Mavzu: personalni boshqarish tizimlarini takomillashtirish



Yüklə 378,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix07.01.2024
ölçüsü378,29 Kb.
#202480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Reja Kirish. Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazi

Malakali ishchilar 
— bu, odatda, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari
hunar-texnika bilim yurtlari, maxsus kollejlarni bitirgan 
yoshlardan iboratdir.
Boshqaruv kadrlari deyilganda, kasb faoliyati to‘la 
ishlab chiqarish boshqaruvi vazifasini bajarish bilan bog‘liq 
xizmatchilar tushuniladi.
Hozirgi vaqtda, bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlar 
masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu, birinchi navbatda, 
boshqaruvni demokratiyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lsa, 
boshqa 
tomondan, 
turli tashkiliy — huquqiy boshqaruv shakliga o‘tish 
bilan, yangi turdagi rahbar-mutaxassisni tarbiyalash bilan; inson 
omili ahamiyatining oshishi bilan va nihoyat, mehnatkashlarning 
ijtimoiy talabini tushunib yetish bilan 
bog‘liqdir.
Boshqaruv kadrlari quyidagi ikkita tushuncha ya’ni, kadrlar 
siyosati va kadrlar bilan ishlash tushunchasiga bog‘liqdir. 
Kadrlar siyosati deyilganda — bu uzoq davrga mo‘ljallangan 
ishbilarmonlik, kasb va shaxs sifatiga ega yuqori malakali 
boshqaruv kadrlari tayyorlash yo‘nalishi tushuniladi. Kadrlar 
siyosatining maqsadi — korxonada, firmada ularni tayyorlash 
va qayta tayyorlashni uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishdan 
iboratdir. Masalan, hozirgi vaqtda kichik biznesga doimo 
yangidan-yangi, o‘qimishli yoshlar talab qilinadi, hamda 
to‘xtovsiz o‘zini-o‘zi bilimi va malakasi takomillashuviga 
harakat qiladigan yoshlar, ayniqsa, 
menejment, marketing, bank 
ishlari 
uchun jalb qilinadi.
Albatta, kadrlar siyosati o‘z strategiyasi va taktikasiga ega. 
Kadrlar strategiyasi esa, jamiyatning ma’lum tarixiy taraqqiyoti 
bosqichidagi asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi.


13
Kadrlar ishining taktikasi, deb kadrlar bilan bo‘ladigan 
munosabatga aytiladi. Bunda hozirgi sharoitda kadrlar siyosatini 
ma’lum tartibda amalga oshirish qoidalari ko‘zda tutiladi. Bu 
kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish, ta’lim 
berish, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash demakdir.
Kadrlar bilan bo‘ladigan faoliyatning samaradorligi tizimli 
yondashuvga asoslanishi kerak. Kadrlar ish tizimini boshqaruv 
xodimlari bilan bo‘ladigan faoliyat shakli, usuli, yo‘nalishi va 
o‘lchovlarining birlashmasi tashkil qiladi. Kadrlar bilan ishlash: 
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, bir joydan ikkinchisiga 
o‘tkazish va ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarish, faoliyat 
rejalarini tashkil qilish va rahbarlik qilish kabilarni o‘z ichiga 
oladi.
«
Xodim
» iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida «biror idora 
yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi» ma’nosida talqin 
etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, tibbiyot 
xodimi, ilmiy xodim va h.k.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga 
ikki xil yondoshuv mavjud:
— 
inson resurslarini boshqarish;
— 
xodimlarni boshqarish.
«

Yüklə 378,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin