Mavzu: O’zbekiston qishloq aholi punktlari geografiyasi Bajardi: Saidboboyev Odilbek Qabul qildi: Ernazarov Sh toshkent-2023 Mundarija: reja


Qishloq aholi punktlarining ta'rifi va xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/7
tarix25.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#195854
1   2   3   4   5   6   7
Saidboboyev

1.1 Qishloq aholi punktlarining ta'rifi va xususiyatlari
Qishloq aholi punktlapining aniq bir ta’rifi yo‘q, ammo aytish mumkin-ki, shahar aholi punktlapi talablariga javob bermaydigan barcha aholi punktlapi qishloqlar hisoblanadi. Shuningdek, uncha katta bo‘lmagan, sanoat, transport o‘rmon xo‘jaligi, dam olish uylari, sanatoriyalar qoshida paydo bo‘lgan kichik posyolkalar qishloq aholi punktlapiga tegishli bo‘ladi.
Dunyo bo‘yicha qishloq aholi punktlarining umumiy soni mavjud emas. Har bir davlat o‘zining ma’muriy-hududiy tuzilishidan kelib chiqib qishloqlarni ajratishadi. Masalan, O‘zbekistonda rasmiy shahar yoki shaharcha maqomini olmagan, aholisi 2000 kishigacha bo‘lgan, aholisining deyarli barchasi qishloq xo‘jaligida va u bilan bog‘liq tarmoqlarda band bo‘lgan aholi punktlapini qishloq aholi punktlapiga kiritish mumkin. Qishloq aholi punktlapi unda yashovchilar soni, joylashgan geografik o‘rni, bajaradigan funksiyasiga ko‘ra shaharlardan farq qiladi.
Qolaversa, shaharlar uchun qo‘yilgan talablarning birortasiga qishloqlar javob bermaydi. Aksariyat qishloq aholi punktlapi bevosita yer bilan chambarchas bog‘langan. Yer qishloq ahlining asosiy ishlab chiqarish vositasi, ularni boqadigan zamini hisoblanadi. Biroq yerlardan foydalanishdagi va qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi tafovutlar iqlim, rel’ef hamda tabiiy sharoit bilan uzviy bog‘langanligi tufayli bir-biridan keskin farq qiladi. Bu esa qishloqlardagi ishlab chiqarish tiplarining ham xilma-xilligiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa, aksincha, qishloq joylardagi aholi qishloq xo‘jaligi bilan juda kam shug‘ullanishadi.
Tabiiy sharoit qishloq aholisi punktlapidagi xo‘jalik tarmoqlarining ixisoslashuviga hamda shu asosda kichik-kichik ixtisoslashgan qishloqlarning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, dehqonchilik, qoramolchilik, o‘rmon xo‘jaligi, tog‘-kon va hokazo. Barcha qishloq aholi punktlari shaharlar singari o‘z bajaradigan funktsiyasiga qarab uchta asosiy guruhga birlashtiriladi.
1. Qishloq xo‘jaligi
2. Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lanmagan
3. Aralash qishloq aholi punktlari
Qishloq xo‘jaligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, aholisi qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish va uni qayta ishlash bilan band bo‘lgan aholi punktlapi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan aholi punktlapi, deb yuritiladi
Bunday qishloqlar aholisi odatda dehqonchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik hamda chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Qishloq aholi punktlapining ikkinchi guruhiga bir qismi aholi qishloq xo‘jaligida, qolgani sanoat, transport, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lanmagan aholi punktlapi kiradi. Aholisining aksariyati qishloq xo‘jaligida, ma’lum bir yashovchilar sanoatda, transportda, qurilishda, xizmat ko‘rsatish yoki boshqarishda ishlaydigan qishloq aholi punktlapi aralash qishloqlar, deb ajratiladi.
Qishloq aholi punktlapini klassifikasiyalashganda aholiyligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. S.A. Kovalyov tomonidan qishloq aholi punktlari aholi soniga ko‘ra quyidagicha klassifikasiyalangan
. 1) aholisi 10 kishidan kam aholi punktlapi (yakka hovli, yakka yashash joyi);
2) 100 kishigacha yashovchilari bor kichik aholi punktlapi;
3) 200-500 kishigacha, bunga fermer xo‘jaligi, bir xo‘jalik brigadasi misol bo‘la oladi;
4) 1000-2000 aholisi bor qishloq aholi manzilgohi, bular endi nisbatan yirik hisoblanadi. Xo‘jalik markazi, qishloq markazi misol bo‘la oladi;
5) 3000-5000 aholisi bor yirik qishloq aholi manzilgohi.
Bularga shahar darajasidagi qulayliklarga ega aholi punktlapini kiritish mumkin. Qishloq aholi punktlapini geografik tadqiq etishda ularda yashovchi aholi soniga, o‘sishi, joylashishi, zichligi va taqsimlanishiga alohida e’tibor berish talab etiladi.
Qishloq aholi punktlari yerlariga quyidagilar kiradi.(1-rasm)
qishloqlar va ovullar nazorat yerlar;
q ishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi iqtisodiyoti, sharoitlari va tashkilotlariga

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin