Mavzu: O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni


 Tadbirkorlikning mohiyati, iqtisodiy, ijtimoiy



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#37713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari

1. Tadbirkorlikning mohiyati, iqtisodiy, ijtimoiy  

va huquqiy asoslari 

 

Bozor  munosabatlari  sharoitida  iqtisodiyotni  rivojlantirishning  asosiy 

omillaridan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. 

Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, tadbirkorning o`z 

faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko`p qirralidir. Bu bozor siyosatining o`zgarishi 

bilan  yoki  korxonaning  ichki  va  tashqi  omillari  ta`sirida  aniqlanadi.  Lekin 

tadbirkorning  asosiy  maqsadi  manfaat  (foyda)  ko`rish  bilan  bir  qatorda,  bozorda 

samarali  faoliyat  yuritishni  ta`minlaydigan  ishlarni  amalga  oshirishdir.  Buning  uchun 

tadbirkorlikni  boshqarish  va  unga  ko`mak  beruvchi  zamonaviy  menejment  usullariga 

asoslangan  mexanizmni  yaratish  va  undan  unumli  foydalanishni  ta`minlash  zarurdir. 

Bozor  sharoitida  tadbirkorlikni  boshqarishda  uning  quyidagi  xususiyatlarini 

e`tiborga olish kerak: 

-  tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e`tiborga olib ish ko`radi; 

-  tadbirkor  samaradorlikni  ta`minlovchi  sa`y-harakatlar  qilib,  ishlab  chiqarish 

xarajatlarini kamaytirish yo`llarini qidiradi; 

-  biznesning  pirovard  natijalariga  javob  beradigan  shaxslar,  oz  biznesini 

erkin shart-sharoitlarda olib borishlariga etarli imkoniyatlar yaratishadi; 

-  kichik  korxonaning  pirovard  natijalari,  ya`ni  uning  oladigan  foyda  yoki 

zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma`lum bo`ladi; 

-  kichik  biznes  bilan  shug`ullanuvchi  tadbirkor  o`z  mablag`larini  harakatga 

solib,  bozorda  qanday  xavf-xatarga  duch  kelishi  yoki  yakuniy  natija  qanday 

bo`lishini aniq bilmaydi. 

Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil 

tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, 

maqsadga muvofiq faoliyatdir. 

Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning  boshlang`ich  bosqichi, 

odatda,  fikrlash  faoliyati  yoki  uning  natijasi  bilan  bog`langan  bo`ladi,  faqat  u  keyin 

moddiy shaklni oladi. 

Tadbirkorlik  yangilik  kiritish,  tovar  ishlab  chiqarish  faoliyatini  o`zgartirish 

yoki  korxonani  (shu  jumladan,  kichik  korxonani)  tashkil  qilish  sohasida 

ijodkorlikning  mavjudligi  bilan  ta`riflanadi.  Tadbirkorlik    faoliyatining  ijodkorlik 

jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari 

yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi. 

Tadbirkorning  asosiy  maqsadi  –  o`z  iste`molchilariga  ega  bo`lish  yo`lida  tovarga 

bo`lgan  ehtiyojni  aniqlashdan  iboratdir.  Tadbirkor  o`z  iste`molchilarini  shakllantirishda 

quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak: 

-  tovarning yangiligi va uning haridor manfaatiga mos kelishi; 

-  tovar yoki xizmatlarning sifati; 

-  tovar yoki xizmatlarning narxi; 

-  tovarning universallik darajasi; 

-  tovarning tashqi ko`rinishi, uning haridor talablariga mosligi; 

-  sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati; 

-  tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi; 



 

-  tovar  va  xizmatlar  reklamasining  jozibaliligi,  xaridor  diqqatini  o`ziga  jalb 



qilishi va hokazo. 

Tadbirkorning  shaxsiy  xususiyatlari,  qobiliyatlari,  imkoniyatlari  va  ishga  doir 

sifatlari  tadbirkorlikning  harakatlantiruvchi  kuchi  bo`ladi.  Tadbirkorning  ishga  doir 

sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: 

-  birinchidan,  bozorning  tovarlar  va  xizmatlar  bilan  ta`minlanish  darajasini 

tahlil qilish yo`li bilan iqtisodiy xo`jalik tizimida o`z o`rnini topish; 

-  ikkinchidan,  shaxsiy  ishlab  chiqarish  tuzilmasini  yaratishga  tayyorlik 

qobiliyati; 

-  uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki 

tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirish; 

-  to`rtinchidan,  tadbirkorlik  loyihasini  amalga  oshirishda  rahbarlikni  to`g`ri 

yo`lga quyish qobiliyati; 

-  beshinchidan, yangi texnik, texnologik g`oyani birinchi bo`lib hayotga tadbiq 

etish  hamda  ushbu  g`oyadan  amalda  foydalanish,  undan  qanday  yakuniy  natija, 

mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur qila olish. 

Ijodkorlik tadbirkorni ta`riflashda asosiy mezon bo`ladi, ammo u har xil shakllarda 

namoyon  bo`lishi  mumkin.  Tadbirkor  boshqa  ijodkor  kishilar  tomonidan  amalga 

oshirilgan  kashfiyotlar,  topilmalardan  qanday  qilib  samarali  foydalanish  mumkinligini 

biladi. Shu bilan birga, u bu yangiliklardan haridorning qiziqishini uyg`otuvchi yangi, 

ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo`llarini topa oladi. 

Ammo kashfiyot va  yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda 

emas, balki tovar  ishlab chiqarishni  yangilash  jarayoniga  jalb  qilishni  talab  qilmaydigan 

oddiyroq  shakllarda  ham  namoyon  bo`ladi.  Masalan,  u  tovar  o`ramining  yangilanishi, 

an`anaviy tovarga yangi xususiyatlar va sifatlar  berish  ko`rinishida  namoyon  bo`lishi 

mumkin. 

Tadbirkor  faoliyatining  boshqa  tomonlarida  ham  kashfiyotchilik  elementlarini 

qo`llash mumkin. Masalan, u ishlab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning 

yangi  shakllarini  topadi,  sheriklik  munosabatlarini  o`rnatadi,  ishlab  chiqarishning 

yangi texnologiyalaridan foydalanadi. 

Tadbirkorlikning  yana  bir  muhim  xususiyati  ishlab  chiqarish  jarayonida  yangi 

g`oyalarning amalga oshirilishi bozor tomonidan qanday qabul qilinishini oldindan ko`ra 

bilish qobiliyatida namoyon bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda, yangilikni bozorda tatbiq 

etish  va  iste`molchining  javobini  bitta  jarayonga  birlashtira  olish  tadbirkor 

muvaffaqiyatining garovidir. 

«Tadbirkorlik»  tushunchasi  tadbirkorning  qomusiy(enstiklopedik)  lug`atida 

quyidagicha  ta`riflanadi:  Tadbirkorlik  –  shaxsiy  daromad,  foyda  olishga  qaratilgan 

fuqarolarning  mustaqil  faoliyati.  Bu  faoliyat  o`z  nomidan,  o`z  mulkiy  mas`uliyati  va 

yuridik  shaxsning  yuridik  mas`-uliyati  evaziga  amalga  oshiriladi.  Tadbirkor  (frn. 

entrepreneur)  qonun  tomonidan  taqiqlanmagan  barcha  xo`jalik  faoliyati,  shu  jumla-

dan,  vositachilik,  sotish,  sotib  olish,  maslahat  berish,  qimmatbaho  qog`ozlar  bilan  ish 

olib borish bilan shug`ullanishi mumkin. 

Tadbirkorlik  shaxsiy  va  ijtimoiy  foydalarni  ko`zlagan  holda  daromad  olish 

uchun sarflanayotgan mablag` bilan bog`liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu 



 

ta`rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta`rifda tadbirkorlik faqat ma`lum faoliyat bilan 



shug`ullanish emas, balki bevosita faoliyat ko`rsatishdan iboratligi ta`kidlangan.   

Tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 

-  xo`jalik  faoliyati  olib  borayotgan  sub`ektlarning  mustaqilligi  va  erkinligi. 

Huquqiy me`yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil 

qaror qabul qilishi mumkin. 

-  iqtisodiy  manfaatlilik. Tadbirkorlikning asosiy  maqsadi maksimal darajada 

daromad olishni ko`zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o`z hissasini qo`shishdir. 

-  xo`jalik tavakkalchiligi va mas`uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham noaniqlik 

va tavakkalchilik bo`lishi mumkin. 

Tadbirkorlikni  shakllantirish  uchun  iqtisodiy,  ijtimoiy,  huquqiy  va  boshqa 

muayyan  sharoitlar  yaratilishi  kerak.  Iqtisodiy  sharoitlarga  quyidagilar  kiradi:  tovarga 

bo`lgan taklif va talab; xaridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; haridor 

sotib  olishi  uchun  kerak  bo`lgan  pul hajmining  mavjudligi;  ishchilarning  maoshiga, 

ya`ni  sotib  olish  imkoniyatiga  ta`sir  ko`rsatuvchi  ishchi  joylarining,  ishchi 

kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi. 

Shuningdek, tadbikorlikning muhim xususiyatlari (belgilari yoki tomonlari) 

quyidagilar: 

  mustaqil fikrlash; 



  o`z kuchiga ishonish

  yaratuvchanlik, navatorlik qobiliyati; 



  tinimsiz izlanish

  tashabbus ko`rsatib ishlash; 



  mulkiy  munosobatlarning  ishtirokchisi  bo`lish,  ishlab  chiqarish  omillarining 

barchasiga yoki ba`zi biriga va yaratilgan tovarlarga egalik qilish. 

  javobgarlikni his etish; 



  iqtisodiy  erkinlik,  xo`jalik  faoliyati  turini  tanlash,  uni  resurslar  bilan 

ta`minlash,  oldi-sotdi  ishlarini  yuritish,  ishlab  chiqarishni  boshqarishda 

erkinlik. 

  iqtisodiy  hatti-harakatlar  uchun  ma`suliyatni  o`z  zimmasiga  olish:  ish 



natijasiga  javob  berish,  tavakkal  qilib  ish  yurita  olish,  iqtisodiy  xatarli  ishga 

qo`l urush. 

  foyda  olishga  intilish:  foydaga  erishish  chora-tadbirlarini  ko`rish,  olingan 



foydani o`z bilganicha ishlatish. 

  tijorat siriga ega bo`lish: biznesga oid va o`zgalarga 



  raqobat  kurashida  qatnashish:  bozorda  amal  qiluvchi  qoidalarga  rioya  etgan 

holda  halol  raqobatda  qatnashib,  uning  g`irrom,  yovvoyi  usullaridan  voz 

kechish. 

  halollik  bilan  ish  yuritish,  qalloblik,  g`irromlik  va  aldamchilikka  moyil 



bo`lmaslik.  Obro`  (imij)ga  ega  bo`lish,  boshqalarga  ishonish  va  boshqalar 

ishonchini  qozonib  shon-shuxrat  orttirish,  firma  nomini  e`zozlab,  unga  putur 

etkazmaslik, firmani obro`sizlantirmaslik. 

  tashqi  muhit  (soliq  va  boshqa  tashkilotlar,  o`z  xodimlari  va  hokozalar)  bilan 



yaxshi munosabat o`rnatish. 


 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin