Mavzu: Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar. Reja: Ksenofont «Daromadlar to’g’risida»



Yüklə 22,13 Kb.
səhifə1/3
tarix01.12.2023
ölçüsü22,13 Kb.
#170894
  1   2   3
Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar.


Mavzu: Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar.
Reja:

  1. Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holati

  2. «Ekonomiks» asarida hamda Ksenofontning alohida mulohazalarida quldorlik xo’jaligi iqtisodiyoti

  3. Aristotelning iqtisodiy qarashlari.

Iqtisodiy fikrlar qadimgi Gretsiyada yana ham rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot ob’ektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.o. 430–355) asarlarida yaqqol ko’rish mumkin. Uning ko’p sonli asarlari ichida «Daromadlar to’g’risida» va «Ekonomiks» (xo’jalik to’g’risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega.


Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo’lini tavsiya etadi:
xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko’paytirish, ularning Afinaga kelishini rag’batlantirish;
kumush qazib olishni kengaytirish;
qullar savdosini tashkil etish.
«Ekonomiks» asarida hamda Ksenofontning alohida mulohazalarida quldorlik xo’jaligi iqtisodiyotiga tavsifnoma beriladi.
Ksenofont qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligining eng asosiy tarmog’i deb hisoblagan. «Qishloq xo’jaligi rivojlansa, – deb yozadi u, – boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo’ladi».
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixga birinchilardan bo’lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o’zining «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o’zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko’pincha o’sha odamning o’zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan shug’ullanuvchi odam, hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko’pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga o’zini boqish uchun bitta hunar etarli. Ko’p joylarda o’sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – xotinlarning. Ba’zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib hayot kechirish uchun haq oladi. O’z-o’zidan ma’lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir».

Yüklə 22,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin