Mavzu: Jahon media va axborot makonida raqobat o‘rni



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#170023
1   2   3
Jahon media va axborot makonida raqobat o‘rni

1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‘ullanadi. Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‘ullanadigan 14 kabel va sputnik kanallari, 2 ta radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‘rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta kosmik yo‘ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniga ega. 1991 yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‘rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib turildi.

  • 1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‘ullanadi. Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‘ullanadigan 14 kabel va sputnik kanallari, 2 ta radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‘rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta kosmik yo‘ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniga ega. 1991 yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‘rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib turildi.

Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, BBC) esa 20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. VVS 40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi. Reyter axborot agentligida dunyoning 91 mamlakatida 14 000 xodim, shu jumladan, 2300 jurnalist, fotomuxbir va videooperatorlar ishlaydi. Reyter agentligi dunyoning turli mamlakatlarida 197 ta byurosiga ega. Agentlik xabarlari bilan har kuni 1 milliard odam tanishadi. Ushbu misollar ham bugungi kunda OAV qamrov doirasining naqadar kengligini muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi. Axborot inqilobining hosilasini juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan mamlakat kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining mavjudligida ham ko‘rish mumkin. Radio, televidenie, internet eng so‘nggi ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma’lum qilish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin yaratmoqda.
Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin