Mavzu: investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari



Yüklə 125,45 Kb.
səhifə5/7
tarix23.05.2023
ölçüsü125,45 Kb.
#120947
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзу-1

Investitsion loyihani moliyalashtirishning qarzga olingan manbai bO`lib, bank kreditlari, ipoteka ssudalari, sug„urta kompaniyalaridan olingan qarzlar yoki byudjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar hisoblanadi. Ushbu, moliyalashtirish manbalari ma‘lum muddatga qaytarish va to`lovlilik shartli asosida beriladi. Investitsion loyihalarni kredit asosida moliyalashtirishning afzalroq tomoni shundaki, faoliyat yuritayotgan korxona uchun modernizatsiya, rekonstruksiya ishlari va kerakli me‘yorda ishlab chiqarish quvvatini ta‘minlashda, ya‘ni korxona ishlab chiqarish faoliyatni kengaytirmoqchi bo`lsa, kreditdan foydalangani ma‘qul, chunki, ishlab turgan korxona aktivlari ushbu kreditlar qaytarilishiga garov bo`lib xizmat






92 O`zbekiston Respublikasining ―O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida‖gi Qonuni, T.: 2007 y 23 iyul № O`RQ – 104.
qilishi mumkin. Yangi tashkil etilayotgan korxona, tashkilotlar uchun esa investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun, aksioner kapitalidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki yangi tashkil etilgan korxonalar uchun bank kreditidan foydanish yuqori risk bilan bog`liq bo`lib, kredit olishda korxona uni qaytarish uchun etarli darajada moliyaviy resurslar bilan yoki boshqa aktivlar bilan ta‘minlanmagan bo`lishi mumkin, bunday shartlarni yangi korxona bajarmasligi sababli, aksionerlik kapitalidan foydalanadilar. Likvidlik bilan bog`liq bunday vaziyatlarda yangi korxona qiyin vaziyatlarga tushib qoladi. Loyiha yaxshi baholanganda, ham, yaxshi texnik asoslanganda ham banklar yuqori foiz stavkasida kredit berishlari mumkin. Aksioner kapitali esa bunday muammolar keltirib chiqarmaydi, ammo uni yig`ish ancha murakkab vazifadir, bank kreditlari esa bundan mustasnodir.
Investitsion loyihalarni kreditlash sharti, foiz stavkasi o`zgarishi bilan loyiha iqtisodiy ko`rsatkichlarlarining o`zgarishi orasidagi munosabat bilan aniqlanadi. Amalda bank foiz stavkasi o`zgarmas va o`zgaruvchan bo`ladi. Shu sababli korxona investitsiya loyihasini moliyalashtirishda kredit olmoqchi bo`lsa, u uzoq muddatli kreditdan foydalaniladi, sababi bank foizi stavkasi o`zgarmas bo`ladi.
Ilmiy asoslangan loyiha uchun qarz mablag`lari olish bir muncha osonroq bo`ladi. Moliyalashtirish jarayonini qarzga olinadigan mablag`larni hajmini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq bo`ladi, bu kredit olishni kafolatlashi mumkin. Ushbu ssuda kapitalini quyidagilarga yo`naltirilishi mumkin: asbob- uskunalar harid qilish, ishlab chiqarishni kengaytirishga, modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va boshqalarga. Ssuda kapitalini quyidagi turlarga ajratish mumkin: aylanma mablag`larni tashkil qilish maqsadida tijorat, bank yoki mol yetkazib beruvchilarning turli xil shakldagi kreditlari yoki milliy va xorijiy moliyaviy institutlarining uzoq muddatli kreditlari. Bank tomonidan olinadigan foizlar beriladigan kreditning hajmi, muddati uning ta‘minlanganligi, kreditlash shakli, kreditning risk darajasi va boshqalarga bog`liq tarzda differensiyallashadi. Hozirgi vaqtda investorlar tez qaytish beruvchi tadbirkorlik faoliyatiga kreditlarni jalb qilmoqdalar. Kreditlar, kreditlash muddatiga ko`ra qisqa muddatli (1 yilgacha) va uzoq muddatli (1 yildan yuqori) turlarga bo`linadi. Korxonaning asosiy fondlari
uchun olingan uzoq muddatli kreditlarni odatda investitsiya deb atashadi. Uzoq muddatli kreditlarning ob‘ektiv zarurligi korxonani ishlab chiqarishini kengaytirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Aynan shu sharoitda kredit munosabatlarida uzoq muddatlilik harakteri vujudga keladi. Bu qarzdorga o`z mablag`larini o`z muomalasidan olishga (oborotidan olishga) nisbatan, bir muncha qisqaroq vaqtda pul mablag`larini olish imkoniyatini beradi. Kapital qo`yilmalarni moliyalashtirishning kredit usulining afzallik tomoni mablag`larni qaytarishlik bilan bog`liqdir.
Investitsiyalar daromadlilik darajasi bank foiz stavkasiga nisbatan yuqori bo`lgan, savdo kredit va vositachilik operatsiyalarini kreditlash bilan chegaralanib qolmoqda. Bu esa yangi muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo`lmoqda. Shu bois investitsiyalarni jalb etishdan olingan daromad investitsiya oluvchi korxonaga nisbatan zarar keltirmasligi lozim.



Yüklə 125,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin