Mavzu: ovqat hazim qilish va ovqatlanishning yoshga oid fizologiyasi va gigeyenasiReja


Me’daning devori quyidagi qavatlardan iborat



Yüklə 72,99 Kb.
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü72,99 Kb.
#181447
1   2   3   4   5   6
ovqat hazim qilish va ovqatlanishning yoshga oid fizologiyasi va

Me’daning devori quyidagi qavatlardan iborat:
Shilliq qavat (tunica mucosa) kulrang pushti rangli bo’lib, bir qavatli tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Shilliq qavatning qalinligi 0,5-2,5 mm. Unda shilliq parda mushak qatlami (lamina muscularis mucosae) borligi va shilliq osti asos yaxshi rivojlangani uchun turli yo’nalishdagi burmalar (plicae gastricae) hosil bo’ladi.
Burmalar kichik egrilik bo’ylab bo’ylamasiga yonalib me’da yo’lini (canalis gastricus) hosil qiladi. Bu yo’l me’daning kirish va chiqish qismlarini o’zaro bog’laydi. Me’daning qolgan qismlarida burmalar yulduzsimon shaklda bo’ladi. Me’daning ostium pyloricum sohasida burmalar halqa shaklida bo’lib klapanni (valvula pylorica) hosil qiladi. Burmalarning ichida uncha katta bo’lmagan (1-6mm) me’da maydonchalari (areae gastricae) ko’tarilib turadi. Bu maydonchalarning yuzasida ko’p sonli (35 mln.ga yaqin) me’da bezlarining teshiklari ochiladigan me’da chuqurchalari (foveolae gastricae) joylashgan. Me’da bezlari joylashishiga qarab uch guruhga bo’linadi: 1.Me’daning kardial qismidagi bezlar (glandulae cardiacae). 2.Me’daning tanasi va gumbaz qismidagi xususiy bezlari (glandulae gastricae propriae) ikki xil hujayralardan iborat. Asosiy hujayralar pepsinogen fermerti ishlab chiqarsa, qo’shimch hujayralar xlorid kislota ishlab chiqaradi. 3.Me’daning chiqish qismidagi bezlar (glandulae pyloricae). Bu bezlar ovqatni me’dada kimyoviy parchalovchi suyuqlik me’da shirasi ishlab chiqaradi. Me’da shirasi ta’sirida me’dada oqsil, qisman yog’ parchalanadi. Bundan tashqari me’da shilliq pardasi qon ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi antianemik modda ham ishlab chiqaradi.
Shilliq osti qavat (tela submucosa) nisbatan qalin va harakatchan bo’lgani uchun shilliq qavat burmalar hosil qiladi.
Mushak qavat (tunica muscularis) uch qavat silliq mushakdan iborat: Tashqi bo’ylama qavat (stratum longitudinale) qizilo’ngachning bo’ylama mushak qavatini davomi bo’lib ko’proq kichik va katta egriliklar bo’ylab joylashgan. O’rta halqasimon qavat (stratum circulare) tashqi qavatga nisbatan kuchli rivojlangan. U qizilo’ngach halqasimon mushak qavatini bevosita davomi bo’lib, me’daning chiqish qismida qalinlashib qisqichni (m.spincter pylori) hosil qiladi. Ichki qiyshiq tutamlar (fibrae obliquae) bo’lib, me’daning kardial qismidan boshlanib, oldingi va orqa devorlarga yo’naladi.
Tashqi seroz qavat (tunica serosa) qorinpardaning vitseral varag’idan hosil bo’lib, me’dani hamma tomondan o’raydi. Bu parda me’da bilan qo’shni a’zolar o’rtasida boylamlar hosil qiladi. Bunday boylamlarga jigar bilan me’da kichik egriligi o’rtasidagi jigar - me’da boylami (lig.hepatogastricum), me’da bilan taloq o’rtasidagi me’da - taloq boylami (lig. gastro’lienale), me’da bilan ko’ndalang chambar ichak o’tasidagi me’da - chambar ichak boylamlari (lig.gastrocolicum) kiradi.
Sog'liq bo'yicha mutaxassislar anchadan buyon modelda tasvirlanganidek individual shaxsning sog'liqqa oid odatlariga nima eng ko'p ta'sir etishi haqida izlanish olib borishyapti. Bu model sog'liqqa oid bilimlar va munosabatlarga tashqi omillar qanday ta'sir etishini ko'rsatadi va ishonchli samaraga ta'sir etadi. Bu tashqi to'siqlar kimningdir talab qilingan odatlarini amalga oshirishdagi qobiliyatiga birma-bir ta'sir o'tkazuvchi rejalariga ta'sir o'tkazadi. Birlashgan Qiro’llikning shimol g'arbidagi hududlarida ijtimoiy yo'qotishlarning darajasi yuqori. Ayrim hududlarda aholining 50% sog'liqdan mahrum etilgan hisoblanadi. "Hard to reach" (erishish qiyin) individuallari sog'liqni saqlash tizimidan muntazam foydalanmagan shaxslar uchun belgilangan bilimlarning maqsadi bo'lgan. Ular, shuningdek, tavakkalli omillar orqali so'liqni vujudga keltirishdan ham iqtisodiy jihatdan mahrum bo'lishgan. So'rovnoma o'tkazilganlardan 187 tasi kashanda, 67 tasi esa klinik semizlar bo'lgan. So'rovnoma o'tkazilganlarning asosiy qismi o'z sog'liqlariga e'tibor qaratishni o'z mas'uliyati deb bilgan va xatto ular ozish, alkogoldan foydalanish, chekish kabi vaziyatlarni maxsus doktorlar bilan muhokama qilishdan ham uyalishmagan. Shunga qaramay, o'tgan yili ularning faqatgina 16% amaliyotchi doktorlarga qatnagan,va ular, asosan, foydali kasallik serifikati yoki kasallangan bola uchungina qatnab turishgan. Deyarli barcha hududlar tadqiq etilganidan so'ng, javobgar shaxslar o'zlari aslida ko'ringanidan ko'ra sog'lomroq bo'lganliklarini tushunishdi. So'rovnoma qatnashchilarining 26% klinik semiz bo'lgan, biroq ulardan faqatgina 7% ushbu holatni tan olgan. So'rovnoma ishtirokchilarining 1/10 qismi o'zlari hohlaganchalik uzoq hayot kechirishlari uchun sog'lom ovqatlanish kerakligini anglab yetishgan. Ana shu ishtirokchilarning 84% ayni paytda o'z sog'liqlari haqida havotir olmayotganlarini va ularning yarmidan ko'prog'i keyinchalik bu haqida o'ylashlari mumkinligini qayd etishgan. So'rovnoma o'tkazgan odamlar atroflaridagi insonlarning yashash tarzi va insonlar sog’lig’iga oid kuzatuvlarni ishlab chiqishdi. Masalan, kashandalarning 56% o’sha hududda yashayotganlar bilan bir xil sog’liqqa egaman, deb bilishgan. Hisobotlar xalq sog’lig’ini oshirish vositalari va uni o’zlashtirishning zaifligiga murojaat qiladigan ba’zi aniqlangan samarali yondashuvlarga ta’sir o’tkazadi. Bu, asosan, ana shu soha bo’yicha maxsus shug’ullanadigan guruxlar tushuna oladigan sog’liqni oshirishga yordam beruvchi rivojlanayotgan vositalarni taklif etdi. Bu sog’liqni saqlash xizmati, sog’lom hayot tarziga oid mulohazalarning yyetkazilishi va mukammal fikrlarning paydo bo’lishiga olib kelgan. Bu, shuningdek, ana shu ma’lumotlarning tarqalishiga ko’maklashadigan gazeta, televideniye kabilardan ham foydalanishni taklif etadi. Bundan tashqari, bu vaqt, yashash joyi va tarzini hisobga oluvchi maqsadli guruxlarning ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishni ko’zda tutuvchi xizmatlarni qayta shakllantirishni ham bildiradi2.



Yüklə 72,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin