Mavzu: Og’riqsizlantirish. Umimiy og’riqsizlantirish. Narkoz. Maxalliy anesteziya. Reja



Yüklə 19,23 Kb.
səhifə2/3
tarix12.03.2023
ölçüsü19,23 Kb.
#87444
1   2   3
Og’riqsizlantirish. Umimiy og’riqsizlantirish. Narkoz. Maxalliy anesteziya.

Narkoz turlari va bosqichlari
Bemorlarni anesteziya va jarrohlik amaliyotiga tayyorlash.Anesteziya va amaliyotdan oldingi davrda quyidagi masalalar hal qilinishi lozim: - bemorning umumiy ahvolini baholash; - anesteziya va amaliyot xavfi darajasini aniqlash; - bemorni anesteziya va jarrohlik aralashuviga tayyorlash: - premidikatsiya belgilash. Bemorning umumiy ahvolini aniqlash. Anesteziolog rejalashtirilgan anesteziya va amaliyotdan kamida 7-10 kun avval, shoshilinch (urgent) holatlarda esa bevosita aralashuvdan oldin bemorni ko'rishi shart. Qabul qilingan sxema bo'yicha bemorning anamnezi surishtiriladi. Markaziy nerv sistemasi tomonidan topilgan o'zgarishlar - psixoemotsional noturg'unlik, kechirilgan miya jarohati, insult, tutqanoq kasalligi, alkogolizm va shu singari patologiyalarga bemorni tayyorlash, premedikatsiya belgilash va anesteziologik taktika tanlashda jiddiy yo'llanma beradi. Allergologik va farmokologik anamnezni aniqlash allergik holatlarning qaytalanishi, medikamcntlarga bo'lgan yuqori sezuvchanlikdan kelib chiquvchi asoratlarni olish uchun sharoit yaratadi. Bir qator tug'ma kasalliklar - porfiriy, mikroglossiya, yurak poroklari, o'pka polikistozi va shu kabilar anesteziyaning har bir bosqichiga xos taktik usullar qo'llashni talab qiladi.Obyektiv ko'rik o'tkazilganda bemorning og'iz, burun va tomoq tuzilishi, periferiya venalarning borligi, yuz va bo'yinning anatomik xususiyatlari, ko'krak qafasining tuzilishi kabilarga katta ahamiyat berilishi kerak. Bemorning umumiy ahvolini baholashda laboratoriya va funksional tekshiruv usullari keng ma'lumot beradi. Urgent tarzdagi jarrohlik aralashuvlarini o'tkazishdan oldingi minimum laborator tekshirishlariga qon va siydikning umumiy analizi, qon tarkibidagi mochevina, glyukoza, kaliy va natriy konsentratsiyalarini o'rganish, qonning guruhi va rezus mansubligi kabilarni aniqlash kiradi. Anesteziyadan oldin ko'krak qafasi organlarini rentgenologik tekshirish va elektrokardiografiya o'tkazish shart hisoblanadi. Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvlaridan avvalgi laborator va funksional tekshirishlar keng miqyosda o'tkaziladi va ularning ko'rinishi patologik holatning mohiyatidan kelib chiqadi.Nafas olish sisteinasining faoliyatini baholash uchun oddiy ko'rish, palpatsiya, perkussiya va auskultatsiyalardan tashqari, funksional testlar (spirografik ko'rsatkichlar) bilan bir qatorda qon va alveola gazlari miqdori aniqlanadi. Qon aylanisli sistemasi faoliyatini baholashda oddiy klinik tekshirishlar (anamnez, perkussiya, auskultatsiya, EKG, rentgenografiya va h.k.) bilan birqatorda reografiya, markaziy va periferik gemodinamik ko'rsatkichlar, aylanib yurgan qon va uning komponentlari hajmlarini tckshirish zarur bo'ladi.Endokrin sistemasining funksional va patologik holati o'ziga xos anesteziologik taktika qo'llashni talab qiladi. Endokrin patologiyasi bo'lgan bemorlarda giper yoki gipoglikemiya, adrcnokortikal yetishmovchilik, giper yoki gipotireoz singari og'ir holatlar ro'y berish xavfi bor. Bu asoratlarning oldini olish uchun bemor endokrinolog qatnashuvida bafurja tekshiriladi va bo'lajak anesteziya va amaliyotga obdon tayyorlanadi.Ko'p patologik holatlar, ayniqsa o'tkir jarrohlik kasalliklari og'ir gomeostatik siljishlarni yuzaga keltiradi. Keltirilgan o'zgarishlarni aniqlash uchun markaziy vena bosimi, reografiya, gemoglobin, gematokrit. qon va uning tarkibiy hajmlari, qon va siydik elektrolitlari miqdori va osmolyarligi, kislota-asos ko'rsatkichlari va ularning gaz tarkibi kabi tekshirishlarni o'tkazish zarur bo'ladi.Kasallik, anesteziologik va jarrohlik amaliyoti omillari jigar va buyrak faoliyatlarigajiddiy ta'sirko'rsatadi. Bilirubin, bromsulfalein, vafoverdin, aldolaza, transaminaza, protrombin, oqsillar fraksiyasi va shu singari testlar jigarning funksional holati to'g'risida axborot beradi. Siydikning umumiy analizi, siydik va qon tarkibidagi mochevina va kreatinin konsentratsiyasi, Reberg tekshiruvi, radioizotop renografiya, ultratovush yordamida tekshirishlar asosida buyrak faoliyatiga baho beriladi.Jarrohlik kasalligi va hamroh patologiya, anesteziya, amaliyot va ularningoqibatlari birgalikda bemorning hayoti uchun turli darajada xavf-xatar tug'diradi. Anesteziya va amaliyot xavfi darajasini aniqlashda quyidagi omillardan foydalaniladi: 1) bemorning umumiy ahvoli; 2) bo'lajak amaliyotning rejalashtirilishi yoki shoshilinchligi; 3) bemorning yoshi; 4) amaliyotning hajmi va bajarilishi uchun sarf bo'ladigan vaqt; 5) amaliyot o'tkaziladigan organning o'rni va uning hayotiy ahamiyati; 6) jarroh va anesteziologning malakasi. Anesteziya va amaliyot jarayonida bemor hayoti uchun xavf-xatar tug'diruvchi omillar juda ham ko'p. Bularga yurak-qon tomir va o'pka kasalliklari, endokrin va nerv sistemasi patologiyasi va kabilar kiradi.

Yüklə 19,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin