga mos poyafzal kiydirish zarur. Ayrim bemorlarga bosqichma-bosqich gips bog‘lami qo‘yiladi, kamdan-kam hollarda esa yassi panjalik operatsiya usulida bartaraf etiladi.

Yüklə 57,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin