Mavzu: nutq va kasb



Yüklə 121,32 Kb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü121,32 Kb.
#40057
1   2   3   4   5
NUTQ VA KASB

Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va treningi
Kasbiy-pedagogik muloqotning 5 ta bosqichi bor. Bo’lar quyidagilardir:
1. Muloqot jarayonida orientirovka(mo’ljal olish) qilish. Bu bosqichda pedagog muloqotining anglanganligi yuzaga chiqadi. SHuningdek, muloqot uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniqlash ham yuzaga chiqadi.

Taniqli psixolog SH.A.Amonashvili bolalarni maktabga kelmasidan avval ularga hat yozgan. Masalan, ―salom, qadrli.... Men sening o’qituvchingman. Mening ismim SHalva Aleksandrovich. Maktabga kirayotganing bilan tabriklayman. Umid qilamanki, sen bilan do’st bo’lib ketamiz. Seni 35 ta o’rtog‗ing bo’ladi. Seni sinfda kutaman. ‖Demak, bu erda o’quvchiga orientatsiya (mo’ljalga olish), ustanovka(ko’rsatma ) berilyapti.

O’z ustida ishlashda pedagogik muloqotning quyidagi bosqichlariga e‘tiborni qaratish lozim:

— bolada yaxshi taassurot qoldirish uchun tashqi ko’rinishingiz haqida



o’ylang;
— bugo’ngi kun talablaridan kelib chiqqan holda muloqotning bu bosqichini e‘tibordan chetda qoldirmang;

— boshqalar bilan muloqotda keskin burilishga yo’l ko’ymang;


— bugo’ngi muloqot ko’ngildagidek bo’lmasa uni tuzatishga harakat
qiling;
— darsda qaror qabul qilishda improvizatsiya( vaziyatni yaratish, real
hayotda bor narsani ko’rsatib vaziyatdan chiqish) ga harakat qiling;
— auditoriya bilan ish boshlashdan avval faqat o’zingizning pedagogik masalalaringiz haqida emas, balki bolaning holati, faoliyatga tayyorligi haqida o’ylang.

2. Pedagogik faoliyatning muhim jihati e‘tiborni o’ziga tortish bo’lib, bola bilan samarali muloqotni amalga oshirish uchun dars jarayonida bolaning diqqati barqaror bo’lishi kerak. O’ziga jalb qilishning quyidagi usullari mavjud:

— verbal muloqotda bo’lish(nutqiy);


tanaffus qilish ;
— harakatli(doskaga yozish, ko’rgazmani osish) ;
— aralash usul (yuqoridagilarni birgalikda qo’llash).
Darsda ko’pincha aralash variant usulidan foydalaniladi. Olimlarning fikricha, 40% (yuz ifodasi) va imo-ishoralar orqali ma‘ruzada axborot beriladi.

3. Ob‘ektning (kishi) kalbini zabt etish bosqichi pedagogik muloqotni tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. Mohiyati jihatidan bu bosqich kommunikatsiyani o’ziga xos izlash bosqichidir. Masalan, yangi materialni bayon etishda pedagog bolalarni muloqotga tayyorlab oladi. O’qituvchining o’quvchini tushunishi kasbiy-pedagogik muloqotning kaliti hisoblanadi.

4. Pedagogik muloqotning yana bir bosqichi bu verbal muloqot, ya‘ni o’qituvchining yangi materialni o’quvchilarga og‗zaki bayon qilib berishidir. Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot tizimida pedagogning so’zi obrazlar qo’zg‗atuvchisi bo’lib hisoblanadi.

5. Pedagog bilan tinglovchi o’rtasidagi o’zaro harakatda hayajonlanishni

o’zatishning kommunikativ vositalari muhim rol o’ynaydi. Jumladan, pedagogning nutqi jonli, ohanglarga boy, tushunarli, aniq, sodda tilda bo’lishi kerak. SHunda tinglovchilarning idroki to’liq, obrazli bo’ladi.

Yüklə 121,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin