Mavzu Moddalar almashinuvi



Yüklə 12,96 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2023
ölçüsü12,96 Kb.
#89038
1   2   3   4
Mavzu Moddalar almashinuvi-fayllar.org

Assimilyatsiya (lot. assimililio – birikish, o‘zlashtirish, o‘xshatish) – (biol.da) tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan moddalar almashinuvining bir tomoni, tashqi muhitdan olinadigan moddalardan organizm uchun zarur mu-rakkab moddalar hosil bo‘lishi. A. – ti-riklikning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. A. jarayonida organizmning o‘sishi, rivojlanishi va yangilanishida energiya manbai sifatida foydalanila-digan moddalar to‘planishi ta’minla-nadi. Termodinamika nuqtai nazaridan organizmlar ochiq sistema bo‘lib, ularga tashqi muhitdan energiya kelib turadi. Tirik organizmlar uchun quyosh nuri dast-labki energiya manbai hisoblanadi. Yer yuzida uchraydigan barcha tirik organizmlar energiya manbalaridan foydalanish xususiyatlariga ko‘ra avtotrof va gete-rotrof guruhgaajratiladi. Faqat avto-troflar (yashil o‘simliklar) quyoshning energiyasidan fotosintez jarayonida or-ganik moddalar (uglevodlar, oqsillar, yog‘lar) sintez qilishi mumkin
Xemosin-tezlovchi mikroorganizmlardan tashqari barcha organizmlar (geterotroflar) tay-yor organik moddalarni A. qiladi, ya’ni ulardan energiya manbai yoki qurilish materiali sifatida foydalanadi. A. jarayonida geterotroflar organizmida oqsillar dastlab aminokislotalargacha parchalanadi, ya’ni biologik individu-allik xususiyatini yo‘qotadi, so‘ngra har bir organizmning o‘zi uchun xos bo‘lgan oqsillar sintezlanadi. Tirik organizmda uni tash-kil etuvchi qismlarning yan-gilanishi parchalanish (dissimilyatsiya) va sintezlanish (A.) tufayli to‘xtovsiz davom etadi.
Mas, katta yoshdagi odam organizmida oqsillar taxminan 2,5 yil da-vomida to‘liq almashinadi. A.ning institutensivligi va bu jarayonning dissimi-lyatsiyaga nisbati organizmlar turi hamda yoshiga bog‘liq. A. organizmlar o‘sayotgan davrda, ya’ni yosh hayvonlar organizmida, o‘simliklarning butun hayoti davomida jadal kechadi. A. anabolizm jarayoniga o‘xshash, lekin undan oziqning iste’mol qilinishi va organizmda oziq moddalarning to‘planishi, ya’ni hujayradan tashqarida boradigan jarayonlarni ham o‘z ichiga olishi bilan farq qiladi.


Yüklə 12,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin