Mavzu o’qitish vositalari va didaktik materiallarni tayyorlash. Tayanch so‘z va iboralar


O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash



Yüklə 66,91 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü66,91 Kb.
#168127
1   2   3   4   5
9-ma\'ruza

O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun manba materiali sifatida ishlatiladigan vositalar quyidagicha farqlanadi:
Ko’pincha o’quv materiallari bir paytning o’zida didaktik materiallar sifatida, ya’ni o’qitish, o’rganish uchun ishlatiladi;
O’quv materiallari amaliyot o’qituvchilari tomonidan darsni ko’rgazmali o’tkazish va bilim berish uchun qo’llaniladi;
Didaktik materiallar talabalar tomonidan o’rganish uchun qo’llaniladi va o’qituvchi tomonidan tayyorlanadi.
O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o’qituvchi tomonidan ularning tanlanishi va nazariy yoki amaliy mashg’ulotlar maqsadiga moslashtirilishi tushuniladi.
Agar tayyor vositalar yo’q bo’lsa, u holda ularni o’qituvchining o’zi tayyorlashiga to’g’ri keladi.
O’quv va didaktik materiallarni tayyorlashda o’qituvchi chegaralangan vaqt va texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda e’tiborini quyidagilarga qaratishi lozim:
- ish varaqalari, tarqatmalar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar,
- doska tasvirlari uchun eskizlar,
- yozma topshiriqlar, yozma va og’zaki testlar uchun so’rov qog’ozlari,
- baholash varaqasi, nazorat qog’ozi,
- ish rejalari, tashkiliy hujjatlar.
Nazariy darslar o’tkazish paytida amaliy ko’rsatmalar berilgan quyidagi vositalar ishlatiladi: O’quv kitoblari, tarqatma materiallar, doska tasvirlari, slaydlar va modellar.
Amaliy mashg’ulotlar yoki amaliy ish jarayonlari paytida amaliy ko’rsatmalar bilan to’ldirilgan quyidagi vositalardan foydalaniladi: texnik, ekspluatastion ko’rsatmalar, uslubiy ko’rsatmalar, modellar, jihozlar, asboblar va mahsulotlar.
O’quv-didaktik materiallarini tayyorlash uchun o’qituvchining vazifasi birinchi galda kutubxonalarda maxsus sohaga tegishli materiallar borligini tekshirishi kerak.
Agar o’quv va didaktik materiallar mavjud bo’lsa, u holda ularning fan o’quv maqsadlari va mazmunlariga mos kelish-kelmasligini tekshirishi kerak.
O’quv maqsadlariga moslashtirish paytida quyidagi masalalarga e’tibor qaratish lozim:
1.Manbalarda muayyan mutaxassislik sohasi uchun dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullar kabi mazmunlar berilganligiga;
2.Manbalar "o’zlashtirilishi shart bo’lgan bilimlar" va "o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar" darajalaridagi mazmunlar mavjudligiga;
3.Materiallar bilim berishga qaratilganmi yoki ko’nikmalar hosil qilishga mo’ljallanganmi?
Ushbu mulohazalardan keyin o’qituvchi materiallarning nazariy yoki amaliy mashg’ulotlar uchun mosligini belgilaydi.
Materiallar o’quv maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratishi lozimligi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qitish va o’rganish materiallardan didaktik foydalanishga mos holda materiallarning mazmuni va tuzilishiga ko’ra o’qituvchi va ta’lim oluvchi materiallariga bo’linadi.
O’qituvchining qo’lidagi materiallar tarkibida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:
- o’quv maqsadlar va mazmunlar haqidagi ma’lumotlar;
- tashkiliy masalalarga oid ma’lumotlar;
- amaliy mashg’ulotlar va mashqlar o’tkazilishida qanday didaktik-uslubiy tartib qo’llanilishi haqida ma’lumotlar;
- mashqlar ta’rifi;
-talabalarning nazariy va amaliy natijalarini tekshirish va baholash bo’yicha ma’lumotlar;
- test va sinovlarning savol va javoblari.
O’qituvchi uchun materiallar nafaqat sohaga tegishli ma’lumotlarni, balki tashkiliy ishlar, usul va natijalarni baholash borasidagi ma’lumotlarni ham o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun materiallar esa qoida bo’yicha faqatgina sohaga tegishli jihatlarni o’z ichiga oladi.
Didaktik materiallar faqatgina talabaga mo’ljallangan bo’lsa, o’qitish materiallaridan farq qilishi mumkin.
Masalan: topshiriqlar varaqlari, savolnomalar, yo’naltiruvchi usul savollari va muayyan tarqatma materiallar.
Talabalarga tarqatiladigan materiallar tarkibida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:
- sodda tilda yozilgan o’quv mazmunlari;
- matnlarda bo’sh qoldirilgan joylar (talabalar tomonidan to’ldirilishi uchun);
- talabaning erkin fikrlashiga imkoniyat beruvchi savollar;
- laboratoriyada ishlash uchun mo’ljallangan, ish bosqichlari ko’rsatilgan tushunarli chizmalar (eskizlar) va jadvallar;
-material, jihoz, asbob-uskunalar va yordamchi vositalar haqida ma’lumotlar.
Matn tayyorlash bo’yicha eng yangi usullardan biri bu matnlarni ranglar bilan ajratish sanaladi:
- oq qog’ozlar: mazmuniy jihatlar borasida matnlar (o’qituvchi va talabalar uchun);
- yashil qog’ozlar: talabalarga topshiriqlar;
- qizil qog’ozlar: o’qituvchining uslubiy hujjatlari va topshiriqlarning javob varaqalari.
Ranglarni kodlash hujjatlardan foydalanishni engillashtiradi va xuddi shu usuldan mazkur seminar hujjatlarini tayyorlashda ham foydalaniladi.
O’qitish jarayonidagi eng muhim vositalar doskalar, flipchartlar va kodoskop (proektor) hisoblanadi. O’qituvchi bu vositalar orqali ko’rgazmali tus beriladigan namunalar yaratishi kerak. Bo’r bilan yoziladigan doska uchun avval qog’ozda ishlangan va matnlar bilan to’ldirilgan suratlar, flipchartlar uchun esa qoida bo’yicha taqdimot namunalari bo’lishi mumkin. Proektor slaydlari to’g’ridan-to’g’ri tayyorlanishi mumkin.
Doska suratlari uchun namunalar asosan o’quv kitoblaridan olinishi yoki shaxsiy qarashlaridan kelib chiqqan holda tayyorlanishi mumkin. Bunda ko’p vaqt sarf etmasdan oddiy shakllar orqali tuzilgan grafiklar, sxemalar, diagramma va shu kabilarni doskaga chizish mumkin. Matnlar uchun namunalar tayyorlash shart emas.
Shunga o’xshash tarzda flipchart suratlarini tayyorlash mumkin. Bu usul nazariy dars yoki amaliy mashg’ulotga tayyorlanishni engillashtiradi.
Flipchart bloklarini birga olib yurish mumkinligi tufayli tasvirlar qog’ozlarga to’g’ridan-to’g’ri tushirilishi mumkin.
Proektor slaydlari qo’lda, fotonusxalar yoki kompyuter yordamida maxsus shaffof plyonkada tayyorlanadi.
Slaydlarni tayyorlash uchun:
- oddiy astetat yoki qog’ozi - shaffof sun’iy qog’oz;
- nusxa olish mumkin bo’lgan maxsus qatlamli slaydlar;
- flamaster, permanent va suvda eruvchan slaydlarni tozalash uchun spirt;
- surat chizish moslamalari (shablon, chizg’ich va boshqalar) ishlatiladi.
Yüklə 66,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin