Mavzu: Halqa tarmoginig uchastkalarida hisoblangan soatlik gaz sarfini aniqlash



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü44,66 Kb.
#210002
  1   2
5-Topshiriq. Gaz sarfini o‘lchash usullari-fayllar.org



Mavzu: Halqa tarmoginig uchastkalarida hisoblangan soatlik gaz sarfini aniqlash
Reja:
1. Gaz sarfini o'lchash.
2. Bosimlar farqini o'lchash orqali gazning sarfini aniqlash.


1) Bunday uskunalar tarkibiga bosim farqi hosil qiluvchi toraytiruvchi moslama, differensial monometr va tutashtiruvchi naychalar kiradi.


Bunday qurilmalarda gaz bosimini pasaytirish maqsadida diafragmalar, soplolar qo‘llaniladi. Bunda gaz yoki suyuqlik toraytiruvchi moslamadan o‘tganda, uning dinamik bosimi oshadi, statik bosimi kamayadi.
Sarf qancha ko‘p bo‘lsa, statik bosim pasayishi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.


 Bunday moslamalarni qo‘llash uchun quvurda to‘g‘ri uchastka tanlab olinadi va bu uchastkada diafragmagacha kamida 8D masofada hech qanday mahalliy qarshiliklar bo‘lmasligi kerak. Diafragmadan keyin ham kamida 5 D masofada shunday qarshiliklar bo‘lmasligi kerak. Bu yerda D – toraytiruvchi moslama o'rnatilgan quvur diametri. Bu shart buzilsa, quvurdagi gaz oqimi tekisligi o‘zgarib, bosimlar farqi noto‘g‘ri chiqadi va hisoblangan sarfda ham xatolik katta bo‘ladi.

Normal diafragma o‘rnatish uchun quvurning diametri dsh > 50 mm bo‘lishi kerak va quyidagi shart bajarilishi kerak:


0,05 Θ m Θ 0,7, m = d²/D².
d – diafragma teshigi diametri (mm); D – quvur diametri (mm). Toraytiruvchi moslamalarning hisobi, diafragmaning diametrini aniqlashga mo‘ljallangan. Diafragmaning hisobini bajarish uchun quyiagilar ma’lum bo‘lishi kerak: quvurning ichki diametri, quvurdagi maksimal soatlik sarf, qo‘llaniladigan difmanometrning maksimal o'lchash qobiliyati, diafragma oldidagi gazning absolut bosimi, gazning absolut harorati, gaz o‘tish davrida ideal gaz qonunlaridan chetga chiqish koeffitsiyenti, gazning normal sharoitdagi zichligi.  Shu ko‘rsatgichlar asosida maxsus toraytiruvchi moslamalarni hisoblash albomidan foydalanib diafragma va soplolar hisoblanadi. Toraytiruvchi moslamadagi bosim pasayishiga qarab quyidagi ifoda yordamida o‘tgan gazning sarfini aniqlash mumkin:


 m³/soat. α – sarf koeffitsiyenti; ε – tuzatish koeffitsiyenti (o‘tayotgan gazning
kengayishini hisobga oluvchi); d – toraytiruvchi moslamaning diametri,
(mm); R – gazning absolut bosimi (ata); T – gazning absolut harorati (K); K – ideal gaz qonunlaridan chetga chiqish koeffitsiyenti; h20 – bosimlar farqi (mm simob ustuni); γ – gazning zichligi (kg/m³
2) Kirishdagi gaz bosimiga hamda ularning  qo‘llanilishiga qarab GRPlar alohida binoda, bino


devoriga yoki alohida tayanchga o‘rnatilgan metall shkaflarda joylashishi mumkin. Alohida GRPlarni bog‘larda, xiyobonlarda, mavzelar orasida, anoat korxonalarining hududida joylashtirish mumkin. Bunda GRPdan boshqa binolargacha bo‘lgan masofa GRPga kirishdagi gazning bosimiga bog‘liq bo‘lib, quyidagicha bo‘lishi kerak: gazning kirishdagi bosimi 0,6 MPa gacha bo‘lsa bino, temir yo‘l va tramvay yo‘ligacha – kamida 10 m, avtomobil yo‘ligacha – 5 m, elektr uzatish tayanchlarigacha – kamida 1,5 N (N – tayanch balandligi)  Agarda kirishdagi gazning bosimi 0,6 – 1,2 MPa  bo‘lsa, binolargacha, temir yo‘lgacha – 15 m, avtomobil yo‘ligacha – 8 m, elektr uzatish tayanchgacha – 1,5 N. Shkafli GRPlar gazlashtirilayotgan bino devorlariga yoki bo‘lmasa, alohida ustunlarga o‘rnatilish mumkin. Bino devoriga o‘rnatilgan paytda bino devori III darajali o‘tga chidamli bo‘lishi kerak va yong‘in chiqishi xavfi bo‘yicha “G” va “D” kategoriyadagi binolar bo‘lishi kerak.


 Kirishdagi gaz bosimi P=0,3 MPa bo‘lsa, unda shkafli GRPdan bino eshik yoki derazasigacha
bo‘lgan masofa kamida 3 m bo‘lishi kerak.

Agarda kirishdagi bosim P=0,3 – 0,6 MPa bo‘lsa, ushbu masofa kamida 5 m bo‘lishi kerak.


Bundan tashqari, shkafli GRP bilan uning tepasidagi deraza orasidagi vertikal masofa
kamida 5 m bo‘lishi kerar. Statsionar GRPlar I va II o‘tga chidamlilik darajasiga ega bo‘lgan binolarga joylashtiriladi. Bunda binoning tomi yengil konstruksiyadan tuzilgan bo‘lishi kerak. Chunki GRPda portlash yuz berganda, binoga katta zarar yetmasligi uchun uning tomi yengil bo‘lishi kerak. Bino tomi yengil bo‘lsa, portlash yuz berganda portlash to‘lqini tomni otib yuboradi va atmosferaga chiqib ketadi va bino devorlari esa zarar ko'rmaydi.
Agarda GRP tomi og‘ir konstruksiyadan tuzilgan bo‘lsa, bunda GRPning deraza, eshik, ventilatsiya kanali va yorug‘lik tushish fonarlarining umumiy yuzasi GRP binosi ichki hajmining har bir m³ iga 500 sm² hisobidan olish kerak. Shunda portlash to‘lqini eshik, derazalarni urib chiqarib, tashqariga chiqib ketishgaulguradi va bino devorlari uncha shikastlanmaydi. GRPeshiklari tashqariga ochilishi kerak. GRP binosidagi pol qiyin yonadigan materialdan bo‘lishi kerak.


 Bundan tashqari, u uchqun bermaydigan materialdan bo‘lishi kerak. Cunki ishchilar ishlayotganda qo‘lidagi bolg‘asi yoki boshqa jihozlari tushib ketsa, polga urilganda uchqun chiqmasligi kerak. GRPning isitish sistemasi suvli bo‘lishi kerak va uning maksimal harorati 130°C dan oshmasligi kerak.


 Bug‘li isitish sistemasini ham qo‘llash mumkin. Agarda bunday sistemalar yaqin orada bo‘lmasa, GRPni pech yordamida isitish mumkin. Bunda isitish pechi metall germetik qobiqqa ega bo‘lib, o'txonasi GRPning asosiy xonasi bilan tutashmagan yordamchi xona tarafda bo‘lishi kerak.
GRP ichidagi havo harorati 5°C dan kam bo‘lmasligi kerak. GRPlarda elektr isitish sistemasini ham qo‘llash
mumkin. Lekin bunda bunday sistema portlashdan saqlangan konstruksiyada bo‘lishi kerak. GRP binosining ventilatsiyasi tabiiy bo‘lib, bir soatda uch karra havoni almashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Ventilatsiya uchun GRPlar tomiga deflektorlar o‘rnatiladi. GRP binosining yoritilishi elektr yordamida bo‘lib, elektr sistemasi portlashdan saqlangan konstruksiyada bo‘lishi kerak.

Elektr simlari quvur ichidan o‘tgan bo‘lishi


kerak, yoritgichlar germetik qobiq tagida bo‘lishi
zarur: agar bu shartni bajarish mumkin bo‘lsa,
unda GRP binosini yoritish uchun GRPning
tashqi devorida deraza tepasiga o‘rnatilgan
oddiy lampochkadan foydalanish
mumkin. Bunda lampochkaning nuri derazadan
ichkariga tushib, GRP xonasini yoritadi. Bunday
yoritish "kososvet" deyiladi. GRP ichida
texnologik tarmoq bilan devor orasidagi masofa
kamida 40 sm bo‘lishi kerak. Asosiy ish joyining
eni esa 80 sm dan kam bo‘lmasligi lozim.

Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin