Mavzu: Konstitutsiyaviy islohatlar va ularning mazmun-mohiyati


Konstitutsiya va mustaqil “to`rtinchi hokimiyat”



Yüklə 141 Kb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü141 Kb.
#159121
1   2   3
KOnstitutsiyaviy islohotlar mazmun mohiyati

8. Konstitutsiya va mustaqil “to`rtinchi hokimiyat”
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ommaviy axborot vositalarini tubdan isloh qilish zarurligini bir necha marta ta`kidlab o`tganlar. “Ommaviy axborot vasitalari jamiyatimizda haqiqiy «To`rtinchi hokimiyat» ga aylanishi, fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklarini ro`yobga chiqarishda eng ta`sirchan omil bo`lishi kerak».
Mamlakatimizda mustaqil siyosiy taraqqiyotning birinchi bosqichida ommaviy axborot vositalarining aksariyati O`zbekiston Respublikasining xalqaro huquqning suveren subyekti sifatidagi, o`zining ko`p millatli xalqi, milliy manfaatlarni ifodalovchi sifatidagi mohiyati va ahamiyatini fuqarolar ongiga yetkazib bera oldilar. Ommaviy axborot vositalari millatlararo osoyishtalik va totuvlik saqlanishi hamda mustahkamlanishiga o`z hissasini qo`shmoqda, Konstitutsiya va qonunlarni, islohotlarning borishini tushuntirib bermoqda. Ayni chog`da demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi ommaviy axborot vositalaridan kasbiy malaka va mahorat yangicha, yuksak darajada bo`lishini, shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlariga daxldor muammolarga ro`yi-rost qarashini, ularni ko`tarib chiqishini talab qilmoqda.
O`zbekiston ommaviy axborot vositalarining huquqiy negizini «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida”gi, «Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to`g`risida»gi (ikkalasi-1997 yil 24 aprelda qabul qilingan) va «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi (1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan),”Axborot erkinligi prinsiplariva kafolatlari to`g`risida”gi(2002 yil 12 dekabr qabul qilingan) Qonunlar jiddiy mustahkamladi. Ular vujudga keltirgan yangi huquqiy imkoniyatlarni ommaviy axborot vositalarining o`ziga xos muammolari bilan solishtirilsa, ularning vazifalari va ularni yangilash istiqbollari yaqqolroq ayon bo`ladi.
Jurnalistik faoliyatini himoya qilish O`zbekiston qonunchiligida yangilikdir. Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari belgilandi.
Ommaviy axborot vositalari erkin va mustaqil «To`rtinchi hokimiyat» sifatida ishlashi uchun nimalar qilishi zarur?.
Birinchidan, davlat hokimiyatining barcha «tarmoqlari», siyosiy partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari, ularning rahbarlari, mansabdor shaxslar ommaviy axborot vositalarining faoliyatini qonun yo`li bilan kafolatlovchi barcha normalarni ro`yobga chiqarishda namuna bo`lishlari lozim. Sud jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining himoyachisi bo`lishi kerak.
Ikkinchidan, samarali ishlovchi va xalqaro andozalarga mos jurnalist kadrlar tayyorlash va tarbiyalash milliy tizimini shakllantirish lozim.
Uchinchidan, shunday shart-sharoit yaratish kerakki, toki norasmiy jamoatchilik fikri, nohukumat tashkilotlar, jamiyatda obro`-e`tiborli fan va madaniyat orboblari jur`atli va halol jurnalistlarni faolroq qo`llab-quvvatlasinlar.
To`rtinchidan, mamlakatimizdagi xususiy investitsiyalarni ommaviy axborot vositalariga, matbaa vositalarini yangilashga sarflashni rag`batlantirish kerak.
Beshinchidan, O`zbekiston ommaviy axborot vositalarining xalqaro aloqalarini qo`llab-quvvatlash lozim.
Sanab o`tilgan va boshqa bir qator amaliy tashkiliy, huquqiy tadbirlarni amalga oshirish «Har bir fuqaroning o`z fikrini erkin ifoda qilishi, axborot olish, davlat va jamiyat qurilishining o`ta muhim masalalarini muhokama etishda faol qatnashish huquqini ta`minlash demakdir».


9. Konstitutsiya va inson huquqlari bo`yicha demokratik institutlar tizimini takomillashtirish
XXI asr boshida oldimizda murakkab vazifalar turibdi:
Birinchidan, butun bir avlodning ruhiyatini o`zgartirish va unda yangi siyosiy huquqiy madaniyatni tarbiyalash:
Ikkinchidan, jamiyatimizning ayrim guruhlari o`rtasida har qanday ekstremizmni, murosasizlikni istisno etish hamda har bir shaxsning huquq va erkinliklariga rioya etishga ko`maklashish.
O`zbekiston yuzdan ortiq xalqaro shartnomalar va konvensiyalarga, shu jumladan inson huquqlari bo`yicha oltmishdan ortiq hujjatlarga qo`shildi.
Bular orasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy huquqlar to`g`risidagi xalqaro paktlar, Bola huquqlari to`g`risidagi, onalikni muhofaza qilish to`g`risidagi Konvensiyalar bor.
Hozirgi vaqtda O`zbekistonda inson huquqlari to`g`risidagi qonunchilik hujjatlari tizimini vujudga keltiruvchi yuzdan ortiq muhim qonunlar qabul qilingan. Bu qonunlar inson huquqlarining quyidagi turlariga bag`ishlangan.
Birinchidan: fuqarolarning shaxsiy huquqlari to`g`risidagi qonunlar. Chunonchi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida (yangi tahrirda), ta`lim to`g`risida, fuqarolarning murojaatlari to`g`risida, fuqarolarni huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida boshqa qonunlar qabul qilindi.
Ikkinchidan: fuqarolarning siyosiy huquqlari to`g`risidagi qonunlar. Siyosiy partiyalar to`g`risida, ommaviy axborot vositalari to`g`risida, Prezident saylovi, Oliy Majlisga saylov to`g`risida , mahalliy Kengashlarga saylov to`g`risida, fuqarolarning saylov huquqlarining kafolatlari to`g`risida, kasaba uyushmalari to`g`risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
Uchinchidan: fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlariga oid qonunlar. Bu sohada hozirdayoq yuzga yaqin, shu jumladan mulk, tadbirkorlik, ijara, yer to`g`risidagi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, mehnatni muhofaza qilish, sug`urta, aholini ish bilan ta`minlash, iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi va boshqa qonunlar qabul qilindi.
Xalqaro huquqning umume`tirof etilgan tamoyillariga sodiq bo`lishni o`z milliy manfaatlarimiz taqozo etmoqda. Bu O`zbekiston uchun xalqaro huquq normalarining ustuvorligi e`tirof etilishini, inson huquqlarini mustahkamlashga moyillikni, demokratiya, fuqarolar osoyishtaligi, milliy va millatlararo totuvlik g`oyalariga sodiqlikni bildiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalariga ko`ra O`zbekistonda inson huquqlari bo`yicha quyidagi milliy institutlar tuzilgan va ishlab turibdi:
Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlis vakili (ombudsman) (1995 yil).
Prezident huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti (2005 yil).
Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi (1996 yil).
Ombudsman O`zbekistonda ancha keng huquqiy maqomga ega.Uning faoliyati davlat va fuqaro, jamiyat va shaxs o`zaro aloqalarini eng muhim sohalarini, tarbiyaviy va ma`rifiy vazifalarni qamrab oladi. Ombudsman inson huquqlari buzilganligi haqidagi shikoyatlarni ko`rib chiqadi va tekshiradi, bu buzilishlarni bartaraf etish choralarini taklif etadi, ularga yo`l qo`ygan shaxslarni qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortish to`g`risida murojaat etishga haqlidir.
Ombudsman mamlakatda inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog`liq vaziyatni o`rganishi va tahlil etishi, ularning buzilishini keltirib chiqaradigan holatlarni aniqlashi, milliy qonunchilik hujjatlarini inson huquqlari bo`yicha xalqaro shartnomalarga muvofiqligini tahlil etishi, inson huquqlariga rioya etilishiga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi dasturlarni ishlab chiqishi zarur.
O`zbekiston Respublikasi Ombudsman tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun ko`rilayotgan chora-tadbirlar jahondagi 100 dan ortiq mamlakatda ishlab turgan umumiy yo`nalishlariga to`la mos keladi. O`rta Osiyo davlatlari ichida Ombudsman birinchi bo`lib O`zbekistonda ishlay boshladi.
Fuqaroning shikoyati yuzasidan tekshirishlar tugallaganidan so`ng Ombudsman tegishli tashkilotlarga yuboradigan xulosalar inson huquqlari buzilgan taqdirda huquqiy himoya qilishning muhim vositasi hisoblanadi. "Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlisning vakili (Ombudsman) to`g`risida"gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq Ombudsmanning xulosasi davlat idorasi va uning mansabdor shaxsiga, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlariga, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining mansabdor shaxslariga yo`llanishi mumkin. Jiddiy buzilishlar to`g`risida Ombudsman o`zining har yilgi ma`ruzasida parlamentga ma`lum qiladi.
Hozirgi kunda bu sohada turgan eng muhim vazifalardan bir, mamlakatimiz mintaqalarida Inson huquqlari bo`yicha vakil samarali faoliyat ko`rsatish uchun shart-sharoit yaratish, Ombudsman institutining haqiqiy mustaqilligini ta`minlash zarur.
Bundan tashqari, inson huquqlari sohasida Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, inson huquqlarini himoya qiladigan davlat va jamoat tashkilotlarning yaxlit tizimini barpo etish lozim.
O`zbekistonda inson huquqlari va demokratik institutlarni rivojlantirishdagi ustuvor yo`nalish qanday? Shahar va qishloqlarda odamlarning, yoshlarning, ayollarning keksalarning o`z huquqlarini bilish va ulardan foydalanishda bo`lgan intilishi kuchayib bormoqda. Bu O`zbekistonning davlat mustaqilligi yillarida paydo bo`lgan siyosiy va huquqiy madaniyati uchun yangi hodisadir.
"O`z haq-huquqini taniydigan, o`z kuchi va qobiliyatiga tayanib yashaydigan, atrofida ro`y berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabatda bo`ladigan, shu bilan birga, o`z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish darkor".


10. Konstitutsiya va oila
Sharqqa xos jamiyatni demokratlashtirish ko`p jihatdan oiladagi munosabatlarga bog`liq. Oilaviy munosabatlardagi muammolarni oilalarning eng obro`li va keksa a`zolari ( bobolar, buvilar) tomonidan muhokama qilish shaharlarda sal kamroq, qishloqlarda-odatiy hol hisoblanadi. Ko`pincha muammoni yechishning ana shu usuli oilaviy masalalar bo`yicha rasmiy sud muhokamasidan samaraliroqdir.
Oilalardagi mavzu hayotni bekamu-ko`st deyish, eskidan qolgan, ayollar va bolalarning qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatlar mavjudligini, shuningdek turmush tarziga ko`ra yevropalashgan aholi qatlami o`rtasida (faqat ular o`rtasidagina emas) oila hamisha ham barqaror emasligini inkor etish xato bo`lur edi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan Oila kodeksi (1998 yil) jahon hamjamiyatida umumiy e`tirof etilgan huquqiy normalarga ko`ra tuzilgani holda, oila jamiyatning tayanch tuzilmasidir degan tasavvurga asoslanadi. Jamoatchilik fikrida davlatni o`ziga xos «Katta» oilaga qiyoslash mustahkam o`rin olgan.
Siyosiy tizimning boshqa barcha tarkibiy qismlariga qaraganda, oila davlatga nisbatan ancha barqaror va mustaqil munosabatda bo`ladi. Oila va uning rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitidagi iqtisodiy o`ziga to`qligi, qarindosh oilalarning birdamligi va oilalarning jamoadagi (mahalladagi) birdamligi-aynan shu narsa shahar, tuman hokimiga, deputatlarga, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarning quyi tashkilotlariga ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan kuchli omillar majmuidir. O`zbek oilasining sharq va islom falsafasi zaminida shakllangan mustahkam axloqiy madaniyati uning aholining barcha avlodlariga ta`siri o`tish davrida fuqarolar va hokimiyat tuzilmalarining huquqiy madaniyatida kamchiliklarni, huquqiy mexanizmlarini harakatga keltirishdagi nuqsonlarining o`rnini ko`p jihatdan to`ldiradi.
O`zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida oilaning tutgan o`rni xususiyatlari orasida quyidagilarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin:
Birinchidan, huquqiy mexanizmlar, masalan ijtimoiy yordam, mahalliy o`zini-o`zi boshqarish, jamoat tartibini ta`minlashning samarali ishlashi oilani qo`llab-quvvatlashiga asos bo`ladi. Negaki, u davlat faoliyatini insoniylashtirishga qaratilgan ko`pgina jamoat talab-ehtiyojlarini va manfaatlarini keltirib chiqaradi.
Ikkinchidan, siyosiy islohotlarning va davlat faoliyatining eng muhim muammolarini oilada norasmiy baholash, oilaviy birdamlik, shuningdek axborot bilan (elektron axborot vositalari keng tarqalishi evaziga) ta`minlash darajasining o`sishi, bir tomondan, jamoatchilik fikrini va ayniqsa yoshlar axloqini barqarorlashtiradi; ikkinchi tomondan, islohotlarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini samaraliroq yo`lga qo`yish maqsadida fuqarolarning o`zini-o`zi boshqaruvi yetakchilari va deputatlar, jamoatchilik fikri orqali davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ta`sir ko`rsatadi.
Uchinchidan, davlatning yangi sharoitlariga ijtimoiy-iqtisodiy va ruhiy moslashishga qaratilgan qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari orqali oilalarning hayotiy muhim manfaatlariga bevosita bog`liq holda ish olib borishi ijtimoiy keskinlikka nisbatan past bo`lishini va ijtimoiy portlashlarning oldini olishni ta`minlaydi. 1998 yilni «Oila yili » deb, 2000 yilni esa «Sog`lom avlod yili» deb e`lon qilinishi shunday kuchli davlat siyosatiga misol bo`la oladi.
Bozor islohotlari va erkinlashtirish jarayoni bilan bog`liq barcha ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlarga qaramay, o`zbek oilasining barqarorligi avvalgiday jamiyat hayotining butun tizimini jipslashtirishga qodir. Farbga xos madaniyatga ixlosmand oilalar an`anaviy oilaviy munosabatlardagi eng yaxshi ma`naviy qadriyatlarni, avvalo o`z a`zolarining fuqaroviy nuqtai-nazari, jamoadagina emas, balki jamiyatdagi ishlarning ahvoli uchun ham javobgarlikni unutmasliklari g`oyat muhimdir. Shu bilan birga, eskicha an`analarga moyilroq oilalalarning aksariyatiga o`z turmushlarida ayollar, yoshlarning huquqlarini kengaytirishlari va mustahkamlashlari, iqtisodiy faoliyatga qo`shilishlari, dunyo va ma`rifatga nisbatan kengroq tasavvurga ega bo`lishlarida yordam berish zarur.
Adabiyotlar:




  1. Yüklə 141 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin