Mavzu: german qabilalari va rim imperiyasi



Yüklə 153,53 Kb.
səhifə3/40
tarix02.01.2022
ölçüsü153,53 Kb.
#38550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
7-jahon

3-§. FRANKLAR IMPERIYASI
1. Buyuk Karl Franklar imperiyasini qaysi yillar oralig‘ida
boshqargan? A)742-814 B) 714-768 C) 768-814 D) 745-820
2. Buyuk Karl Franklar davatini necha yil boshqargan?
A) 46 yil B) 47 yil C) 49 yil D) 50 yil
3. Qirol Karlga ―Buyuk‖ nomi nima sababdan berilgan?
A) ko‘plab harbiy yurishlarga boshchilik qilgani uchun
B) yirik saltanat tuzgani uchun C) mamlakatda yangi qonunlar va
maorif hamda madaniyatga asos solgani uchun D) barcha javoblar tog‘ri
4. Buyuk Karl dastlabki istilochilik yurishlarini kimlarga qarshi
yurishdan boshlagan?
A) Germanlarning burgund qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga
qarshi B) Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi
C) sakslarga qarshi D)to‘g‘ri javob yo‘q
5. Buyuk Karlning dastlabki harbiy yurishlari qaysi yili
boshlangan? A) 770-yil B) 771-yil C) 772-yil D) 773-yil
6. Buyuk Karl Langobardlarni mag‘lubiyatga uchratgandan
so‘ng?
A) Langobardlar qiroli Dezideriy sochi olinib Korvey monastiriga
jo‘natiladi
B) Italiya yerlari grafliklarga bo‘linadi va frank qirolligiga
qo‘shib olinadi C) Italiyaga o‘t qo‘yib yuboriladi D) A va B
7. 778-yili Buyuk Karl qaysi hududga qarshi dastlabki
muvafaqiyatsiz yurishni amalga oshirgan?
A) Germanlarning Langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga
qarshi B) Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi
C) sakslarga qarshi D)to‘g‘ri javob yo‘q
8. Arablar Ispaniyasiga qarshi yurishda halok bo‘lgan Karlning
jiyani kim edi? A) Roland B) Dezideriy C) Xlotar D) Xlodvig
9. Buyuk Karl arablardan tortib olgan hududlardagi chegara
viloyat bo‘lgan Ispan markasi qaysi hududda tuzilgan edi?
A) Sakslar yerlarida B) Pireneya yarim orolining arablardan tortib
olingan hududlarida
C) Italiya yerlarida D) to‘g‘ri javob yo‘q
10. Buyuk Karlning Reyn daryosining o‘ng sohilida yashovchi
saks qabilalariga qarshi kurashi necha yil davom etgan?
A) 20 yil ortiq B) 30 yil ortiq C) 40 yil ortiq D) 50 yil ortiq
11. Buyuk Karlning Sakslarga qarshi yurishi qaysi yillar
davomida bo‘lib o‘tgan?
A) 742-814 B) 772-804 C) 768-814 D) 745-820
12. Buyuk Karlning imperatorlik tojini kiyishi qay tariqa yuzaga
keladi?
A) Rim mahalliy zodagonlarining Rim papasi Lev III ga qarshi
ko‘tarilgan isyonni Buyuk Karl bostirgani tufayli.
B) Rimni bosib olishi tufayli C) Rim papasi Lev III ni qatl
ettirilishi tufayli D) to‘g‘ri javob yo‘q
13. Buyuk Karl davlati qaysi yildan boshlab imperiyaga aylandi?
A) 800-yil oktabrda B) 780-yil dekabrda
C) 814-yil dekabrda D) 800-yil dekabrda
14. Buyuk Karl davrida franklarning an‘anaviy xalq lashkari
o‘rnida vujudga kelgan otliq ritsarlar qo‘shinida kimlar xizmat
qila olar edi?
A) faqat boy zamindorlar B) jangovar ot va qurol aslaxa sotib
olishga imkoniyati bo‘lganlar C) barcha xizmat qilardi D) A va B
15. Ritsar so‘zi nemischa ritter so‘zidan olingan bo‘lib qanday
ma‘noni bildiradi?
A) otliq B) jangchi C) arava D) sardor
16. Feod so‘zi nemischadan olingan bo‘lib qanday ma‘noni
beradi? A) jangoh B) yer-mulk C) otliq D) jangchi
17. Karl davlatida feod kimlarga berilgan?
A) Ritsarlarga B) kambag‘allarga C) qullarga D) ruxoniylarga
18. Buyuk Karl saroyida vazirlar vazifasini kimlar bajargan?
A) saroy xizmatkorlari B) jangchilar C) ruxoniylar
D) yirik yer egalari
19. Franklar davlati boshqaruvida muhim lavozimlar qaysilar edi?
A) moliya, soliq va harbiy ayonlar B) dasturxonchi C) otxona
boshlig‘i D) barcha javob to‘g‘ri
20. Franklar davlatida yirik qabilalarni kiml;ar boshqargan?
A) qirol B) gersoglar C) vazirlar D) ruxoniylar
22. Gersog so‘zi nemischa so‘zdan olingan bo‘lib qanday
ma‘noni beradi?
A) saylangan harbiy yo‘lboshchi B) merosiy qabila boshlig‘i
C) qabila ruxoniysi D) A va B
23. Franklarda yirik bo‘lmagan hududlarni kimlar boshqargan?
A) graflar B) gersoglar C) markgraflar D)senorlar
24. Franklarda chegara harbiy viloyatlarni kimlar boshqargan?
A) graflar B) gersoglar C) markgraflar D)senorlar
25. Nemischa qirol tayinlagan amaldor ma‘nosini beruvchi so‘z
qaysi javobda berilgan? A) Graf B) gersog C) marka D) Senor
26. Nemischa chegara harbiy viloyat ma‘nosini beruvchi so‘z
qaysi javobda berilgan? A) Graf B) gersog C) marka D) Senor
27. Arab xalifasi Xorun ar-Rashid Karlga nima sovg‘a qilgan edi?
A) Quddusdagi Iso Payg‘mbar qabri joylashgan yerni
B) jangovar ot C) jang qurollari D) hech narsa sovg‘a qilmagan

28. Buyuk Karl tuzgan imperiya qaysi yili parchalanib ketdi?


A) 848-yl B) 842-yil C) 843-yil D) 846-yil
29. Buyuk Karl imperiyasi o‘rnida keyinchalik qaysi davlatlar
vujudga kelgan? A) Fransiya B) Germaniya C) Italiya D) barcha javoblar tog‘ri
30, Karolinglar sulolasi asoschisi bo‘lgan hukmdorni aniqlang?
A) Pipin Pakana B) Karl Martell C) Buyuk Karl D) Roland
31. Buyuk Karl vafotidan 29 yil o`tib …
A) Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keldi;
B) Karl tuzgan imperiya 3 ta qismga bo`linib ketdi;
C) Otton I davri boshlandi; 1
D) Lex daryosi bo`yida nemislar vengerlarni mag`lub etdi
32.Germanlarning Karlga bo‘ysunmagan so‘nggi yirk qabilasi
qaysi edi? A) Gotlar B) bavarlar C) sakslar D) tyuringlar

Yüklə 153,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin