Mavzu: muhit omillarining inson organizmiga ta’siri. Reja: ekologik omillar muhit omillarining inson organizmiga ta’siri



Yüklə 66,38 Kb.
səhifə2/8
tarix13.10.2022
ölçüsü66,38 Kb.
#65055
1   2   3   4   5   6   7   8
MUHIT OMILLARINING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI

Zamonaviy avtotrassa
Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalarga sanoat korxonalari va maishiy xo‘jalikdan chiqadigan oqova suvlar, qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi oqovalar; neftni qayta ishlash korxonalarida ishlatilgan chiqindi suvlar; transportning tashlanma suvlari; shaharlardan, hamda kimyoviy vositalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqqan suvlar; kasalxonalar va chorvachilik komplekslaridan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalar kiradi. Neft va neft mahsulotlari, sun’iy yuvish vositalari, fenollar, pestitsidlar, rangli metallar, murakkab kimyoviy vositalar suvni ifloslovchi asosiy birikmalar hisoblanadi. Oqova suvlarga tushadigan mineral, organik, bakteral va biologik ifloslovchi birikmalar ajratiladi. Mineral ifloslovchilar odatda qum, loy, turli mineral tuzlar kislota va ishqorlar yeritmasidan iborat. Organik ifloslovchilar o‘simlik va hayvonlarning qoldiqlari, inson va hayvonlarning fiziologik chiqindilaridan iborat. Bakteral va biologik ifloslovchilar asosan maishiy oqova suvlarda mavjuddir.
Sayyoramizda suvlarning ifloslanishi natijasida har yili 500 milliondan ortiq kishi turli og‘ir xastaliklarga chalinadi. Yer yuzida suvlarning radioaktiv ifloslanishi ham katta xavf tug‘dirmoqda. qirg‘iziston hududida, Maylisuvda joylashtirilgan radioaktiv chiqindilar hozirda Sirdaryo suvlarini ifloslanishiga xavf solmoqda. Shovqin suron inson organizmiga ta’siri juda kattadir. Shovqinlarning o’zoq vaqt ta’siri insonning haraktyeriga, psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori detsibelli shovqin suron xomilali ayollarga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatar, tug‘iladigan chaqaloqlarda tug‘ma kasalliklar paydo bo‘ladi. Uyquning, asabning buzilishi organizmlarning turli funksiyasini izdan chiqaradi.
Shovqinli sharoitda ishlagan ishchilarda oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi va 12 barmoqli ichakda yaraning ochilishi ko’zatiladi. Urbanlashgan shahardarda shifoxona ichki infeksiyasini tarqalish jarayonlari aholining bir biri bilan yaqindan muloqatda bo‘lishi, bir tamondan ikkinchidan urbanizatsiya jarayonlarida quvvatsizlanib qolgan kishilarning yuqumli infeksiyalar ta’siriga chidamsizligi oqibatida ular orasida yuqumli kasallikning tarqalishiga imkon tug‘iladi.
Ma’lumki, ko‘pincha shifoxonalarga quvvatsizlangan odamlar kasal bo‘lib tushadilar., ular infeksiyalarga qarshilik ko‘rsatishi pastroq. Hozirgi vaqtda yurakda, jigarda, buyrakda va orqa miya nyerv tolalari umurtqa pog‘onasining ba’zi bir joylarida qisilib qolganda qilinadigan opyeratsiyalar og‘ir o‘tadi. Shunday bemorlar yuqumli kasalliklarni engil yuqtirishi mumkin. Bunday holatda davolanayotgan kasallar qo‘shimcha shifoxona ichki infeksiyadari sababli ksali og‘irlashadi, kasalxonada davolanish vaqti cho‘zilib ketadi. Shifoxona infeksiyalaridan zararlanga bemorlar o‘limi 5 marotaba ortiq, bunday infeksiyalar bilan og‘rigan bolalar o‘rtasida o‘limi anchagina ko‘proq. Ifloslanga suv orqali tarqalib ketishi mumkin bo‘lgan baktyeriyalarga vabo vibrioni, batsillyar qorin tifi, parafitlar, gastroenetrit kasalini chaqiruvchi infeksiyalar, bolalar diariyasini, leptosiroz, tulyarimiya kasallarini tarqatuvchi mikroblar kiradi. Inson ekologiyasi" tushunchasi taxminan 100 yil oldin qo'llanila boshlandi. O'shandan beri u ilmiy ishlar, maqolalar va turli munozaralar mavzulariga mustahkam o'rnashdi. Odam va ekologiya chambarchas bog'liq. Odamlar atrof-muhit holatini turli xil hayotiy omillar bilan bog'lashadi. Inson hayotining ekologiyasi atrof-muhitning Yer sayyorasi populyatsiyasiga ta'sirini o'rganadigan to'laqonli fan.

Yüklə 66,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin