Mavzu: Korxonada mexnat unumdorligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik mezoni


Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik mezoni



Yüklə 87,35 Kb.
səhifə9/11
tarix28.11.2023
ölçüsü87,35 Kb.
#168175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Korxonada mexnat unumdorligi ishlab chiqarishning iqtisod-fayllar.org

6. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik mezoni.
Har qanday jamiyatda xam ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi. Shu sababli xam, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalalardan biri xisoblanadi. Xozirgi paytda ko'pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. Shuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanish, mexnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor soxalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga etarli darajada e'tibor berish talab kilinadi.
“Samaradorlik” so'zi natija degan ma'noni beradi. Korxonalar iqtisodiyotiga bagishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning fakatgina iktisodiy samaradorligi xakida so'z ketadi. Xolbuki, mamlakatda ro'y berayotgan ijtimoiy o'zgarishlar kishilarning eъtiborini jalb kilmokda va ijtimoiy-iktisodiy jarayonlarni o'rganishni va ularga baxo berishni zaruriyat kilmokda. Bugungi kunda ishlab chikarishning xam iktisodiy xam ijtimoiy samaradorligini o'rganish o'ta muximdir. Ular o'zaro uzviy boglik va bir-birini takozo etadigan kategoriyalardir.
Samaradorlikning umumiy xolati, jumladan, ijtimoiy-iktisodiy samaradorlikni aniklash muxim axamiyatga ega. Ijtimoiy-iktisodiy samaradorlik - chegaralangan resurslardan okilona foydalangan xolda erishilgan, axolining ijtimoiy iktisodiy isteъmol darajasini yuksaltirishdir.Ijtimoiy-iktisodiy extiyojlarning kondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o'sishi, madaniy va maъnaviy jixatdan rivojlanishida ko'rinadi. Inson farovonligi xamda kamoloti nakadar yuksalsa, shu kadar yukori ijtimoiy-iktisodiy samaradorlikga erishgan bo'ladi.
Ishlab chikarishning ijtimoiy-iktisodiy samaradorligi uning pirovard maksad natijasida o'z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iktisodiy samaradorlik tarkibida iktisodiy samaradorlik aloxida e’tiborga ega.
Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar xajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir. Ishlab chiqarish jarayonida omillar (er, kapital, mexnat, tadbirkorlik) xarajat kilinadi va uning natijasida maъlum mikdordagi neъmatlar yaratiladi. Xarajat bilan natijani takkoslash orkali iktisodiy samaradorlik ifodalanadi.
Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orkali xam ifodalanadi. Korxonaning ijtimoiy samaradorligi mezoni isteъmolchilarni extiyojlarini qondirilish darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko'rsatkichlari axolining daromadlar mikdori, ish bilan bandligi, salomatligini saklash, mexnat malakasini yuksaltirish, madaniy va maъnaviy extiyojlarini kondirish, bo'sh vaktlari kabilarni aniklash bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi - murakkab kategoriyadir. Unda ishlab chikarish natijalariga xamda, xarajatlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar mujassamlangandir. Unda ishlab chikarish natijalarining o'sishi, maxsulot sifatining yaxshilanishi xamda maxsulot assortimenti tuzilishining ijtimoiy extiyojlar tuzilishiga to'gri kelishida o'zining aksini topadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o'sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
* Maxsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;
* Jonli mexnat unumdorligining o'sishi;
* Material sarfining kamayishi;
* Fond samarasining oshishi.
Yuqoridagilardan shuni anglash lozimki, ishlab chikarish samardorligini o'lchash uchun ko'rsatkichlar tizimi zarur.
Bu ko'rsatkichlardan eng muximi ijtimoiy mexnat unumdorligidir. U vaktni tejash konunining amal kilishini ifodalaydi. Bu ko'rsatkichni kuyidagi usulda aniklash mumkin:
MD
I.M.U.= ————

J.M.
Bunda: IMU - ijtimoiy mexnat unumdorligi;

MD - milliy daromad;
JM - moddiy ishlab chiqarish soxasida band bo'lgan
ishchilarning o'rtacha soni.
Milliy daromad iktisodiyotning eng muxim ko'rsatkichi, samaradorlik mezoni, jamiyat boyligini to'larok tavsiflovchi iktisodiy vositadir. U mamlakat xalkining farovonligi va barkaror rivojlanishining moddiy manbaidir. Shuning uchun xam uni oshirishning barcha vositalari va yo'llari ishga solinadi.
Milliy daromad - bu moddiy ishlab chikarish tarmoklarida yaratilgan kiymatdir. U yalpi ijtimoiy maxsulotning bir kismidir. Anikrok aytganda, u yalpi ijtimoiy maxsulot kiymatidan ishlab chikarish jarayonida sarflangan xom-ashyo, yonilgi, energiya va boshka ishlab chikarish vositalari kiymatini chikarishdan keyin kolgan kiymatdir. O'z navbatida, moddiy ishlab chikarishning aloxida-aloxida tarmoklarida yalpi maxsulot kiymatidan moddiy ishlab chikarish xarajatlarini ayirib tashlash yo'li bilan sof maxsulot aniklanadi.Milliy daromad moddiy ishlab chikarishning sof maxsuloti xisoblanadi. U baxolarning o'zgarib turishidan tozalangan, o'zgarmas baxolarda xisoblangan takdirdagina iktisodiyotning xakikiy ko'zgusi bo'la oladi.Milliy daromadning o'sishi asosan ikkita omilga - ishlab chikarishda band bo'lgan kishilarning soniga va ular mexnat unumdorligining oshishiga boglik. Bu ikki omil jamiyat tarakkiyotining turli davrlarida turlicha axamiyatga ega. Fan-texnikaning shiddatli tarakkiyoti ro'y berayotgan xozirgi sharoitda ikkinchi omilning roli oshmokda.Moddiy ishlab chikarishning ayrim tarmoglarida unumdorlik yalpi maxsulot nisbati orkali aniklanadi. Ijtimoiy mexnat unumdorligining o'sish tempasini aniklash uchun ko'rsatkichlarni takkoslash, xamda takkoslama narxlarda ko'rish zarur ekanligini xisobga olish shart.
Xulosa.
Xulosa qilib shunu aytish mumkinki, Mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya`ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a`zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o`sishiga bog`liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatta ijtimoiy – siyosiy tuzumning o`zini ham belgilab beradi.

Mehnat unumdorligi va intensivligi mahsulot qiymati o`lchami turlicha ta`sir ko`rsatadi. Mehnat unumdorligi ortishi ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshiradi va shunga muvofiq bitta mahsulotning qiymatini pasaytiradi, lekin ularning umumiy yangi yaratilgan qiymatini o`zgartirmaydi, mehnat intensivligini ortishi esa ishlab chiqariladigan mahsulotlar va umumiy umumiy yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lekin mahsulot birlgining qiymatini o`zgartirmaydi.


Mehnat unumdorligi- korxona faoliyati samaradorligini umumlashtirivchi ko`rsatkichdir. Mehnat unumdorligini tahlil qilishning asosiy maqsadi- uning o`sish imkoniyatlarini, ya`ni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Mehnat unumdorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo`lib keladi. Ayniqsa hozirgi payitda bu masala yanada keskin qo`yilmoqda. Buning sababi shundagi, mehnat unumdorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo`lmaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarda unumdorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikirlar muvjud. Ayrim olimlar mehnat unumdorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to`rtinchilari esa qo`shimcha mahsulot deb ko`rsatadilar.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu­vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
Harakatlar strategiyasida olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, hojatxona va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyohlarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Yüklə 87,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin