17-rasm. Qo’sh spiralli DNK shakllari
1-chiziqli struktura; 2-aylana shakldagi DNK; 3-halqali superspiral; 4-
ixcham o’ralgan struktura.
Ayrim viruslar, mitoxondriy, xloroplastlar va boshqa ob’ektlardan ajratib
olingan tabiiy holdagi DNK aksariyat, qo’sh spiralli zanjir alohida qismlari bo’yicha
superspiral holda joylashadi.
Xromosomadagi giston xilidagi oqsillar asosli xossaga ega bo’lib, DNK dagi
kislotali guruhlar bilan ion bog’lari va qo’shimcha ta’sirlar yordamida bog’lanib,
xromatinni hosil qiladi.
Xromatin va xromasomada DNK superspirallangan holatida bo’lib, bir necha
bosqichli superspirallanishni kuzatish mumkin. Birinchi bosqichda xromatinda
DNK o’ta zich, bir-biriga o’ralgan, ixcham shaklda bo’ladi. DNK molekulasining
200 nukleotid masofasi giston oqsili bilan qoplangan matinning birligi-
nukleosomani tashkil qiladi. Dezoksiribonukleoproteid tasmasi o’z navbatida
ikkinchi tartibli spiralni hosil qiladi. Ko’rsatilgan birliklar 5, 10, 13 va 50 nm larda
qaytariladi. Xromosomadagi gistonlar spiralning ichki qismida joylashadilar.
DNKning superspiral holatidan oddiy holatga va aksincha bo’lishi topoizomeraza
fermentlari ishtirokida sodir bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: