Mavzu. Kirish darsi. Bilimlar kuni



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə9/39
tarix30.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71363
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
2-sinf Ona tili kons

Ajdar, ajdaho so'zlarini tovush-harf tomonidan tahlil qilib, j tovushini ajratish va talaffuzini tushuntirish. (J tovushi tilning old qismi bilan milk va yuqori jag'lar ishtirokida havoning sirg'alib o'tishi natijasida hosil bo'ladi.)

  • Sirg'aluvchi undosh tovush bilan portlovchi undosh tovushning bir harf bilan ifodalanishi haqida 1- sinfda berilgan bilimni yodga tushirish.

    Havoni og'izda to'siqqa uchrab sirg'alib o'tishi bilan hosil bo'lgan tovush ishtirok etgan gijda, jurnal so'zlari va portlab o'tish bilan hosil bo'lgan jo'ja jiyda so'zlari talaffuz qildirilib, sirg'aluvchi undosh tovush — j va portlovchi undosh tovush — j taqqoslanadi. Xulosa chiqariladi: ikkita tovush, ya'ni jo'ja, jiyda so'zlaridagi j undosh tovush va ajdar, jurnal so'zlaridagi j undosh tovush bitta j harfi bilan yoziladi (ifodalanadi).
    3. Sirg'aluvchi undosh tovush haqidagi ko'nikmani shakllantirish.
    43- mashqni topshiriqlari tarlibida birgalikda bajarib, ajdar, ajdaho
    so'zlaridagi ikkinchi tovush ham j harfi bilan ifodalanishi (yozilishi) haqida ko'nikma hosil qilinadi.
    IV. Darsni mustahkamlash; O'quvchilarda so'zlarni taqqoslash va so'z ma'nosini farqlash кo'nikmasini о'stirish.
    44- mashq (og'zaki). O'quvchilar so'zlarni o'qib, ma'nosini aytadilar
    va so'z ma'nosini farqlagan undosh harfni aniqlaydilar.
    - Bu darsda nimalarni bilib oldingiz? (O'quvchilar bilganlaricha jnvob beradiiar. O'qituvchi ularga ikki undosh tovush bitta undosh harf bilan ifodalanganini yodda tutishni ta'kidlaydi.)
    V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
    VI. Uyga vazifa:45- mashq
    MRO’TIBO’ _________________________
    Sana :
    Mavzu : H va x tovushli so'zlarning talaffuzi va yozilishi.
    Maqsad:
    Ta’limiy: . H va x tovushlarining talaffuzini taqqoslash, shu tovushli so'zlarning yozilishi haqidagi ko'nikmani, rasmlarga qarab shakli o'zgattirib berilgan matnni asl holiga keltirish ko'nikmasini o'stirish.
    Tarbiyaviy: O`quvchilarda vatan tushunchalarini kengaytirish , Vatan oldidagi burch va ma`suliyatni shakllantirish .
    Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
    O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
    Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
    Darsning borishi:

    Dars elementlari

    I

    II

    III

    IV

    V

    VI

    Davomiyligi

    3

    7

    14

    15

    5

    1

    I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
    2. Navbatchi axboroti .
    3. Ko`rgazmalarni ilish.
    II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni almashtirish.
    III. Yangi mavzu bayoni. 46-mashq topshirig'iga binoan bajariladi.
    H va x tovushlarining to'g'ri talaffuzi ustida ishlash.

    1. Hosil va xato kabi ikki so'zni tovush tomonidan tahlil qilib, h va x lovushlari alohida-alohida talaffuz qilib ko'rsatiladi va o'quvchilarga ham talaffuz qildirilib, talaffuzi qiyoslanadi, bo'g'iz tovushi — h yumshoq talaffuz qilinishi, chuqur til orqa tovushi — x esa qattiqroq talaffuz qilinishi tushuntiriladi.

    Shakli o'zgartirib berilgan matnni rasmga qarab asl holiga keltirish ко'nikmasini o 'stirish. 47- mashq.
    O'quvchilar rasmlarni ko'rib, gaplarni o'qiydilar.
    — Birinchi rasmda nima tasvirlangan? (Xurshid avtobusda oyna oldida
    o'tiribdi.) 2-rasmda-chi? (Avtobusga bir ayol chiqdi.) Xurshid nima
    qildi? Ayol nima dedi? Mashqning keyingi topshirig'i o'qitiladi.
    O'quvchilar gaplarni o'qib, avval birinchi rasmga oid 2- gapni, keyin ikkinchi rasmga oid (1-, 3-) gaplarni aniqlaydilar.
    — Matn nechta bo'limdan tuzilgan ekan?
    (Matn ikki bo'limdan tuzilgan.) O'quvchilar oxirgi savolga (“Bir gap bilan ayting: Xurshid nima qildi?”) javob beradiiar. Matn mazmuniga mos sarlavhalar topadilar: “Aqlli bola”, “Xurshid — odobli bola”, “Ayol rahmat aytdi”. O'qituvchi sarlavhalardan birini tanlab qo'yib, avval birinchi bo'limga oid gapni xatboshidan boshlab. keyin ikkinchi bo'limga oid gaplarni xatboshidan boshlab matnni yozishni tushuntiradi. O'quvchilar matnni mustaqil yozadilar.
    IV. Darsni mustahkamlash; - Darsda nimalarni bilib oldingiz? (O'quvchilar
    beradilar. O'qituvchi javoblarni umumlashtiradi.)
    V.O`quvchilarni baholash.O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib,natijalari e`lon qilinadi.
    VI. Uyga vazifa:49- mashq
    MRO’TIBO’ ______________________________

    Sana :
    Mavzu . . Matnni savollar yordamida og'zaki va yozma qayta hikoyalash (bayon).


    Maqsad:
    Ta’limiy:Matn qismlarini o'zaro bog'lash, har bir qismni xatboshidan boshlab yozish ko'nikmasini o'stirish.
    Tarbiyaviy: O`quvchilarni tartib-intizomga rioya qilishga , kattalarga hurmatda bo`lish kerakligini o`rgatish .
    Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
    O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
    Dars jihozi:bayon matni.
    Darsning borishi:

    Dars elementlari

    I

    II

    III

    IV

    V

    VI

    Davomiyligi

    3

    7

    14

    15

    5

    1

    I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
    2. Navbatchi axboroti .
    3. Daftarlarni taqatish.
    II. Uy vazifani tekshirish:Berilgan uy vazifasini parta oralab ko`rib chiqish va daftarlarni yig`ib olish.
    III. Yangi mavzu bayoni.

    Yüklə 1,29 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin