Mavzu: husnixatga o‘rgatishning chiziqli usuli



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü27,9 Kb.
#191563
  1   2   3   4   5   6
chiziqli usul

MAVZU: HUSNIXATGA O‘RGATISHNING CHIZIQLI USULI

Reja:


  1. Husnixatga o‘rgatish usullari.

  2. Chiziqli usul

  3. Genetik usul

  4. Namunaga qarab yozish usuli

  5. Namunaga qarab ko`chirish usuli

  6. Nusxa ko`chirsh usuli.

  7. Tasavvur orqali yozish usuli.

Tayanch so`zlar: Nusxaga qarab ko‘chirish usuli, ritmik usuli, namunaga qarab yozish usuli, chiziqli usul, tasavvur orqali yozish usuli
Inson o’z fikrini boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu shaklining o’xshash va farqlash tomonlari mavjud bo’’lib ular o’z o’rnida afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga ko’rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. Yozuv kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bo‘lishini ta’minlaydi. Buhing uchun harflarning shaklini to‘g‘ri yozish, ularni to‘g‘ri ulashning ahamiyati kattadir. Harflarni bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan bog‘lash, so‘zlarni qatorda to‘gri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil ishlarining (bo‘g‘in-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik-grafik tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish extiyoji yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq , chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini o’qitish usullarini yozuviga o’rgatishning gigeyenik shartlarini, o’quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega. Yuqoridagi talab asosida yozishga o’rganishi boshlang’ich sinflardan boshlanadi. 1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish uchun o’qtuvchining o’zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgata olishi kerak.
Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig’indisi. Yozuv tushunchasi tilning tovush elementlari (so’z, bo’g’in, tovush)ni ifodalovchi belgilarnigina emas, balki piktgrafiya, ideografiya shakllarini ham o’z ichiga oladi. Bular aloqa qilish belgilari yig’indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga qarama-qarshi qo’yilgan.
Urug‘chilik tuzimi davrida dastlab surat yozuvi paydo bo’ldi. Kishilik jamiyati kichik va tarqoq oila - urug’lardan tashkil topgan darvda kishilar bir- birlari bilan faqat og’zaki nutq yordamida fikr almashgan. Yirik urug’ va qabila jamoalarining tarkib topishi bilan og’zaki nutqni uzoqqa yetkazish va uni zamon bilan mustahkamlash ehtiyoji tug’iladi.
Insoniyatning shu ehtiyoji zaminida yozuv paydo bolgan. Boshida yozuv bilan bir qatorda grafik shaklga ega bolmagan usullar ham qo’llanilgan (mis, iplarni tugib qo’yish). Bunday belgilar ibtidoiy odamlar hayotida qo’llanilgan. Bu yozuvning qoldiqlari hozir ham urug’-qabilalarining tamg’alari, shimoliy indeyeslarning chig’anoq marjonlari, biror ijtimoiy tabaqaning xususiy mulkini ifodalovcbi belgilar va boshqa shakllarda mavjud.



Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin