Mavzu: hindiston milliy ozodlik harakati. Reja


-1921 yillarda ishchilar harakati



Yüklə 25,98 Kb.
səhifə3/6
tarix20.04.2023
ölçüsü25,98 Kb.
#101163
1   2   3   4   5   6
Hinduston milliy ozodlik haraki

1920 -1921 yillarda ishchilar harakati.
Urushdan keyin kapitalistik mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy krizis Hindistonga og‘ir ta’sir qildi. Bunday sharoitda mamlakatda sinfiy kurash keskinlashdi. Fabrika egalari ish haqini kamaytirdilar, ishchilar esa bunga namoyishlar bilan javob qaytardilar.
1920 yil yanvarida Bombey to‘qimachilarining 200 ming kishilik ish tashlashi bo‘ldi. Ishchilar ish haqini oshirishga baxtsiz xodisalar uchun kompensatsiya to‘lanishiga , ish kunini bir muncha qisqartirishga erishdilar.
Jamshedpurda metalurgiya zavodi ishchilarning qisman g‘alaba bilan tugagan namoyishlari bo‘ldi. Shuningdek, Bengaliya temir yo‘lchilari, Ahmadobod ishchilari ham ish tashladilar. 1920 yil 30 oktyabrda Bombeyda birinchi kasaba uyushma syezdi bo‘ldi. Unda umumhind profsoyuzlari kongresi tuzildi. 1920-1921 yillarda turli rayonlarda Hindistondagi inqilobiy ko‘tarilishning tarkibiy qismi bo‘lgan dehqonlar g‘alayonlari ham bo‘lib turdi.
Dehqonlar harakati ayniqsa Panjob , Madaras viloyatining Malabar okrugi, Qo‘shma Provinsiyaning sharqiy okruglarida avj oldi. Malabar okrugi aholisining bir qismi qadimdan islomga e’tiqod qilardi. Ularning ko‘pchiligi asosan batrakchilik bilan shug‘ullanar past kastaga ta’luqli edilar. Oziq – ovqat mahsulotlari narxini oshishi natijasida ular ahvolini og‘irlashib ketishi Angliyaga qarshi xalifachilik tashviqotini yoyilishi uchun qulay sharoit yaratdi.
1921 yili avgustida ingliz politsiyasi Tirunangaddagi machitga xujum qiladi. U yerda 5 ming nafar ibodat qiluvchilar yig‘ilgan edi. Bu xujumni ibodat qiluvchilar muqaddas joyni oyoq – osti qilish, tahqirlash deb qabkl qiladilar va politsiya bilan to‘qnashuv boshlanib ketadi, politsiyachilar dehqonlarga qarata o‘q otadilar. Bunga javoban musulmonlar “Xalifachilik respublikasi” ni tuzish shiori ostida qo‘zg‘alon ko‘taradilar. Qo‘zg‘alonchilar faqat pichoq va xanjarlar bilan qurollangan edilar. Ularga qarshi zamonaviy qurollangan ingliz qo‘shinlari tashlanadi. Qo‘zg‘alonchilarning qattiq qarshilk qo‘rsatishlariga qaramay 1921 yil oxirida qo‘zg‘alon bostiriladi. 30 mingdan oshiq qo‘zg‘alonchi asir olinadi, ularni boshliqlari otib tashlanadi. 100 nafar hibsga olingan maxbus muxrlangan vagonda jo‘natiladi, ulardan 70 tasi yo‘lda vafot etadi. Bu o‘ch olishlar butun Hindistonda noroziliklar uyg‘otdi. Bu davrdagi dehqonlar harakati umuman olganda stixiyali tor doirali , taqoq , tashkil etilmagan xarakter kasb etdi, ko‘pincha ularda ma’lum diniy jamoa dehqonlari ishtirok etardi. Lekin shaharlarda ishchilar harakatining avj olishi, qishloqda dehqonlar harakatining boshlanishi mustamlaka hokimiyati uchun xavfli holatni vujudga keltirdi, bu narsa kurashning bundan buyon kuchayishini xoxlamagan mulkdor sinflarni ham bezovta qiladi.
1922 yil 4 fevralda “grajdan itoatsizligi kompaniyasi” ni to‘xtatishga bahona bo‘lgan Chauri- Chaura voqealari bo‘ldi. Qo‘shma provinsiyalar kichik shaharchasida politsiya namoyishchisi kongreschilarga hujum qiladi. O‘shanda olamon politsiya uchastkasi binosini o‘rab oladi va yondirib yuboradi, bir qancha politsiyachilar qattiq kaltaklanadilar.
Shu munosabat bilan Bardoli shahrida kongres ishchi komitetini shoshilinch majlisi chaqirildi. Komitet “grajdan itoatsizligi kompaniyasi”ni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Kompaniyaning barcha ishtirokchilariga hukumatga har qanday qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatish, soliqlarni to‘lash, hokimiyat barcha buyruqlarini bajarishni tavsiya etuvchi chaqiriq e’lon qilindi. Bu qaror turmada bo‘lgan ko‘zga ko‘ringan kongres arboblarini noroziligini uyg‘otdi.
Ingliz mustamlakachi ma’murlar harakat harakat qatnashchilari orasida birlik yo‘qligidan foydalanib, o‘zlariga xos raxmsizlik bilan bu harakatni bostirdilar. Umumhindiston milliy ozodlik harakati vaqtincha pasaya boshladi. 
Yüklə 25,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin