Mavzu. Magistrlik dissertatsiyasini tuzilishi va rasmiylashtirish qoidalari



Yüklə 0,54 Mb.
tarix16.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#75615
Inadullayeva Sevara9 (2)


MAVZU. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TUZILISHI VA RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI.
Reja:
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi.
Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan talablar
Kirish quyidagilarni qisqacha o`z ichiga olishi lozim: magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; tadqiqot ob`ekti va predmeti; tadqiqot maqsadi va vazifalari;
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib, boblar xajm jiqatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim: tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili; tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni; tadqiqot olib borilgan masalani qal etishda magistratura talabasining shaxsiy qissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.
Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo`yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo`lgan qo`shimchа ma`lumotlarni o`z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining qajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy qajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.
Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma`lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolq`on tsitatalar keltirishga yo`l qo`ymaslik) lozim.
Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo`lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo`lishi lozim: qatorlar oraliq`i - 1,5 sm; yuqori va pastki xoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o`ng tomondan 2 sm; xatboshilar orasidagi oraliq - 5 yoki 6 belgili.
Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tashqari 70 - 80 sahifa bo`lishi tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o`qigan tilda (kafedra yoki magistratura bo`limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. Chet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasigа davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan o`tkaziladi.
Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakul'tet o`quv-metodik kengashining qarori bilan o`zgartirilishi vа ko`paytirilishi mumkin.
Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin