Mavzu: O‘qitish shakllari va ularning uzviyligi Reja



Yüklə 467,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix28.10.2022
ölçüsü467,15 Kb.
#66613
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ji7OhktrQEGry7JSXT7GnZW9qDZmqC5CgJ7GjcqN



Mavzu: O‘qitish shakllari va ularning uzviyligi 
Reja 
1. Dars va unga qo‘yilgan talablar. 
2. Darsdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘quvchilar o‘quv-tadqiqot ishlarini 
tashkil etish metodikasi
3. Sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalarni kompetensiyaviy yondashuv asosida 
tashkil etish. 
Dars va unga qo‘yilgan talablar. Biologiya o‘qitish metodikasida o‘qitish 
jarayonini tashkil etishning turli shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini 
amalga oshiradigan o‘qitishning asosiy shakli bo‘lgan dars, unga bog‘liq holda 
ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda tashkil 
etiladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar kiradi. Mazkur o‘qitish shakllari 
birgalikda biologiya o‘qitish shakllari tizimini tashkil etadi.
Dars-maktab 
taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar 
tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan 
didaktik tadbirdir.
Dars bevosita о‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt 
davomida muayyan о‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining 
asosiy shakli sanaladi. O‘qitishning asosiy shakli bo‘lgan – dars, ularni bog‘lovchi 
vazifasini bajaradi va o‘qitishda yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Dars–biologiyani o‘qitishning asosiy shakli bo‘lib, uning tuzilishi, tashkil 
etilishi, unda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va 
faollashtirish masalalari biologiya o‘qitish metodikasining asosiy muammosi 
sanaladi. 
Darsda o‘quv dasturi talablari asosida ta’lim-tarbiya uzviyligini ta’minlash, 
bu jarayonda o‘qitish metodi, vositalaridan samarali foydalanish orqali 
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, DTS bilan me’yorlangan 
ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalash amalga oshiriladi. 
O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifati va o‘qitish samaradorligi darsning 
tashkil etilishi, ularda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va 
faollashtirish masalalariga bog‘liq bo‘ladi. 
Dars biologiya o‘quv dasturi bilan me’yorlangan mazmunni o‘rganish 
maqsadida yoshi, tayyorgarlik darajasi bir xil, doimiy tarkibga ega bo‘lgan 
o‘quvchilardan iborat guruh (sinf)larda belgilangan vaqt doirasida, qat’iy jadval 
asosida biologiya o‘quv xonasida tashkil etiladi. O‘rganiladigan mavzu 
mazmunidan kelib chiqqan holda, darslar tirik tabiat burchagida, o‘quv tajriba 
maydonida, biologik muzeylarda tashkil etilishi ham mumkin. 
Dars o‘qitish hamma o‘quvchilar uchun umumiy bo‘lgan o‘quv dasturi 
asosida tashkil etiladi. O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu mazmuni, ta’limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq, o‘quvchilarning bilish 
faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirishga qaratilgan pedagogik 
faoliyatni amalga oshiradi. Demak, o‘quvchilarning darsdagi faoliyati ularning 
o‘quv-bilish faoliyatini, o‘qituvchining faoliyatini tashkil etish, boshqarish va 
faollashtirishga qaratilgan pedagogik faoliyat sanaladi. Darsda o‘quvchilarning 


o‘quv-bilish faoliyati, o‘qituvchining pedagogik faoliyati bilan uyg‘un tashkil 
etilgandagina o‘qitish maqsadlariga erishish mumkin. 
Har bir dars o‘quvchilarning mavzuga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallash, kompetensiyalarni shakllantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, 
aqliy rivojlanishi, shaxs sifatida tarbiyalash, atrof-muhitga ongli munosabatni 
tarkib toptirishga xizmat qiladi va biologiyani o‘qitishdan nazarda tutilgan umumiy 
maqsad va vazifalarning bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Darsning 
muvaffaqiyatli tashkil etilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining darsga qo‘yiladigan 
talablarni bilishi, unga amal qilishiga bog‘liq. Mazkur talablar jamiyatimizning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyoti, 
ma’naviy-ma’rifiy 
qarashlari, 
ta’lim 
muassasalarining maqsadi va vazifalari, o‘qitish qonuniyatlari va prinsiplaridan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Biologiya o‘qitish metodikasida darsga qo‘yiladigan talablar uch guruh 
(metodik, tarbiyaviy va tashkiliy talablar)ga ajratiladi. 
Metodik talablar jumlasiga:
har bir darsning ta’limiy maqsadlari va uning darslar sistemasida tutgan 
o‘rnini aniq belgilash;
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o‘qitish maqsadlari, o‘quv 
dasturining talablariga mos holda o‘quv materialini optimal darajada tanlash;
darsda rivojlantiriladigan umumiy va shakllantiriladigan xususiy biologik 
tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko‘nikma va malakalar, kompetensiyalarni 
aniqlash;
darsning har bir bosqichini amalga oshirish maqsadida o‘qitishning samarali 
metodlari, vositalari, bilimlarni nazorat qilish va rag‘batlantirish metodlarini 
aniqlash va ularni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini 
faollashtirish;
darsda o‘quvchilarni yalpi o‘qitish bilan bir qatorda yakka va kichik 
guruhlarda mustaqil ishlarini tashkil etish orqali ularda tahsil olishga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirish, qiziqishini orttirish, mustaqillikni rivojlantirish kabilarni 
kiritish mumkin. 
Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar:
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy, aqliy, 
gigiyenik, jismoniy, jinsiy, iqtisodiy tarbiya berish, estetik tuyg‘u, mehnatsevarlik, 
ekologik madaniyatni tarkib toptirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
tarbiyaviy maqsadlarining aniq qo‘yilishi;
o‘quvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish ko‘nikma va 
malakalari, biologiyani o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, qiziqishini 
rivojlantirish, ularning faoliyatidagi ijodiy faollik va tashabbuskorlikni 
rag‘batlantirish;
o‘qituvchi tomonidan yuqori darajadagi pedagogik takt va muloqot 
madaniyatiga amal qilish kabilarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Darsga qo‘yiladigan tashkiliy talablar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
mavzuli reja asosida darsning ilmiy-metodik saviyada loyihalangan 
ishlanmasi mavjudligi;
darsning har bir bosqichini tashkil etishning aniq rejalashtirilganligi;


mavzuga oid tarqatma va didaktik materiallar, o‘quvchilar bilimini nazorat 
qilish va baholash uchun o‘quv topshiriqlari, differensial topshiriqlarning 
tuzilganligi;
vaqtdan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun darsning texnologik 
xaritasining mavjudligi;
o‘qitish vositalarining mavjudligi va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga 
qo‘yilishi kabilarni oladi. 
Biologiya o‘qituvchisi ushbu talablarni yaxshi bilishi, darslarga tayyorgarlik 
ko‘rish va o‘tkazishda, albatta, ularga amal qilishi lozim. Dars, ekskursiyalar, uy 
ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar birgalikda 
biologiyani o‘qitishdan ko‘zda tutilgan umumiy o‘quv maqsadlariga erishishni 
ta’minlaydi. O‘quvchilar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish, olingan 
natijalarni tahlil qilishga xizmat qiladi. 
O‘qitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari bo‘lgan dars, ekskursiya, 
uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning har biri 
biologik ta’lim oldiga qo‘yilgan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat 
qiladigan alohida o‘z ulushi mavjud.
O‘qitish jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta’lim mazmuni, 
maqsadi, vazifasiga bog‘liq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi. 
Shu sababli, o‘qituvchi tomonidan o‘qitish shakllarini tanlash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Ya’ni, ta’lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi, ta’lim-
tarbiya jarayonida tutgan o‘rni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi e’tiborga 
olinishi lozim. Biologiyani o‘qitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan 
tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar muayyan tizimni hosil qilib, ular 
o‘quvchilarda belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, ilmiy 
dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, 
bilish faoliyati usullarini egallash va o‘qitish samaradorligini orttirishga xizmat 
qiladi.
Dars o‘qitishning asosiy shakli bo‘lib, unda biologiya o‘quv dasturidan o‘rin 
olgan o‘quv materialining asosiy qismi o‘rganiladi. Darsda o‘qituvchi ta’lim 
mazmuni, o‘qitish metodi va vositalarining uyg‘unligi orqali o‘qitish maqsadlariga 
erishishni nazarda tutadi. Lekin, hamma masalalarni ham darsda o‘rganish imkoni 
bo‘lmaydi. Masalan: Uzoq muddatli kuzatish ishlarini talab etadigan tajribalarni 
o‘tkazishda darsdan tashqari ishlardan foydalaniladi. 
Uy ishlari dars bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, u darsda o‘rganilgan 
mazmunning mantiqiy davomi va o‘quvchilarning mustaqil bilim olish omili 
sanaladi. O‘qituvchining topshirig‘i va ko‘rsatmasiga binoan, o‘quvchilar uncha 
murakkab bo‘lmagan tajribalarni o‘tkazish, tabiatda kuzatishlar olib borish, 
qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish, muayyan mavzularda ma’ruza yoki referat 
tayyorlash, kolleksiyalar tayyorlash ishlarini amalga oshiradilar. O‘quvchilar o‘quv 
topshiriqlarini bajarish orqali bilish faoliyati usullarini egallashga zamin 
tayyorlanadi. Uyda bajariladigan amaliy ishlar tabiiy material bilan mustaqil 
amaliy ish bajarishni talab etuvchi har xil topshiriqlar katta ahamiyatga ega. Uy 
vazifalari morfologik va fiziologik xarakterda bo‘lishi mumkin. Morfologik 
xarakterdagi vazifalar gerbariy tayyorlash, gul qismlarini ajratish kabilar. Darsda 


tegishli materialni o‘rganilgandan so‘ng bilimni mustahkamlash uchun beriladi. 
Fiziologik mazmundagi topshiriqlarni tajriba yoki kuzatish natijalaridan tegishli 
darslardan foydalanish uchun olidindan berish ma’qul. 
Dastlabki eksperimental ishlarni ma’lum muddatda qaysi darsda foydalanish 
uchun ularni o‘quvchilarga topshirish vaqtini hisoblab chiqish zarur. Bunday uy 
vazifalari ko‘proq botanikadan bo‘lishi mumkin. Ularni bajarish uchun taxminan 
necha kun kerakligi quyida keltirilgan. 
Gerbariy quritish uchun – 7 kun 
Urug‘ning har xil sharoitda unib chiqishi – 7 kun 
Ildizning o‘sishini kuzatish – 10 kun 
Qalamcha va parxishdan o‘simlik o‘stirish uchun – 14 kun
Tajribalar natijasini o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan 
tegishli darslarga olib keladilar. Tajribalar haqida ma’lumot beradilar. O‘z 
tajribasini o‘qituvchi bajarayotgan tajriba bilan taqqoslaydilar. Zoologiya bo‘yicha 
amaliy ishlar asosan kuzatishlar bilan bog‘liqdir. Masalan: qushlarning in qurishi, 
tuxum bosib yotishi, qaldirg‘ochlarning jo‘jalariga hasharotlar olib kelishi 
kabilardir.
Odam va uning salomatligi kursidan uy vazifalari ham amaliy va tadqiqiy 
mazmunda bo‘lishi mumkin. Bularga uy sharoitlarida suyaklarni kuydirish, ularni 
kislotaga solish, hayvonlarda shartli reflekslar hosil qilish kabilarni olish mumkin.
Shunday qilib, o‘quvchilarning uy vazifalari xilma-xil bo‘lishi mumkin: 
darslik bilan ishlash;
savollarga javoblar topish;
jadvallar tuzish; 
mavzu yakunidagi topishmoqlarning javoblarini topish, krossvordlarni 
ishlash;
qo‘shimcha adabiyotlar, jurnal va badiiy adabiyotlar o‘qish;
mavzular uchun maqola va rasmlar tanlash;
tabiiy obyektlar bilan ishlash;
o‘simlik va hayvonlarni kuzatish;
tajribalar qo‘yish va h.k. 
Darsdan tashqari ishlar o‘qituvchining ko‘rsatmasi asosida o‘quvchilar 
tomonidan bajariladigan majburiy o‘qitish shakli sanaladi. Dastur talablari asosida 
o‘quvchilar darsdan tashqari ishlarni yakka tartibda yoki kichik guruhlarda 
bajarilishi lozim. 
Darsdan tashqari ishlar jumlasiga muayyan mavzularda kuzatish olib borish, 
tajribalar o‘tkazish, o‘quv jihozlari, ko‘rgazma materialini tayyorlash kiradi. 
Darsdan tashqari ishlar mohiyati va mazmuniga ko‘ra biologiya o‘quv 
xonasida, tirik tabiat burchagida, tabiatda bajarilishi mumkin. Masalan, botanikani 
o‘qitishda urug‘ning unishi uchun zarur shart-sharoitlar, urug‘ning nafas olishi, 
o‘simtaning o‘sishi va rivojlanishiga oziq moddalar miqdorining ta’siri kabi 
tajribalar mavzuni o‘rganishdan avval o‘quvchilar tomonidan o‘tkaziladi va 
natijasi darsda muhokama etiladi. Darsdan tashqari ishlarning davomiyligiga ko‘ra: 
qisqa muddatli, mavsumiy yoki yillik bo‘lishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan 
tajribalar qisqa muddatli, botanika va zoologiya o‘quv fanlaridan beriladigan yozgi 


topshiriqlar mavsumiy, o‘simliklardagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish yillik 
darsdan tashqari ishlar sirasiga kiradi. 

Yüklə 467,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin