Mavzu: jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari reja: kirish


Jahon xo'jaligida tarkibiy zamonaviy tendensiyalar va ularning sabablari



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə7/9
tarix06.10.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#152783
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanish bosqichla-fayllar.org

2.2.Jahon xo'jaligida tarkibiy zamonaviy tendensiyalar va ularning sabablari.
Hozirgi zamon global iqtisodiyotning bosh muammosi rivojlangan mamlakatlar doirasida berk xo‘jalik tizimining shakllanishi bilan bog‘langan.

Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


  • asosiy savdo aylanmalarining ancha rivojlangan mamlakatlar miqyosiga qaratilgani 1990-yillarning ikkinchi yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlar ulushiga jahon kompyuter texnikasining 80 %, yuqori texnologik ishlab chiqarishning 90 % to‘g‘ri kelgan;



  • rivojlangan mamlakatlarda xususiy kapital investitsion oqimining tutashi. Hozirgi paytda AQShning 50 % investitsiyasi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga yo‘naltirilmoqda. Yangi industrial mamlakatlarga esa uning atiga 8 % to‘g‘ri keladi.AQSH investitsiyasining deyarli 85 % Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya va Germaniyaga to‘g‘ri keladi;


  • rivojlanayotgan mamlakatlarda migratsion oqimning keskin cheklanishi;


  • mustaqil bo‘lmagan yosh industrial mamlakatlarning g‘arbdagi texnologik yangiliklar bilan almashinishi ekstensiv harakterdagi taraqqiyotida tashqi investitsiyaga bog‘liqlik, tayyor mahsulotni rivojlangan mamlakatlarga eksport qilishning kuchayishidir.


Jahon xo‘jaligi uchun quyidagi rivojlanish tendensiyalari (intilishlar) harakterlidir:


1. Global muammolarni global hamkorlik va majburiyatlar natijasidagina hal etish mumkin. Yangi tahdidlar - SPID epidemiyasi, raketa-yadro texnologiyasining tarqalishi, yadro terorizmi ehtimoli xavfi paydo bo‘ldi. AQSH ning «World-watsh» instituti ma’lumotlariga qaraganda, jahon har yili 10 mln. gektarga yaqin o‘rmonni, 9 mlrd. tonna haydaladigan yer qatlamini yo‘qotmoqda. 2030 yilga borib jahon aholisi soni 10 mlrd. kishiga yetishi mumkin. Bu hayot standartlarini saklash uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 4 marta ko‘paytirishni, energiya ishlab chiqarishni 6 marta oshirishni talab qiladi. Turgan gap, tez taraqqiy etgan texnologiyada ham bunga erishish ancha qiyin bo‘ladi. Dunyo aholisi sonini barqarorlashtirish uchun tug‘ilishning o‘rtacha koeffitsentini 2,1 darajagacha kamaytirish lozim bo‘ladi.
2. Jahonning bir butunligi va o‘zaro bog‘liqligi milliy davlatlar xalqaro siyosiy bo‘linishi ziddiyatiga duch keladi. XX asr boshlarida xalqaro tartibni 6-7 ta buyuk davlatlar o‘z mustamlaka imperiyalari bilan siyosiy ittifoqchilariga tazyiq o‘tkazish orqali namoyon etgandi. Oqibatda mustamlakachilik tizimining yemirilishi natijasida 100 dan ziyod davlatlar vujudga keldi. «Sovuk urush» xavfi tugaganidan keyin bu tendensiya yangi kuch oldi. Sovet ittifoqi, Yugoslaviya, Chexoslavakiya davlatlari parchalanib ketdi, yana o‘nlab yangi mustaqil davlatlar tashkil topdi. Natijada, dunyo siyosiy haritasida 2006 yilda 1945 yilga qaraganda mamlakatlar umumiy soni uch baravarga ko‘paydi. Agar bu jarayon bundan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, ekspretlarning fikricha, jahon xo‘jaligida mamlakatlar soni 300 taga yetishi mumkin.
Odatda davlatlarning tashqi siyosati «milliy manfaatlari» dan kelib chiqqan shartlar asosida shakllanadi. Ko‘pincha «milliy manfaatlar» mafkuraviy maqsadlarga diniy va millatchilik tusini beradi. Bu esa milliy manfaatlar haqida noto‘g‘ri tasavvurlar uyg‘otadi, xalqaro munosabatlarda yangi global vokeliklarda tobora ko‘proq ziddiyatlar keltirib chiqaradi.
Diniy va etnik belgiga qarab bo‘linish tendensiyasi xalqaro tizimni alg‘ov-dalg‘ov qilib, boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishga qodirdir.
3. Modernizatsiya jarayonlarida ziddiyatlarning chuqurlashuvi. Rivojlangan g‘arb mamlakatlari modernizatsiya jarayonlarida oldinda borishdi, mustaqil ravishda yangi texnologiyalar, uskunalar yaratadilar. Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar g‘arbning tashqi ta’siri ostida modernizatsiya jarayonlariga tortilmokda. Bu ularning texnologik qaramligini kuchaytirib, jahon xo‘jaligi sohalaridan o‘rin egallashini ta’minlaydi.
4. Jahon xo‘jaligining uch markazi o‘rtasidagi ziddiyatlar. G‘arbiy Yevropa barcha mamlakatlarning birlashgan potensiali sifat ko‘rsatkichlari AQSH va Yaponiyani birga qo‘shib olgan darajada turibdi. Shu bilan birga G‘arbiy Yevropa, AQSH va Yaponiya o‘rtasida texnologik uzilishlar qisqargan bo‘lsada, hozirgacha AQShning yetakchi o‘rnini pasaytira olishgani yo‘q.
Valyuta urushi davom etayapti. AQSH ayniqsa bu sohada alohida faollik ko‘rsatayapti. Amerika dollari hozircha jahon valyuta bozorida valyuta zahirasi sifatida yetakchi bo‘lib turibdi. Jahondagi ko‘pchilik mamlakatlar valyuta zahirasining 60 % ni Amerika dollari tashkil qiladi. G‘arbiy Yevropa Yevro hisob birligi qulay sharoit yuzaga kelishi bilan haqiqiy valyuta zahirasiga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda tahminlarga ko‘ra, uning ulushiga 25 % valyuta zahiralari to‘g‘ri keladi.
5. Rivojlangan mamlakatlar hamkorligi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar guruhi litsenziyalar, patentlar olish sohasida ustunligini saqlab kelmoqda. Jahon patent va litsenziya oborotining 90 % ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlar xo‘jaligi iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, inqiroz qiyinchiliklarini yengishda bir-biri bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritayapti. Yevropa integratsiyasini muoffakiyatli rivojlantirayati, kollektiv xavfsizlik mustahkamlanayapti. Rivojlangan mamlakatlar Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy islohatlarni qo‘llab-quvvatlatlamoqdalar.


Shunday qilib, hozirgi zamon jahon xo‘jaligining uch markazi raqiblikni yo‘qotmasada hamkorlikka urg‘u bermoqda.
Bundan tashqari,Ilmiy-texnik progresslar ham jahon iqtisodiyoti tuzilishi va xo‘jalik o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Ilmiy-texnik progresslar (ITP) – jamiyat ishlab chiqarishida yangi bilimlarning to‘xtovsiz o‘sib borish jarayoni va ularni hayotga tatbiq etilishidir. Bu kam mehnat sarflab, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mavjud resurslarni yangi manfaatlarga safarbar etishga yordam beradi.
Ilmiy texnik progresslar –tom ma’noda yangi texnikalarni, texnologiya va materiallarni, shuningdek progressiv usullarni boshqaruvga va ishlab chiqarishga keng joriy etish imkonini beradi. U esa ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi:
evolyutsion texnika va texnologiyalarni bosqichma-bosqich takomillashtirib borish. Iqtisodiy o‘sish son ko‘rsatkichlari hisobiga oshib boradi;
Inkilobiy (revolyutsion), texnikani sifat jihatdan yangilanishi va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini keskin sakrashida namoyon bo‘ladi.
Ilmiy-texnik progresslar iqtisodiyotni rivojlantirishda resurslarni tejaydi, tabiiy materiallar rolini kamaytiradi va ularni sintetik xom ashyo bilan almashtiradi. Majmuada zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish, egiluvchan ishlab chiqarish tizimini yaratishga, undan ishlab chiqarishda keng foydalanishga olib keldi.
Mamlakat ishlab chiqarishning ilmiy-texnik va texnologik darajasi ilmiy-tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlarga ajratilayotgan mablag‘ga bog‘liq. Jahon yalpi ichki mahsulotida ilmiy tadqiqotlarga harajatlar ulushi 3 % gacha ko‘tarildi. Jahon iqtisodiyotida bu harajatlarning asosiy qismi sanoati rivojlangan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi (96 % gacha).9
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda bitta tadqiqotchiga rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan 4 marta ko‘p mablag‘ ajratildi. Bu jahon xo‘jaligi periferik markazi tuzilishini saqlashda bosh sabab bo‘lib hisoblanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari (NIOKR)ga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi ko‘payishi mehnat unumdorligini 0,23 % ga ko‘paytirayapti, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa – 0,08 % ga. NIOKR ning «ettilik»dagi umumiy natijalarining taxminan 25 % boshqa mamlakatlarda foydalanayapti.
Ilmiy texnika progresslari jamiyatning takror ishlab chiqarish, ijtimoiy va sohaviy tuzilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bozorni kengaytirishga yordam beradigan, uzoq foydalanishga mo‘ljallangan mahsulotlar (avtomobillar, televizorlar, elektr tovarlari) ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi va boshqa sohalar rivojiga ham ko‘maklashadi.
Masalan, ko‘plab avtomobillar ishlab chiqarish 70 yo‘nalishdagi sohalar ishlab chiqarishini ko‘payishiga rag‘batlantiradi. Ilmiy texnik progresslar ommaviy ravishda tovarlar yaratmasdan turib, an’anaviy mehnat qurollari va iste’mol buyumlari texnik darajasini oshirish imkonini beradi. Bunda ishlab chiqarishda to‘planib qolgan ortiqcha tovarlar bozorlarni kengaytirishga sharoit to‘g‘diradi.
Ilmiy texnik progresslar transport, telekommunikatsiya, axborot texnologiyasi sohalarida xalqaro safarbarlikni ixchamlashtirdi va kapital oqimi va nou-xauni faollashtirdi. Axborot va yo‘ldosh aloqalar, ovoz, tekst, tasvir uzatish harajatlari va xalqaro to‘lovlarni keskin kamaytirdilar.
Ma’lumotlarni tezkor uzatish (masalan elektron pochta, Internet orqali) va telekonferensiya trasmilliy kompaniyalar (TMK) boshqaruvchilarini aloqa bilan ta’minlaydi va butun jahon bo‘ylab ish yuritish imkonini yaratdi. Yangi texnologiyalar moliya bozori iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlari bilan davlatlararo raqobatni vujudga keltiradi va milliy bozorlarni yangi talablarga reaksiyasi tezligini oshiradi. Axborot texnologiyalari axborot va bilimlar almashishini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu global yig‘uv ishlab chiqarish va savdo aloqlarini yaratishga keng ufqlar ochadi.
Zamonaviy texnologiya (misol uchun, mikroelektronika, yangi materiallar, biotexnologiya, kommunikatsiya)lar birgalikda harakat qiladi va bir-birini rivojlantiradi. Mikroelektronika va ishlab chiqarish texnologiyasi o‘sishda mikrosxemalar butunlay fudamental tadqiqotlar (kimyo, fizika) ga bog‘liq va maxsus metallar, plastmassalar, keramik eritmalarning yangi turlarini ishlab chiqarishga tatbiq qiladi.
Ko‘pchilik G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalni markazlashtirish va bir joyga to‘plash jarayonlari davom etayapti. Mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi kam sonli yirik xo‘jaliklar qo‘lida, birinchi navbatda transmilliy korporatsiyalarda to‘planayapti. Jahon xo‘jaligida transmilliy korporatsiyalar o‘rni kuchayishi bilan birga, faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina mahsulot birligida ishlab chiqarishda ortiqcha mahsulotlarni kamaytirishga erisha oladilar. Hozirgi vaqtda monopoliya belgisi bo‘lib na faqat kompaniyaning yirik hajmi va uni bozorni nazorat qilish kattaligi, balki uning monopolistik mo‘ljallari va ularni amalga oshirishda hukmronlik mavqei mavjudligi ham hisoblanadi. Monopolistik mo‘ljallar u yoki bu kompaniyaning bozorda narx-navoni nazorat qilishi va raqobatga o‘rin qoldirmasligidir.
Rivojlangan mamlakatlar uchun monopoliya munosabatlari ikki tendensiya harakterida namoyon bo‘ladi: bir tomondan, monopoliyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, boshqa tomondan ilm-fan va tajriba-konstruktorlik (NIOKR)ni kengaytirishga yordamlashish.
TMK innovatsion davrda qisqartirish maqsadida texnologik hamkorlik bo‘yicha strategik ittifoq tuzadi. Ekspertlarning taxminlariga ko‘ra, 2010 yilga borib avtomobil kompaniyalari jahonda avtomobil ishlab chiqarishning 80 % dan ko‘prog‘ini nazorat qiladi. Transmilliy korporatsiyalarning samaradorligi ham mamlakat ichkarisida, ham jahon arenasida kelishilgan harakatini belgilaydi.
Jahon xo‘jaligining hozirgi zamon bosqichidagi xususityalari – o‘rta va kichik biznesni rag‘batlantirish. Barcha mamlakatlarda kichik biznes xalqaro mehnat taqsimotida keng ishtirok etmoqda. Turli mintaqalarda esa o‘z texnologiyalarini olg‘a surayapti. Masalan, Yaponiyada ishlovchilar soni 30 kishigacha bo‘lgan korxonalar 10 mln.ga yaqin. Italiya sanoatida esa korxonalarda band ishchi kuchlarining salkam yarimi odam soni 15 kishigacha bo‘lgan korxonalarda mehnat qiladi. Germaniyada o‘rta va kichik biznes sohasida faol aholining 2/3 qismi band, mayda firmalar yalpi milliy mahsulotning 50 % ni berayapti.
AQShda har yili 600 mingta o‘rta va kichik firmalar tashkil qilinmoqda. Jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida kichik biznes 80 % gacha yangi ish o‘rinlarini ta’minlaydi va iqtisodiyotning tarmoq tuzilishiga ta’sir o‘tkazadi. Kichik va o‘rta biznes «yirik-mayda» bog‘lamda salmoqli sherik (partner) bo‘lib qoladi. Kichik, o‘rta tadbirkorlikning salmog‘i iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sish va barqarorlikda sezilarli ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ilmiy texnik progresslar ishlab chiqarishni tashkil etishning turli shakllarini vujudga keltirdiki, bu mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni mo‘’atadillashtiradi va davlatni tartibga solishning izchil dastaklaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.
Xulosa
Yangi industrial rivojlangan mamlakatlar qatoriga Janubiy Koreya, Singapur, Gonkong, Tayvan, qolgan to'rtta - Tailand, Malayziya, Indoneziya, Xitoy kiradi.
"Ajdaho" deb nomlangan birinchi to'rtlik ayniqsa ajralib turadi.
Ushbu mamlakatlar tarixan qisqa vaqt ichida o'zlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini engib o'tishdi va rivojlangan davlatlar darajasiga ko'proq yoki kamroq darajada yaqinlashdilar. Bu mamlakatlar bir-biridan ish bilan band aholining soni va tarkibi, rivojlanish sur'atlari va boshqalar jihatidan keskin farq qiladi. Masalan, Tayvan aholisi Janubiy Koreyaning yarmidan ko'prog'ini, Singapur esa Gonkong aholisining yarmini tashkil qiladi. Singapur xalqaro kompaniyalar uchun qulay shart-sharoitlar to'plamini yaratishga katta e'tibor beradi. Aksincha, Janubiy Koreya chet elliklarni o'z iqtisodlaridan uzoqlashtirish uchun qo'lidan kelganicha harakat qilmoqda, o'z kompaniyalariga subsidiyalarni etkazib bermoqda.
Oltinchi Gonkong 90-yillarda dunyodagi eng yirik eksportchilar ro'yxatida o'ninchi qatorni egalladi va garchi aksariyat qismi reeksportga tegishli bo'lsa ham, bu mohiyatni o'zgartirmaydi. Gonkongdan tashqari Osiyo mamlakatlari orasida kuchli o'ntalikka faqat Yaponiya kiradi. Ushbu hodisaning asosi nimada?
Ushbu mintaqadagi eng yirik ishbilarmonlardan biri oddiy tushuntirish beradi: biz iqtisodiy hayvonlarmiz, ehtimol er yuzidagi eng ochko'z va eng muhimi, odamlarni mehnatga rag'batlantirishdir.
NISning paydo bo'lishi bir qator omillarning o'zaro ta'siri natijasidir.
Agar biz iqtisodiy omilni yodda tutsak, bu avvalambor ushbu mamlakatlarning bozor va xususiy mulkka bo'lgan majburiyatidir. Ular import o'rnini bosish strategiyasini tashqi yo'naltirilgan eksportni ilgari surish strategiyasi bilan almashtirishga muvaffaq bo'ldilar .
Ichki bozor uchun uzoq muddatli iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishga yo'naltirilgan engil sanoat mashinasozlik bazasiga o'tish bilan boshlangan majburiy industrializatsiya asosini tashkil etdi.
Biroz vaqt o'tgach, tor mahalliy bozorlarda savdo qilish muammosiga duch kelgan milliy sanoat tuzilmalari tashqi bozorlarga yo'naltirishga majbur bo'lishdi.
Ushbu mamlakatlarning eksporti Lotin Amerikasidan ikki baravar ko'p, garchi bu mamlakatlar aholisi olti marta ko'p bo'lsa-da. Bu davlatlarning barchasida kuchli davlat saqlanib qolgan, uning roli nafaqat ijtimoiy sohada, balki eksportni rag'batlantirishda ham muhimdir. Muvaffaqiyatli soliq siyosati investitsiyalarning o'sishiga, shuningdek, mahalliy va xorijiy investorlarning investitsiyalariga yuqori moliyaviy to'siqlar yo'qligiga olib keldi. Mintaqadagi ishchi kuchi arzonligi va kapitalni ko'paytirishning o'ziga xos xususiyatlari, mahalliy xitoy aholisining (Xitoy hamjamiyati) ushbu mamlakatlarning milliy iqtisodiyotida faol ishtiroki muhim rol o'ynadi. Xorijiy xitoy jamoalarining o'ziga xos xususiyati Xitoy kapitalini Janubi-Sharqiy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining doimiy elementi sifatida targ'ib qilish edi.

Ilmiy-texnik taraqqiyotning yangi bosqichi, 90-yillarda boshlangan sharoitda hal qiluvchi ahamiyatga ega. jahon iqtisodiyotining tarkibiy jihatdan o'zgarishi ilmiy va texnologik salohiyat, rivojlanishni jadallashtirish tendentsiyasi, to'plangan sanoat va ilmiy salohiyat asosida o'zini o'zi rivojlantirish. Ilmiy-texnik omillarga ustunlik berib, mamlakatlar o'rtasidagi tafovutlarni hududiy va resurs mezonlariga ko'ra intensivlashtirish darajasi.


Ushbu mamlakatlarning misoli rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy potentsialini, intellektual tafakkurini texnologik kashfiyot uchun birlashtirishning ob'ektiv zarurati bo'lganida jahon iqtisodiyotining yangi sifatini ko'rsatadigan rivojlanayotgan mintaqaviy integratsiyalashuv jarayonini ko'rsatadi .
Ilmiy-texnik taraqqiyotning eng yuqori yutuqlarini o'zlashtirish , intellektual raqobatbardoshlikning yangi pog'onasiga ko'tarilayotgan mamlakatlarga musobaqalarda yanada qulay imkoniyatlarni beradi.
Yangi industrial rivojlangan davlatlar eksportga yo'naltirilgan alternativ sanoatni rivojlantirishga kirishdilar . Elektron, oziq-ovqat, avtomobilsozlik va boshqa sohalar paydo bo'ldi, ular rivojlanayotgan mamlakatlar, o'n yildan kam vaqt ichida shu kabi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik kapitalistik davlatlarning o'rnini egallab oldilar.

Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin