- uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida
moliyaviy nuqtai nazardan aniq ko‘rinishdagi risk tahlili olib boriladi: a)
loyihaning moliyaviy ahvoli (likvidligi)ni aniqlash; b) investitsiya
loyihasida ishtirok etishning iqtiso`liy jihatdan maqsadga muvofiqligini
(moliyaviy mablag‘lar qo‘yilmasining samaradorligini) aniqlash;
-
to‘rtinchi bosqichda riskning tanlangan darajasi bo‘yicha alohida
operatsiyalar tahlili o‘tkaziladi;
- beshinchi bosqichda risk oqibatida kutilishi mumkin bo‘lgan
yo‘qotishlar hajmi aniqlanadi;
- oltinchi - so‘ngi bosqichda, ko‘rib chiqilayotgan loyihada
qatnashish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan hollarda riskni yo‘qotish
yoki pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
O`latda, bunday vaqtlarda turli xil yo‘qotishlarga tayyor turish uchun
oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham ko‘rib chiqish mumkin.
Dostları ilə paylaş: