Konik sirtlar
To'g'ri doiraviy konus. Fazoda qandaydir S nuqta va biror l
chiziq berilgan bo'lsin. S nuqta orqali l chiziqni kesib
o'tuvchi har xil to'g'ri chiziqlar o'tkazamiz.
Ta'rif. Berilgan S nuqta orqali berilgan l chiziqni kesib
о’tuvchi a to'g'ri chiziqning harakati natijasida hosil bo’lgan
sirt konik sirt deyiladi.
T a' r i f. To’g’ri doiraviy konus deb, S uchdan bir tomonda
yotgan konik sirt va doira bilan chegaralangan hamda: 1)
yo'naltiruvchisi aylanadan iborat; 2) S uch chegaralovchi
doiraning markaziga proyeksiyalanadigan geometric jismga
aytiladi.
Konusni chegaralovchi doira uning asosi deyiladi. Konusning S
uchidan asos tekisligiga tushirilgan SO perpendikular konusning
balandligi, shuningdek, uning o'qi ham deyiladi (1-chizma).
Konusning o'qi orqali o'tgan kesim uning o'q kesimi deyiladi.
Agar konusni uning SA yasovchisi bo'yicha kesib, tekislikka
yoysak, konusning yoyilmasi deb ataladigan shaklni hosil
qilamiz (2-chizma). Konus yon sirtining yoyilmasi ASA1
doiraviy sektordan iborat. Konusning yoyilmasida sektorga
konus asosida yotuvchi doira qo'shib qaraladi.
Kesik
konus.
Biror
konusda
uning
o'qiga
perpendikular tekislik o'tkazamiz. Kesimda tekisligi
berilgan konus asosining tekisligiga parallel doira
hosil qilamiz. O'tkazilgan tekislik berilgan konusdan
yangi konus kesadi, konusning qolgan qismi esa kesik
konus deyiladi.
Kesik konusni chegaralovchi doiralar uning asoslari
deyiladi. Konus asoslarini tutashtiruvchi OO1 kesma
kesik konusning balandligi deyiladi (3-chizma).
Konus sirtining kesik konusni chegaralovchi qismi
uning yon sirti deyiladi. Konus yasovchilarining
kesik konus asoslari orasida joylashgan qismlari
kesik konusning yasovchilari deyiladi.
Foydanilgan adabiyotlar.
Geometriya. Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari uchun. H. M. Sayfullaeva.
Geometriyadan masalalar to’plami. Akademik
litsey va kasb-
hunar kollejlari uchun o’quv
qo’llanma. I.Isroilov, Z. A. Pashayev
Geometriya, 7-11 sinf, Pagarelov
Dostları ilə paylaş: |