O`pka - pulmones
O`pka ko`krak qafasi cavitas thoracis da joylashadi. O`ng o`pka pulmo dexter, chap o`pka pulmo sinister deyiladi.
O`ng o`pkaning xajmi kattaroq bo`ladi.
Har bir o`pkada asosi - basis pulmonis, uchi - apex pulmonis bo`ladi. O`pkaning pastki yuzasi diafragmaga qaragan - facies diaphragmatica, tashqi yuzasi qovurg`alarga qaragan - facies costalis, ichki yuzasi - facies mediastinalis - bo`ladi. O`pkaning oldingi cheti margo anterior, pastki cheti – margo inferior bo`ladi. O`pkaning ichki yuzasida uning darvozasi - hilum pulmonis bo`lib, asosiy bronx, o`pka arteriyasi, nervi, venasi va limfa tomirlari bilan to`lib turadi va o`pka ildizi radix pulmonis deyiladi.
O`pka yuzasi egat - fissurae interlobare vositasida bo`laklarga ajragan bo`ladi. Har bir o`pkada uchraydigan qiyshiq yo`nalgan egat - fissura obliqua yuqorigi va pastki bo`laklarni o`zaro ajratadi. O`ng o`pkada qo`shimcha gorizontal egat fissura horizontalis uchraydi. Bu egat o`ng o`pkaning yuqori bo`lagidan o`rta bo`lakni ajratadi. SHunday qilib, o`ng o`pka tarkibida 3 ta bo`lak: lobus superior, medius et inferior bo`ladi. CHap o`pkada esa lobus superior va lobus inferior bo`laklari bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |