Mavzu: Mehnatni va unga haq to’lashni hisobga olish. Reja: Kirish


Ish haqi fondi, mehnatga haq to’lash shakllari va turlari



Yüklə 51,91 Kb.
səhifə2/5
tarix09.06.2022
ölçüsü51,91 Kb.
#61059
1   2   3   4   5
Mehnat va unga haq to\'lash hisobi — копия

2.1. Ish haqi fondi, mehnatga haq to’lash shakllari va turlari
Ish haqi sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektsidagi xodimlar daromadlarining eng muhim
manbaidir. Lekin ish haqidan tashqari jamiyat a’zolarining daromadlari jamiyat iste’mol
fondlari, davlatning sug’urtasi, nafaqa ta’minoti, maorif va sogliqni saqlash, bolalar
muassasalarini saklash, sanatoriylar, kurortlarga va shu kabilarga qilinadigan xarajatlari
bilan ham belgilanadi.
Ish haqi ikki turga bo’linadi: asosiy ish haqi va qo’shimcha ish haqi.
Asosiy ish haqi deb ishchi va xizmatchilarga ishlangan ish vaqti yoki bajarilgan
ishlariga va mehnatkashlarning aybisiz ish to’xtab qolgan vaqtga to’lanadigan ish haqiga
aytiladi. Asosiy ish haqiga tarif bo’yicha haq to’lash, ishbay ishlarning narxi bo’yicha haq
to’lash, lavozimlar, oylik maoshi va ularning ustiga mukofot tarzida to’lanadigan
qo’shimcha haq ish vaqtidan tashqari ishlar uchun to’lanadigan qo’shimcha haq,
brigadirlarga to’lanadigan qo’shimcha haq, ishning normal sharoitidan chetga chiqish
paytlaridla bajarilgan ishlar uchun qo’shimcha haq to’lash kiradi.
Qo’shimcha ish haki deb ishchi va xizmatchilarga ishlamagan vaqt uchun beriladigan
to’lovlarga aytiladi. qo’shimcha ish haqi mehnat to’g’risidagi krnunchilikda ko’zda to’tilgan unumdorligini oshirish imkonini beradi, chunki u har bir ishchining shaxsiy va ijtimoiy
manfaatini hisobga olishni ta’min qiladi.
Ish hakining bu shaklida bajarilgan ish ishbay usulida to’lanadi. Ishbay ishlarning
narxini topish uchun ishbay ishlovchi ishchilarning bir soatlik tarif stavkasini bir soatdagi
ishlab chiqarish me’yoriga bo’lish kerak.
Vaqt birligida ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan mahsulot miqdoriga mahsulot ishlab
chiqarish me’yori deyiladi.
Ishbay ish haqi asosan quyidagilardan iborat: to’g’ri ishbay ilgor ishbay, akkord va
ishbay mukofot tizimidan iborat.
To’g’ri ishbay tizimida ish haki ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga karab
yagona ishbay ish haqi narxlarida to’lanadi va ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilish
darajasi hisobga olinmaydi. Bunda ishchiga bajargan ishlariga beriladigan ish haqini
hisoblash uchun uning ishlab chiqarilgan mahsuloti miqdori mahsulot birligiga belgilangan
ishbay ish haqi narxiga ko’paytiriladi.
Ilg’or ishbay tizimida ishlab chiqarilgan mahsulotning belgilangan me’yordan ortiq
qismiga yuqrri narxlar to’lanadi. Masalan, ilg’or ishbay tizimida ishlayotgan ishchi me’yor
bo’yicha bir oyda 1000 dona mahsulot ishlab chiqarishi kerak edi. Hakiqatda, u 1200 dona
mahsulot ishlab chiqargan yoki me’yorni20% ortig’i bilan bajargan.
Me’yordan 10% ortiq bajarilgan mahsulot uchun, masalan, asosiy ishbay ish haki
narxidan 20% ortiq to’lash — 20% ortiq bajarilganligi uchun 30% oshiqcha to’lash
mo’ljallangan.
Ilg’or ishbay tizimi sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining asosan og’ir va
mas’uliyatli uchastkalaridagina qo’llaniladi.
Akkord tizimida ishbay ish haki ishlab chiqarishning oxirgi natijasigina qarab
hisoblanadi. Bunda ishbay ishning narxi har bir alohida operatsiyaga belgilanmay, balki
hamma ish hajmiga ko’ra belgilanadi.
Akkord tizimida ishlayotgan jamoa a’zolariga beriladigan ish haqining umumiy
summasi oxirgi operatsiyadan keyin texnika nazorati bo’limiga "topshirilgan mahsulot
miqdoriga qarab belgilanadi. Buning uchun brigadaning har bir a’zosi tomonidan
bajariladigan operatsiyalarning ishbay ish narxlarining yig’indisidan tashkil topgan
mahsulot birligiga tegishli ishbay ishning narxi aniqlanib, ushbu ishlab chiqarilgan
mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi. Bu tizimining xususiyatlaridan biri
shundan iboratki, brigadaning har bir a’zosi o’zining bajargan ishlarini yozib yuradi va
bajargan operatsiyasi uchun ishbay ishlarning narxi unga oldindan ma’lum bo’ladi. Shuning
uchun brigada a’zolari o’zlariga tegadigan ish haqini bilib yuradilar.
Hozirgi paytda bizning sanoatimizda eng keng tarqalgan ish haqi tizimi ishbay mukofot
tizimidir. Bu tizimida ish hakining ishbay tizimi ma’lum ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining
yaxshilanganligi uchun ishchilarni mukofotlash bilan birga qo’shib olib boriladi. Bunday
mukofotlar masalan, texnikaviy asoslangan ishlab chiqarish me’yorlarining ortigi bilan
bajarilganligi, mahsulot sifatining yaxshilanganligi va shu kabilar uchun beriladi.
Vaqtbay ish haqi shaklining mohiyati shundan iboratki, unda ish haqi ishlab
chiqarilgan mahsulotning miqdori va sifatidan qat’i nazar,xodimlarning malakasiga,
ishlagan vaqtiga qarab haq to’lanadi. Ish haqining vaqtbay shakli rejalashtirish va hisobga
olish juda qiyin bo’lgan yoki ish vaqtining xarajatlanishi ishlab chiqarish texnikasi
tomonidan yuqori darajada reglamentga solinadigan ishlar va uchastkalarda hamda
ishchilarni ishbay shakliga o’tkazish maqsadga muvofiq bo’lmagan joylarda qo’llaniladi.
Bunday ishchilarga, masalan, texnika nazorati bo’limining ishchilari, mahsulot
saralovchilar, ba’zi bir sozlash, tuzatish ishlarini bajaradigan va shu kabilar kiradi.
Vaqtbay ish haqi ikki xil bo’ladi: oddiy vaqtbay ish haqi va vaqtbay mukofot ish haqi.
Oddiy vaqtbay ish haqi turida ish haqining miqdori ishlangan vaqt, soatli tarif bo’yicha
ishhaqi yoki belgilangan lavzimli maoshga bog’liq bo’ladi. Bunday ish haqining summasi
ishlangan soatlarning sonini bir soatli tarif bo’yicha ish haqiga yoki ishlangan kunlarning
sonini ma’lum lavozim uchun belgilangan maoshning bir kunlik summasiga ko’paytirish
yo’li bilan topiladi.
Ish haqining vaqtbay-mukofot shaklida ishlangan vaqt uchun to’langan ish haqidan
tashqari yana vaqtbay ish haqiga nisbatan mutloq summada yoki foiz bilan belgilangan
mukofot ham to’lanadi. Bunday mukofotlar ishlab chiqarishning miqdor va sifat
ko’rsatkichlari uchun to’lanadi. Ishchilarga to’lanadigan mukofotning bu turi ish haqi
fondining bir qismini tashkil etadi. Chunki ular mukofotlashning doimiy amaldagi qoidasiga
ko’ra to’lanib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moddiy rag’batlantirish fondining mahsulot
tannarxiga kiritiladigan qismi hisobidan tashkil topadi.
Muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmatchi xodimlarga bir oylik
lavozimli maosh belgilanadi. Bunday maoshni belgilashda mazkur lavozimdagi ishning
murakkabligi, hajmi, uning uchun javobgarlik va boshqa shart-sharoitlar hisobga olinadi.
Mehnatga haq to’lash xarajatlarini hisobga olish bo’yicha amaldagi "Xarajatlar tarkibi
to’g’risida"gi Nizomning 1.2 va 1.2.1 moddalarida ushbu xarajat turlarini qaysi birini
tannarxga olib borish yoki davr xarajati sifatida qaysi xarajatlar olib borish tartibi ko’rsatib
berilgan.
1.2. Ishlab chiqarishga aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari. Ishlab chiqarishga
aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari tarkibiga kundagi moddalar kiritiladi.
1.2.1. Amaldagi bajarilgan ish uchun yozilgan ishlab chiqarishga aloqador ish haqi, bu
xo’jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga haq to’lashning shakllari va
tizimlariga muvofiq ishbay narxlaridan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
1.2.2. Ishlar vaxta usulila tashkil etilganda, ish vaqti jamlama usulida hisobga olib
borilganda va qonunlarda nazarda to’tilgan boshqa hollarda belgilangan ish vaqtidan ortiq
ishlaganligi munosabati bilan ishchi, xizmatchilarga beriladigan dam olish kunlari uchun
to’lanadigan haq.
1.2.3. Mehnat haqini o’rniga maxsulot berish.
1.2.4. Tushum nizomlari bo’yicha rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan ishlab
chiqarishdagi natijalar uchun mukofotlar, kasb maxorati uchun tarif stavkalari va
maoshlariga ustamalar, amaldagi qonunlarga binoan ishlab chiqarishdagi xodimlarga belgili
muddat xizmat qilganm uchun bir marotaba beriladigan mukofotlar.
1.2.5. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogliq bo’lgan qoplov tarzidagi to’lovlar,
xususan kunda ishlaganlik, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik, dam olish va bayram kunlari
ishlamaganlik, ko’p smenali tartibda ishlaganlik, bir yo’la ogir, zararli mehyaat sharoitida
ishlaganlik uchun ustamalar, holda tarif va maoshlarga qo’shimcha haqlar.
1.2.6. Amaldagi qonunlarga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha mehnat ta’tillariga,
o’smirlarning imtiyozli soatlariga, onalarning bolasini boqish uchun ishida bo’ladigan
tanaffuslariga, tibbiy ko’riklardan o’tish, davlat oldidagi burchlarini ado etish bilan bog’liq
bo’lgan vaqtga to’lanadigan haqlar.
1.2.7. Ishchi va xizmatchilarga qisman ishhaqi to’lanadigan zaruriy mehnat ta’tillari va
boshqalar.


Yüklə 51,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin