Mavzu: mashg'ulotda tarbiyachining yetakchi roli


Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə3/10
tarix13.04.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#97132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ABDURAHMONOVA RAHBAROY 101-GURUH KURS ISHI

Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish
O'qitish - maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni elementar bilimlar sistemasi bilan tanishtirishda, «Uch ming yillikning bolasi dasturi»da nazarda tutilgan ko'nikma va malakalarni shakllantirishda yetakchi rolni o'ynaydi. O'qitish jarayonida bolalarga yangi bilimlarni muntazam berib borish, ular jamg'argan tasavvurlarni aniqlash va sistemalashtirish, bolalaming bilish jarayonlari hamda tafakkur faolliklarini rivojlantirish amalga oshiriladi.
O'qitish - ikki tomonlama jarayon: mashg'ulotlar kuzatilar ekan, tarbiyachining ta'lim berish faoliyatini, uning bolalarga ta'sir etish imkoniyatlarini hamda bolalaming javob berish reaksiyalarini, o'quv harakatlari sifatini ham baholash muhimdir.
Ta'lim jarayoni bolalaming jismoniy, ma'naviy, mehnat va estetik rivojlanishlariga har tomonlama ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ta'lim jarayonini kuzatishning muhim vazifasi uning bolalarga tarbiyaviy, umumta'lim ta'sirini (kuzatuvchanlik, zehnlilik, aqliy, nutqiy va harakat faolligi, mustaqillik, ijodiy tashabbusning rivojlanishini) aniqlashdir.
Pedagog har bir mashg'ulotda ta'lim va tarbiyaning o'zaro bog'liq vazifalarini amalga oshirishni esda saqlashi muhimdir. Masalan, bolalarga rasm solish usullarini tushuntirar ekan, u bolalarga predmetni izchil tahlil qilishni, ko'rganlarini tasvirlashni, harakat usullari haqida gapirishni, bo'yoqdan tartibli foydalanishni, o'rtog'iga xalaqit bermaslikni oxirida hamma narsani o'z joy-joyiga olib qo'yishni o'rgatadi. Shuning uchun tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalaming tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari qandayligini, ular o'z fikrlarini erkin bayon qila olishlarini, ularning lug'at boyliklari qandayligini aniqlash mumkin. Bolalardagi ma'naviy tasavvur darajasini bajarilgan ishlarni baholashi va shu kabilardagi fikrlari hamda luqmalaridan bilib olish mumkin. Demak, ko'rilgan har bir mashg'ulotlarda dasturning barcha bo'limlari bo'yicha bolalar bilan olib borilgan ishning darajasi xuddi ko'zgudagidek aks etadi. Tarbiyachi o'tkazadigan mashg'ulotlarning muvaffaqiyati uch shartga: dasturni yaxshi bilishga, ta'lim metodikasini egallaganlikka, o'z guruhidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari hamda imkoniyatlarini bilishga bog'liq bo'ladi.
Tarbiyachini nazorat qilish va unga yordam ko'rsatish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi barcha yosh guruhlarining dasturini hamda ta'lim metodikasini bilishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixo-fiziologik xususiyatlarini tushunishi, yangi ilmiy tadqiqotlar va ilg'or pedagogik tajribadan xabardor bo'lishi kerak.

Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin