Mavzu; O'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi. Refarat kirish



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə1/9
tarix16.08.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#139541
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu; O\'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi. Refarat



Mavzu; O'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi.

Refarat
KIRISH


Nazariy qism: 0 ‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASINING QISQACHA TARIXI
1.1. .0 ‘simliklar fiziologiyasining o‘rganish usullari.
1.2. .0‘simliklar fiziologiyasining yo‘nalishlari.
Amaliy qism: 0 ‘SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI VA FUNKS IYALARi
II.1. 0 ‘simliklar hujayrasining tuzilishi.
II.2. Yukasak o’simliklar organlari, to’qimalari va funksianal tizimlari
II.3. 0 ‘SIM LIK HUJAYRASINING KIMYOVIY TARKIBI
Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
0‘simliklar fiziologiyasi o‘simliklarning hayot-faoliyatidagi umumiy qonuniyatlami o'rganadi. Bulaming asosida moddalar almashinuvining assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlari yotadi. Shu bilan birga u o ‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi, gullash, meva tugish, plastik moddalaming sintezi va to‘planishi kabi fiziologik jarayonlami tashqi muhit bilan bog* lab o‘rganadi. 0 ‘simliklar fiziologiyasi botanika, biokimyo, biofizika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, hayvonlar fiziologfyasi, kimyo, fizika kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ulaming yutuqlaridan foydalaniladi va o‘z navbatida ularga ta’sir etadi. 0 ‘simliklar fiziologiyasi fanida keyingi yillardagi tabiiy fanlar yutuqlaridan, xususan, fizik-kimyoviy usullardan, xromatografiya, nishonlangan atomlar, elektron mikroskopiya, elektroforez, differensial sentrafugalash, spektrofotometriya, rentgen tuzilish analizf va boshqalardan foydalanish natijasida juda katta yutuqlarga erishildi.
Jumladan, o‘simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra organoidlarining tuzilishi va tarkibi ham fiziologik funksiyalari, hujayraga moddalaming kirishi va chiqishi jarayonlarida membranalarning ahamiyati va boshqalar birmuncha puxta o ‘rganildi. Ayniqsa, 0‘simliklar hujayrasida energiyaning to‘planishi va sarflanishi mexanizmlari haqidagi tushunchalar kengaydi. Yashil o'simliklar yer sharidagi boshqa tirik organizmlardan o‘zining bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi.
Birinchidan, yashil o‘simliklar energiya manbai sifatida yomgMikning elektromagnit energiyasidan foydalanib, ulami organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy energiyaga aylantirish qobiliyatiga ega (fotosintez). Shuning bilan birgalikda, o‘simliklar tashqi muhitdan bir qancha anorganik moddalami o‘zlashtirib, ulami hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonida energiya bilan boyitadi va organik modda ko'rinishida yer sharidagi barcha tirik mavjudotlar uchun moddiy va energetik asosni yaratadi.
Ikkinchidan, yashil o‘simliklar nisbatan yuqori rivojlangan foto assimilatsion yuzaga hamda yer ostki va ustki organlarining yuqori 4 darajada shoxlanish qobiliyatiga ega. Bu hoi o‘z navbatida o ‘simliklarning ildiz orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalaming o‘zlashtirilishiga, barglar orqali esa atmosfera havosidan oziqlanish doirasining kengayishiga olib kelgan.
Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida o‘simliklaming yangidan-yangi navlarini yaratishda, ekinlaming turli noqulay muhit omillariga nisbatan chidamliligini oshirish va ulaming hosildorligini ko‘paytirishda, hosil sifatini yaxshilash va ularni saqlashda mazkur fanning ahamiyati yildanyilga ortib bormoqda. (Vsimliklar ll/.iologiyasida asosan oltitayo‘nalish mavjuddir, ya’ni: biokimyoviy yo‘nalish-fotosintez va nafas olish jarayonida hosil bo'ladigaivturli xildagi moddalaming funksional ahamiyatini o‘rganadi.
Shu bilan birga o‘simliklami tuproqdan oziqlanish qonuniyatlarini va turli xildagi anorganik moddalardan organik moddalami sintezlanish qonuniyatlarini ochib beradi. - biofizik yo‘nalish-bu hujayra energetikasi masalalarini, o‘simlik elcktrofiziologiyasini suv rejimining fizik-kimyoviy qonuniyatlarini, o’sish, qo‘zg‘alish hamda nafas olish va fotosintez masalalarini 0‘rganadi. ontogenetik y o ‘nalish-bu o ‘sim liklarning yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarini, tnorfogenez hamda o‘simliklar rivojlanishining boMhqni'isli qonuniyatlarini o ‘rganadi. - tadrijiy yoki solishtirma yo‘nalish-bu filogenezning xususiyatlarini belgilab beradi. U ontogenezga genotip funksiyasi sifatida qaraydi. Bu belgilar filogenezda kuzatilgan bo‘ladi. - ekologik yo‘nalish-bu o‘simlik organizmini ichki jarayonlarini tashqi muhitga bog’liqligini o‘rganadi. Masalan,: mineral o‘g‘itlami qoMIash, yorug‘lik va suv rejimini .yaxshilash, ekin maydonlarida o‘simliklarni taqsimlash va boshqalar. Natijada, o ‘simliklarda moy, qand, oqsil moddalarini oshirish bilan tashqi muhitning noqulay ta’sirlarga chidamliligini oshiradi. - sintetik yoki kibernetik yo‘nalish-o‘simliklar o‘sishining umumiy qonuniyatlarini hamda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan hujayra energetikasini va kibernetikasini o‘rganadi. Masalan, oziq organlaming hosil bo‘lishi. 0 ‘simliklar fiziologiyasidagi ushbu yo‘nalashlarining barchasi o‘zaro bir-biriga bogMiq bo‘lib, bir xil miqyosli ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda o‘simliklar fiziologiyasi fani oldida turgan vazifalami umumlashtirib quyidagicha izohlash mumkin.



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin