Mavzu: Ko’z – optik sistema Reja: Ko’z optik sistemasi va uning tuzilishi


Ko’z optik sistemasida yuzaga keluvchi nuqsonlar va ko’rish maydoni



Yüklə 8,62 Kb.
səhifə2/3
tarix20.06.2023
ölçüsü8,62 Kb.
#133196
1   2   3
Mavzu Ko’z – optik sistema Reja Ko’z optik sistemasi va uning -fayllar.org

Ko’z optik sistemasida yuzaga keluvchi nuqsonlar va ko’rish maydoni
Alohida ( kiprik) muskuli ta’sirida xrustalcha sirtlarining egriligi va , binobarin , uning fokus masofasi ham o’zgarishi mumkin. Ko’zdan turli masofada bo’lgan predmetlarning ko’z to’ridagi tasvirining aniq bo’lishi ana shunday ta’minlanadi. Ko’z xrustalchasining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo’lgan masofaga moslash qobilyati akkomodatsiya deyiladi.
Ko’z akkomodatsiyalanadigan masofalar chegaralari uzoq nuqta va yaqin nuqta deb ataladi. Normal ko’z zo’riqmay ko’radigan uzoq nuqta cheksizlikda yotadi. Yaqin nuqta esa yoshga qarab xar xil masofada yotadi. Masalan yigirma yoshda 10 sm masofadan tortib qirq yoshda 22 sm ga boradi.
Qariganda akkomodatsiya chegaralari yanada torayadi ( qarilikdagi uzoqdan ko’rarlik ). Ko’pincha yoshlik chog’idayoq akkomodatsiya chegaralari normal bo’lmagan kishilarbo’ladi: yaqindan ko’rar ko’z, bu ko’z uchun uzoqdagi nuqta chekli masofada yotadi, ba’zan bu masofa uncha katta bo’lmaydi; uzoqdan ko’rar ko’z bu ko’z uchun yaqindagi nuqtagacha bo’lgan masofa ortib ketgan bo’ladi. Bu nuqsonlar sochuvchi yoki yig’uvchi qo’shimcha linzalar ( ko’zoynak taqish ) vositasida tuzatilishi mumkin.
2-rasm.
Yuqoridagi shtrixlab qo’yilgan joylar ko’z o’z akkomodatsiyasi chegaralarida aniq ko’ra oladigan sohalar, ya’ni yaqindagi Ap nuqta bilan uzoqdagi Ar nuqta orasidagi sohalar qanday joylashganini ko’rsatadi. Normal ko’z Ap = 10-22 sm dan cheksizlikkacha bo’lgan sohada akkomodatsiyalana oladi. Yaqindan ko’rar ko’zning akkomodatsiyalanish sohasi yaqinlashgan va uzoqni ko’rish chegarasi cheklangan.
Uzoqdan ko’rar ko’zning akkomodatsiyalanish sohasi boshi surilgan bo’lib, uzoqdagi nuqtasi manfiy masofada yotadi. Bu esa uzoqdan ko’rar ko’z mavhum nuqtalarni ko’ra olishini, ya’ni parallel dastalarnigina emas, balki yig’iladigan dastalarni ham to’r pardaga tushira olishini bildiradi.
Shunday qilib yaqindan ko’rar ko’zning optik kuchi normal ko’znikidan ortiq, uzoqdan ko’rar ko’zning optik kuchi esa normal ko’znikidan kichik.
Sog’lom ko’zni umuman aylanish sirtlarining markazlashtirilgan sistemasi deb hisoblash mumkin.
Anig’ini aytganda, bu uncha kamol topgan sistema emas, chunki ko’zda sferik abertasiya ham, og’ma dastalarning astigmatizmi ham n anchagina xromatik aberatsiya ham bor. Biroq ko’zning o’ziga xos bir qator xususiyatlari tufayli bu nuqsonlarning hammasi kam seziladi.
3-rasm.
O – ko’zning optik markazi
h - ko’z chuqurligi
AB – buyum
ab – buyumning qurollanmagan ko’zdagi tasviri
φ – qurollanmagan ko’zning qarash burchagi
a᾽b᾽ - buyumning Σ optik sistema bilan qurollangan ko’zdagi tasviri
φ᾽ - qurollangan ko’zning qarash burchagi
Chunki tasvirning diametri ab=φh ga teng bo’lib, o’rtacha ko’z uchun 15 mm ga teng.
Buyumning mayda tafsilotlarigacha ajrata olish uchun zarur bo’lgan minimal qarash burchagi fiziologik limit burchak deb ataladi va ko’zoynak taqmagan ko’z uchun taxminan bir minutga teng. Biroq buyumning tafsilotini ko’zoynak taqmasdan ajrata olish burchagi bunday qiymatga ega bo’lishi uchun kuzatilayotgan buyum yaxshi yoritilgan bo’lishi lozim.
Odatda ko’zning ajrata olish qobilyati 4-rasmda ko’rsatilgan shakldagi test-obyekt ( Landort togaragi ) yordamida sinaladi.

Yüklə 8,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin