Mavzu: Kõp atomli spirtlar, fenol asosida sintez qilinadigan smolalar reja



Yüklə 167,97 Kb.
səhifə2/8
tarix11.03.2022
ölçüsü167,97 Kb.
#53600
1   2   3   4   5   6   7   8
Dehkanov Orifjon

I BOB. ASOSIY QISM

1.1. Ko‘p atomli spirtlarning izomeriyasi va nomenklaturasi.

Molekulasida ikki va undan ortiq gidroksil guruhlari bo‘lgan birikmalar ko‘p atomli spirtlar deyiladi. Ko‘p atomli spirtlarning molekulasidagi gidroksil guruhlar turli uglerod atomiga bog‘langan bo‘ladi. Agar bir uglerod atomiga bir necha gidroksil guruh birikkan bo‘lsa, ular barqaror emas, u holda undan suv molekulasi ajralib chiqishi natijasida aldegid, keton va kislotalar hosil bo‘ladi.

Ikki atomli spirtlar (glikollar yoki diollar). Bular har bir uglerod atomiga bittadan gidroksil guruh saqlagan birikmalardir.

Sistematik nomenklaturaga ko‘ra ularga “diol” so‘zi qo‘shib va shu gidroksil guruh qaysi uglerod atomiga turganligini ko‘rsatib aytiladi.

Butandiolning oltita izomeri bor:
1. CH2-CH-CH2-CH3 butilenglikol 1,2 –(α izomer)

| |

OH OH

2. H2C-CH2-CH-CH3 butandiol -1,3 ( β-izomer)

| |

OH OH


3. CH2- CH2-CH2-CH2 butandiol -1,4(γ-izomer)

| |


OH OH
4. CH3-CH-CH-CH3 butandiol-2,3 (α-izomer)

| |


OH OH

5. CH2- CH( CH3)- CH3 2-metilpropandiol-1,2(α-izomer)

| |

OH OH
6. CH2-CH(CH3)-CH3 2-metilpropandiol-1,3 ( β- izomer)



| |

OH OH
Glikollar gidroksil guruhlarining joylashishiga qarab α, β,γ holatlarda bo‘ladi.

Glikollarning ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo‘lishi mumkin. Bunda

ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo‘lishi mumkin, ikkita gidroksil guruh qo‘shni uglerod atomida joylashgan bo‘ladi.

Ular pinakollar deb ataladi. Ayrim hollarda ikki atomli spirtlarni dioksi birikmalar deb ham atashadi. Masalan; dioksietan

CH2- CH- CH3 1,2-dioksipropan

| |

OH OH


Uch atomli spirtlar (gliserinlar yoki triollar). Uch atomli spirtlarda uchta uglerod atomiga uchta gidroksil guruhi birikkan bo‘ladi, ularning umumiy formulasi: CnH2n-1(OH)3

Ular Jeneva nomenklaturasiga ko‘ra triollar deb ataladi, ularning birinchi vakili gliserin yoki propantriol deyiladi.

1,2,3-propantriol

CH2-CH-CH2

| | |

OH OH OH
Buni birinchi marta Sheele (1879) yog‘ni qo‘rg‘oshin oksidi bilan qizdirib olgan. Uch atomli spirtlarda ham izomeriya xuddi ikki atomli spirtlardagi singari, ya’ni uglevodorod zanjirining tuzilishiga va gidroksil guruhlarining joylashishiga bog‘liq. Glikollarning ikkilamchi va uchlamchi birikmalari ham bo‘lishi mumkin. Bunda ikkita gidroksil guruh qo‘shni uglerod atomida joylashgan bo‘ladi.





Yüklə 167,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin