Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni steamga jalb qilish usullari



Yüklə 0,56 Mb.
tarix27.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#149458
To\'ychiyeva Mohinur SLAYD.docx


GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA TALIM YOʻNALISHI 18-22GURUH TALABASI TO’YCHIYEVA MOXINURNING STEAM TAʼLIM TEXNOLOGIYASI FANIDAN tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarni steamga jalb qilish usullari
Reja:
1.Xorijiy davlatlarda Steam taʼlim texnologiyasining tarixi
2.AQSH GERMANIYA ROSSIYAda maktabgacha taʼlimtizimida STEAM taʼlim tizimidan foydalanish
3.Maktabgacha taʼlim natijadorligini oshirishda STEAM texnologiyasi qoʻllashda ahamiyati
Ta’lim-tarbiya taraqqiyotida jahon andozasi asosida faoliyat olib borish, texnika, texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan davrda ular bilan bevosita va bilvosita munosabat о’rnatish zaruriy talabga aylandi. Hozirgi kunda jahonda maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi, ularning kommunikativ kоmpetensiyalarini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya, Angliya, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan davlatlar tajribasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda bog’lanishli og’zaki nutqni va ulardagi ilk kommunikativ kоmpetensiyalarini rivojlantirishga jiddiy yondoshadilar. Rossiyada pedagog olimlar tomonidan bolalarning og’zaki nutqini rivojlantirish, kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladigan, Janubiy Koreya va Yaponiyada esa ilk yoshdan bolalarni jamiyatdagi ijtimoiy-kommunikativ xulq-odobga о’rgatish bо’yicha zamonaviy innovatsion usullar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan,
Shuningdek, «STEAM – ta‘lim» (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san‘at, Mathematics – matematika) yondashuvi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda1 . STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi – AQSH dagi Massachusets Texnologiya Instituti (MIT). Ushbu dunyo universitetining shiori ―Mens et Manus‖ (Aql va qo‘l). Massachusets Texnologiya Instituti bolalarga STEAM tushunchasini oldindan o‘rganish va tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini ishlab chiqdi
Amerika Qo'shma Shtatlardagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga juda yosh bolalar uchun bolalar bog'chalari va bolalarni kelajakda o'qishga tayyorlaydigan maxsus markazlar kiradi. Ushbu muassasalar davlat yoki xususiy shaxslarga tegishli. Xususiy korxonalar faoliyati ma'murlar tomonidan nazorat qilinadi va o'qitish va moliyaviy yordam ko'rsatishda ilg'or uslublarni joriy qilishni rag'batlantiradi. Maktabgacha ta'lim tizimini bunday tashkil etishning shubhasiz ustunligi turli xil pedagogik yangiliklarga nisbatan harakatchanlikdir.
Bu keyingi maktab bosqichining umumiy darajasini oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki har bir bola juda erta yoshdan boshlab o'quv jarayoniga qo'shilish, o'z qobiliyatlarini namoyish etish va rivojlantirish imkoniyatiga ega. Besh yoshga etgach, o'quvchilar shartli ravishda boshlang'ich maktabning nol sinflari deb hisoblanishi mumkin bo'lgan bolalar bog'chasining katta guruhlariga o'tadilar. Ushbu bosqichda mashg'ulotlarning o'yin usulidan an'anaviy shaklga o'tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda
AQShda yuqori pedagogik institutlarda ochiladigan va bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladigan maktabgacha laboratoriyalar mavjud. Bunday eksperimental bo'limlar juda yaxshi jihozlangan va bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni yaratmoqda. Ular 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta‘lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta‘limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi.
Bog‘chalarni mablag‘ bilan ta‘minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog‘chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblanib, bu soha har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ushbu tizimda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi Davlatimiz rahbarining doimiy e'tiborida bo'layotganligini guvohi bo'lmoqdamiz.
Jumladan, ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta'lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo'yildi.
Ayniqsa, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo'shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2022-yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo'lgan yo'nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.
Maktabgacha ta'lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta'lim pedagoglariga qo'yiladigan talablarning qayta ko'rib chiqilishi tom ma'noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Etiboringiz uchun rahmat
Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin