Mavzu: Kichik biznesda innovatsion faoliyat


Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat va uning xususiyatlari



Yüklə 28,48 Kb.
səhifə2/3
tarix03.05.2023
ölçüsü28,48 Kb.
#107108
1   2   3
Mavzu Kichik biznesda innovatsion faoliyat

Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat va uning xususiyatlari.
Bugungi kunda jadal taraqqiy etib borayotgan fan-texnika natijasida yuqori darajadagi o’sish sur’atlari va barqaror rivojlanishning asosiy va samarali omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag’batlantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Zero, zamonaviy taraqqiyotni innovatsion faoliyatning natijasi sifatida olinadigan intellektual mahsulotsiz tasavvur bo’lmaydi.
Kichik biznes korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samaraliroq foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan iboratdir.
Kichik biznes korxonalari kishilardagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik hamda mulkka egalik qilish qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirishda, aholini ish bilan ta’minlash va pirovardida milliy farovonlikni oshirish ushbu sektorning qay darajada rivojlanganligiga bog’liq.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi ko’plab adabiyotlarda ushbu faoliyatning quyidagi o’ziga xos afzalliklari keltirilgan: bozor konyunkturasi o’zgarishlariga tez moslashuvchan va harakatchan; o’z harakatida boshqa korxonalarga bog’liq bo’lmaydi; vaziyatga qarab tezda ishlab chiqarish, xizmat qilish konyunkturasini tezda o’zgartirishga qaror qabul qila oladi; iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ularning istaklariga, urf-odatlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga tez moslasha oladi; ishlab chiqarish siklining qisqa muddatligi va qisqa muddatda foyda ko’rish va eng asosiysi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tezda joriy qilishi mumkinligi.
Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va kichik biznes korxonalarida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish quyidagilar hisobiga muhim hisoblanadi:
Kichik biznes korxonalarining ixcham va harakatchanligi ishlab chiqarish jarayonida innovatsiyalani joriy etishda tavakkalchilik darajasining pastligi yaxshi samara beradi;
Kichik korxonalar faoliyatida innovatsiya va innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi ularning faoliyatidagi xarajatlarni kamaytirib, rentabellikni oshiradi;
Kichik biznes korxonalarining yangilik va innovatsiyalarni tez o’zlashtira olish qobiliyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish imkoniyatini beradi;
Kichik biznes subyektlarining boshqaruv jarayonida zamonaviy
Innovatsiyalarni qo’llash orqali korxona ko’plab imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, tovar nomenklaturasi va assortimentini oshirish; yangi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilish hajmini oshirish; mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o’zlashtirish va asosiysi korxonaning eksport salohiyati oshadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, kichik biznes korxonalari faoliyatini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyaning o’rni ortib borayotganligi sababli kichik biznes korxonalari faoliyatida uni qo’llamasdan turib yangilik darajasi yuqori bo’lgan raqobatbardosh mahsulotlar yaratib bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznesning innovatsion faoliyati raqobat kurashi uchun maqbul vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Ushbu faoliyat ishlab chiqarish jarayonida yangi iste’molchilarning paydo bo’lishiga, investitsiyalar kirib kelishining asosiy mezoni bo’lib hisoblanadi. Bu sababli yangi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning reytingi oshib boradi va yangi zamonaviy bozorlarni egallash imkoniyati tobora ortib boradi.
G’oyalarni amalga oshirish, ya’ni korxonani to’liq yoki qisman yangilash uchun mumkin bo’lgan tadbirkor faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan tarkib topgan:
Ishlab chiqarishning boshqaruv tizimini har tomonlama o’rganish;
Zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni qo’llash;
Mahsulotni ishlab chiqarishda yanada tejamli yoki mustahkam yangi materiallardan foydalanishni yo’lga qo’yish;
Mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishini yaxshilash;
Korxonada reklama faoliyatini har tomonlama samarali va mukammal ravishda tashkil etish.
Bugungi kunda kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish jarayoni o’z oldiga ko’plab vazifalarni olgan. Innovatsion faoliyatni boshqarish jarayoni turli vaziyatlarga tez moslashuvchan bo’lib, kompleks xarakter kasb etadi. Uning zimmasiga mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish, tashkiliy tuzilma shakllarini va boshqaruvchilik funksiyalarini qayta tuzish, yangiliklarni amaliy hayotga joriy etish, innovatsion jarayonlarni boshidan oxirigacha boshqarish imkoniyatini ta’minlash kabi vazifalar yuklatiladi.
Kichik biznes subyektlari innovatsion faoliyatining oxirgi: yangi mahsulotning yaratilishi deb nomlangan bosqichida esa kichik biznes subyektining bo’limlariga vazifalarni taqsimlagan holda yangi mahsulot rivojlanishining aniq dasturini tuzish; mahsulot namunasini yaratish va texnik tanlovdan o’tkazish; mahsulotning nomini va belgisini aniqlash; narx va boshqa tijorat shartlariga oid test o’tkazish kabi jarayonlar amalga oshiriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan bosqichlarda belgilangan jarayonlar samarali tashkil etilsa kichik biznes subyektlarini innovatsion faoliyati ham mukammal ravishda amalga oshadi. Buning natijasida esa korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadlar sari odimlashi mumkin bo’ladi.

Yüklə 28,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin