Mavzu: Pul nazariyalari

Yüklə 12,43 Kb.
səhifə2/5
tarix13.03.2023
ölçüsü12,43 Kb.
#87521
1   2   3   4   5
Mavzu Pul nazariyalari-fayllar.org

K. Knis metallik nazariyasini yangi sharotiga moslashtirib, u pul sifatida faqat metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham hisoblash mumkin deb bildi. Agar ular metall bilan ta’minlangan bo’lsa, hech bir cheklovlarsiz almashtirilsa pul tizimi mustahkam bo’ladi. Ammo bu muvozanat urushlar tufayli buzildi. Oltinning erkin pulga almashishi, chetga chiqarilishi bekor qilindi.

Birinchi jahon urushidan keyin oltin quyma standarti joriy qilindi. Oltin tanga standartidan asosiy farqi muomaladagi banknotalar endi oltin quymaga (12-12,5 kg) almashtirila boshlandi. Bu asosan xalqaro bozorlarda qo’llaniladigan bo’ldi. Ko’pgina davlatlarda banknotalarni oltinga almashtirish amaliyotda bekor qilindi. Oltin quyma standartiga kirmagan davlatlar o’z valyuta (pullar)ni kirgan davlatlar devizlariga (valyutalariga) almashtirish ko’zda tutilgan edi. AQSH dollari asosiy deviz (valyuta) hisoblanib qoldi.

Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni emirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko‘rsatadiki oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. Ushbu tangalar vaqt o‘tishi bilan o‘z vaznining bir qismini yo‘qotadi, natijada ayirboshlash munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII asrga kelib metal tangalarning emirilishi isbotlandi. Shuningdek, birinchi jahon urushi ta’sirida Evropada oltin standarti bekor bo‘ldi.

Dastlab merkantilistlar Adam Smit va Jorj Styuard tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Ushbu olimlarning fikriga ko‘ra pul jamiyatning boyligi emas, balki shartli hisob birligidir. Pullar baho masshtabi sifatida ayirboshlash munosabatlarini ifoda etadi. Taniqli iqtisodchi olimlar P.Samuelson , J.Key metal pullar muomalasini inkor etganlar.

Yüklə 12,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin