Mavzu: Kofermentlar klassifikatsiyasi,vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar,tsitoxromlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə3/15
tarix02.01.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#44650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kofermentlar klassifikatsiyasi,vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar,tsitoxromlar.

Kofermentlar:- ko’pchillik fermentlarni aktivlashishi uchun zarur bo’lgan quyi molekulyar spetsifik birikmalar kiradi. Hozirgi vaqtda kimyoviy tarkibi va tuzilishi har хil 20 tadan ortiq modda topilgan bo’lib, ular fermentlarning prostetik gruppalari yoki kofermentlar deb ataladi. Kofermentlar nisbatan kichik molekulyar massali organik moddalar. Keyingi tekshirishlar natijasidan kelib chiqib, bir qancha kofermentlar tarkibiga vitaminlar kirishi aniqlandi. V1, V2, V6,

RR, S, biotin, pantotenat kislota, folat kislota, V12, lipoat kislota va boshqalar kiradi. Lekin yog’da eruvchi vitaminlarni kofermentlik hususiyati aniqlanmagan. YUqorida keltirilgan biologik aktiv moddalar fermentlarni aktivligini oshiruvchi kofermentlardir.

Biologik kimyo – tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tabiati, ularning o‘zgarishi, shuningdek, bu jarayonlarni a’zo va to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganadigan fan. Tahlil etilayotgan obyektga bog‘liq holda, shartli ravishda, odam va hayvon, o‘simliklar mikroorganizmlar biokimyosi va h.k. bo‘limlariga bo‘linadi. Modda almashinuvi va metabolizm – organizmda kechadigan

barcha kimyoviy reaksiyalar yig‘indisidir. Ular tirik sistemaning turg‘unligi va o‘z-o‘zini hosil qilishga yo‘naltirilgandir. Hayvonlar organizmi, shuningdek, odam organizmi ovqat mahsulotlari qabul qilishga muhtojdir. Ular suv va mineral komponentlardan tashqari murakkab organik tarkibga ega bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevodlarni qabul qilishi kerak.

Biologik kimyoning asosiy vazifasi molekulyar darajadagi zaminiy, umumbiologik masalalarni hal etishdan iborat. Insonning ekosistemaga bog‘liqlik muammosini hal etishi, ularni nafaqat bilishi, balki ulardan muhofaza bo‘lishi va foydalana olishi kerak.

Biokimyo fani 3 bo‘limdan iborat:

1. Statik biokimyo.

2. Dinamik biokimyo.

3. Funksional biokimyo.

Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o‘rganadi. Bu bo‘limning asosiy masalalari bioorganik kimyo tomonidan o‘rganiladi.

Dinamik biokimyo organizmga moddalarning qabul qilinishidan boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo‘lgan barcha o‘zgarishlarni tahlil qiladi

Funksional biokimyo a’zo va to‘qima funksiyalariga bog‘liq ravishda, ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq qiladi. Biologik kimyoning barcha bo‘limlari o‘zaro uzviy bog‘langan va zamonaviy biokimyoning qismlari hisoblanadi.

Agarda ilgari biologik kimyo o‘z ichiga to‘qima, a’zo va butun organizm masalalarini olgan bo‘lsa, hozirda bu fan molekula va submolekulyar tahlillar darajasida o‘rganiladi. Biologik kimyoning yo‘nalishlari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi kerak: yuqori organizmlar hujayralarining differensirovkasi, genom faolligining mexanizmi, irsiy kasalliklar rivojlanishining molekulyar asoslari va boshqalar.

Tibbiyot institutlarida klinik biokimyo alohida o‘rin tutadi. Bo‘lajak umumamaliyot shifokori patologik jarayon rivojlanishining mexanizmlarini to‘liq o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Turli kasalliklar asosida metabolik jarayonlarning buzilishi yotadi. Sog‘lom organizmda katabolizm va anabolizm jarayonlari uzviy bog‘langan. Bu jarayonlar muvozanatining buzilishi kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Masalan, agarda organizmda katabolizm jarayonlari pasaysa, u yoki bu moddalarning to‘planishiga olib keladi va o‘z navbatida to‘planish kasalliklarini rivojlantiradi (glikogenoz, sfingolipidoz va boshqalar). Irsiy kasalliklar alohida o‘rinni egallaydi, chunki ularda, hujayra genetik apparatida u yoki bu moddalar sintez nazoratining buzilishi mavjud. Shuning uchun, bo‘lajak shifokor, tirik organizmda ularning rivojlanish mexanizmini tushunish uchun biokimyoviy jarayonlarni yaxshi bilishi kerak. So‘nggi paytlarda klinik biokimyo jadal rivojlanmoqda, klinik laboratoriyalarda kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tashxis usullari takomillashtirilmoqda.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin