Mаvzu: gеоgrаfiya tа’limining shаkllаnishi vа rivоjlаnish tаriхi. Reja: Geografiya o`qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi


O`zbekistonda geografiya o`qitish metodikasi fanining rivojlanish bosqichlari. 1-



Yüklə 289,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix27.04.2023
ölçüsü289,11 Kb.
#103662
1   2   3   4   5   6   7
Geog-2

2. O`zbekistonda geografiya o`qitish metodikasi fanining rivojlanish bosqichlari. 1-
bosqich (1918-1934 yillar) 2-bosqich (1934-1955 yillar) 3-bosqich (1967-1990 yillar) tavsifi. 
3. F.Karimiy, A.Donish, Furqat, M.Behbudiy, Hamza, A.Avloniylarning geografiya 
ta’limiga qo`shgan hissalari. 
O`zbekiston maktablarida geografiya ta’limini (darsliklar va dasturlari 
mazmunini , o`qitish metodlari, o`quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa 
xususiyatlariga ko`ra ) 4 ta bosqichga ajratish mumkin. 
I bosqich 1918-1934 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davr o`zbek sovet maktablarida 
geografiya o`qitishni yo`lga qo`yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi tipdagi maktablar 
bilan eski tipdagi sovet maktabi geografiyasiga asos solinadi. Yangi dasturlar asosida 1922-1923 
yillarda “o`qitishning kompleks dasturlari” ishlab chiqildi. Bu turli variantlarda bo`lib, bir necha 
marta o`zgardi va 10 yil mobaynida qo`llanildi. Geografik materiallar kompleks mavzular orasida 
singib ketdi. Geografiyani o`rganish juda past saviyada olib borildi. Kompleks dasturlarining uzoq 
hukmronligi maktab geografiyasi uchun og`ir davr bo`ldi. 1925-1926 yillarda maktablarning 
yuqori sinfida geografiya dasturlaridan umuman chiqarib tashlandi. Geografiya tibbiyot, fizika, 
ijtimoiy fanlar tarkibida o`rganiladi. Kartani o`rganish nihoyatda zaif bo`ldi. Yuqoridagi fanlar 
geografiyani o`qitish vazifalarini mutlaqo bajara olmadilar. Kompleks metod asosida predmetsiz 
o`qitish yo`li edi. 
2-bosqich 1934-1955 yillarni o`z ichiga oladi. O`zbek maktablarida geografiya 
o`qitishning muayyan bir tartibga tushish bosqichi. Bu davrda yagona dastur asosida muayyan 
darsliklar yaratildi. O`quvchi va o`qituvchilar uchun o`quv qo`llanmalari ko`proq nashr etila 
boshlandi. O`zbek tilida metodik qo`llanmalar vujudga kela boshladi.Maktab geografiyasiga hissa 
qo`sha oladigan metodistlar , geografiya o`qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Ko`proq metodik 
kitoblar o`zbek tiliga o`girildi.
3-bosqich 1956-1966 yillar. Bu davrni maktab geografiyasini turmush bilan bog`lash 
bosqichi desa ham bo`ladi. Bu davrda maktab geografiyasi bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib 
borildi. O`qitishning samarali xillari tobora kengroq joriy qilina boshlandi.Mahalliy aholidan 
milliy kadrlar , yirik geograf va metodistlar yetishib chiqdi. O`quvchi va o`qituvchilar uchun 
ilmiy ommabop va metodik adabiyotlar tarjima qilindi. Geografik atama va nomlar ma’lum bir 
tizimga tusha bordi.
4-bosqich 1967-1990 yillar. Bu davrda ta’lim sohasida turli o`zgarishlar sodir bo`ldi. 
O`quv ko`rgazmali qo`llanmalar chop qilindi. Ta’limni isloh qilish borasida bir qator tadbir va 
o`zgarishlar amalga oshirildi. Muayyan darsliklar tizimi va yangi o`quv kartalari paydo bo`ldi. 
O`lkashunoslikka e’tibor birmuncha pasaydi. Ammo O`zbekiston geografiyasini o`rganish 
bo`yicha soatlar hajmi 20%dan oshmaydi. 
Oktabr to`ntarishidan keyin Sovet maktabini isloh qilishdan boshlandi. Darslar maxsus 
qarorlar asosida 9 yillik yagona mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab 2 bosqichdan iborat. 
1-bosqich 1-5 sinflar, 2-bosqich 6-9 sinflardan iborat. Bunday maktabda geografiya ta’limi 
maqsad va mazmun jihatdan o`zgardi. 
1918-1922 yillarda geografiyadan na’munaviy dasturlar paydo bo`ldi. Bunda ayrim 
landshaftlarning xususiyatlarini o`rganishga ko`proq e’tibor berildi. O`sha davrlar “landshaft 
dasturlari” bilan mashhurdir. Masalan, “ovchilar landshafti”, “ko`chmanchilar landshafti” va x.k. 
Landshaft dasturlari o`zini oqlamadi. 1921 yilda geograf D.N.Anuchin rahbarligida 
umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan geografiya dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Ungacha ayrim
hududlar, xatto , ayrim maktablar xuddi landshaftlar dasturiga o`xshash bo`lgan dasturlarni o`zlari 
tuzar edilar.Anuchin dasturi Oktyabr to`ntarishiga qadar bo`lgan geografiya ta’limini eng yaxshi 


tomonlarini qisman bo`lsa ham o`ziga aks ettirgan bo`lib, unda geografiyani o`qitish sinflar 
bo`yicha taqsimlangan edi.
Anuchin dasturiga muvofiq 3- sinfda o`z qishlog`i , shahari , guberniyasi o`rganilar 
edi. Bu turni mamlakatshunoslik deb ataydi. O`quvchilar geografik nomlar, tushunchalar 
geografiyasiga oid rasmlar bilan tanishtirilar edi.4-sinfda mamlakatlar turli mintaqalarning tabiati 
, insonlar hayotini aks ettiruvchi rasmlar namoyish qilindi. 
5-sinfda mamlakatshunoslikka oid bo`lgan ma’lumotlar va “qit’alar geografiyasi” 
o`rganilar edi. 6-8 sinflarda Rossiya geografiyasi , 8-sinfda iqtisodiy geografiya, 9-sinfda 
astronomiya va astrologiya o`rganilar edi. Mazkur dastur o`quvchilarning geografiyaga oid 
bilimlarini oshirishga katta rol o`ynaydi. Unda geografiyaga ajratilgan soatlar miqdori ancha ko`p 
edi. 1924 yildan 1930 yillarda maktab geografiya ta’limi uchun og`ir yillar bo`ldi. 1924 yildan 
boshlab maktab geografiyasi yangicha dasturlar asosida ishlashga o`tdi. Ammo bu darsliklar 
bo`yicha, geografiya bo`yicha alohida predmetlar yo`q edi. Unda geografiyadan uzuq-yuluq bilim 
berilar edi. 1-4 sinflarda alohida geografiya kurslari o`rnini kompleks mavzular egalladi. Bu 
mavzular mazmuniga qisqacha geografik savolda mahalliy tabiat va xo`jalik bilimlari berilar edi. 
4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa fanlar geografiyasi o`rgatilar edi. Masalan: 1-sinfda yil 
fasllari, 2-sinfda mahalliy tabiat va xo`jalik bilimlari edi. 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa 
fanlar geografiyasi o`rgatilar edi. 
2-bosqich sinflarda geografiya, biologiya, tarix, jamiyatshunoslik fanlari tarkibiga 
singib ketgan edi. Tabbiy geografiya va mamlakatshunoslik haqida bilimlar nochor ahvolga tushib 
qolgan edi. Xullas, kompleks dasturlarning qabul qilinishi geografiyani mustaqil fan sifatida 
barham topishiga olib keldi. Faqat 1927-yilda avval 1-bosqich maktablarida , keyinroq 2- bosqich 
sinflarida geografiya fan sifatida qayta tiklandi. O`zbekistonda 1920-1930 yillar oralig`ida 
geografiya darsliklari rus tilidan o`zbek tiliga tarjima qilindi. G.N.Ivanovning “boshlang`ich 
jo`g`rofiya” darsligi geografiya darsliklarining to`ng`ichi edi. Bu darslik 1927 yilda 
N.L.Korejenevskiy yordamida P.Arxengelskiy tomonidan o`zgartirib nashr qilindi.G.N.Ivanov , 
G.G.Ivanovlarning Baxtiyorov va Makarov bilan hamkorlikda birmuncha o`zgartirib nashr 
qilingan “Jo`g`rofiya ham o`lkani o`rganish” darsligi ham o`zbek tilidagi dastlabki daarsliklardan 
edi. Bu davrda Balashovning “O`zbekiston hamda unga qo`shni jumhuriyatlar va viloyatlar” , 
P.Anxangelskiyning “Jo`g`rofiya” (o`lkani o`rganish darsligi), A.Obidovning “O`zbekiston 
sotsialistik sho`rolar jumhuriyati jo`g`rofiyasi ” darsliklari geografiya ta’limida katta ahamiyatga 
ega bo`ldi. A.Obidovning “O`zbekiston jo`g`rofiyasi” darsligi O`zbekiston geografiyasi ta’limida 
o`z Respublikasini o`rganishda 1-haqiqiy asar o`zbek tilida dastlabki geografiya metodikasi paydo 
bo`ldi. Uning muallifi N.Monov edi. Geografiya metodikasi suhbatlar metodida yozilgan bo`lib, u 
holat kamchiliklarga ega bo`ldi. Unda kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi.
O`zbekiston maktablarida geografiya o`qitish samaradorligini oshirishda 1925 yildan boshlab
chop etilayotgan “Maorif va o`qituvchi” jurnalining jurnalining roli katta bo`ldi. Jumladan ushbu 
jurnallarning 1925 yil 5-6 sonlarida “Jo`g`rofiyaning foydasi”, “Lug`at va atamalar”, 
“Samarqand”, “Maktabda o`lkani o`rganishning ahamiyati” , “Muz davrining oxirlarida 
Yevropada qanday irqlar yashadilar”. “Sahroi Kabir” va boshqa o`nlab geografiyaga oid 
maqolalar e’lon qilinadi. Bu jurnal geografiya o`qituvchilariga ilmiy va metodik jihatdan
yaqindan yordam berdi. 1931 yil 4 iyuldan “Madaniy inqilob” (keyinchalik “O`qituvchilar 
gazetasi”, hozirda “Ma’rifat”) gazetasi chiqa boshladi. Bu gazeta geografiya o`qituvchilarining
haqiqiy yordamchisi bo`ladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy maqolalar e’lon qilindi.
Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin asta yo`lga qo`yildi .1927-yilda 
Samarqand oily pedagogika instituti ochildi . 1937-yillar oxirlariga kelib oily malumotli 
geografiya o`qituvchilari yetishib chiqa boshladi . Bular N. Ibodov , G. Nazarov, I.Mirzaboyev, 
A.Axrorov va boshqalar edi. 1930-yillarning o`rtalarida Toshkent, Buxoro, Samarqand 
keyinchalik Nukus, Urganch, Qo`qon, Andijon shaharlarida pedagogika institutlari ochildi. 
Maktab geografiyasining taqdirini hal etishda maktab geografiyasi va ilmiy geografiyasining 
taqdirini hal etishda maktab geografiyasi va ilmiy geografiyasining taqdiriga katta BKPning 1931-
yil 5- sentyabr va 1932-yil 25-avgust qarori tasir etdi.Geografiyani boshqa fanlar tarkibida 


o`rganishga qatiy xotima berdi. Geografiyani boshqa predmetlar orasida teng huquqli bo`lishiga 
imkon yaratdi. Geografiyaning alohida fan ekanligini isbotlab berdi.
Pedagogika institutlarida geografiya o`qituvchilarining maxsus tayyorlash masalasini 
ham hal etadi.Geografiya dasturini, kartani, tabiiy geografiya asoslarini bilish kapitalistik 
mamlakatlarini o`rganish zarurligi masalalari qarorda alahida o`qitiladi. O`zbekistonda maktab 
geografiyasi taqdirini hal qilishda BKP ning 1934-yil 15-may qarori alohida ahamiyatga ega 
bo`ldi.
Qarorda boshlang`ich va o`rta maktablarda geografiya o`qitilishining sifatsizligi, 
kartalarning maqsadga muvofiq emasligi, mavzularning quruqligi , darsliklarning raqamlar bilan 
to`laligi . Ayniqsa maktabni bitirib chiqayotgan o`quvchilarning geografiyadan bilimlarining 
sayozligi va sifatsizligi tanqid ostiga olindi. Qaror geografiyani qanday o`qitish to`g`risida har bir 
sinfda geografiya fanlarini o`qitishda ayrim ko`rsatmalar berdi Bu qarorga muvofiq geografiya 
talimi 3 bo`g`inga bo`lib o`qitika boshlandi.
Geografiyadan haftalik soatlar bir muncha ko`paydi. Bu qaror o`quvchilar yoshini 
e’tiborga olgan holda ko`rgazmali va qiziqarli bayon qilishni talab qiladi. 1934-1935 o`quv 
yilidan boshlab yangicha dasturlarga o`tildi. 
Bu dasturlarga asosan yangi darsliklar , ilmiy ommabop adabiyotlar, atlas kartalar 
o`qituvchilar uchun o`quv metodik qo`llanmalarni yaratishga kirishildi. 1934 yilgi qaroridan 
keyin “Geografiya v shkole” jurnalining chiqa boshlashi nafaqat Rossiyada , balki O`zbekistonda 
ham geografiya ta’limini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ilg`or o`qituvchilar, oily va 
o`quv yurtlari o`qituvchilari geografiyadan qo`llanmalar yaratishga jalb qilindi. 
1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar 
nashr etila boshlandi. O`sha davrlarda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda 
A.Obidov, O.Saidrasulov, H.Hasanov , N.Daminov va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi. 
Umumta’lim maktablari va oily o`quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar , darsliklar va 
metodik qo`llanmalarni tarjima qilish keng tus oldi. 
Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh qilishga 
tayyorgarlik ishlari ko`rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir qilmasdan 
qolmadi. Maktab geografiya kurslari tarkibida ham ba’zi o`zgarishlar paydo bo`ldi. Ta’limning 11 
yillik tizimiga o`tish bilan geografiyani o`qitishda ham mehnat ta’limi kasb hunar yo`nalishiga 
e’tibor kuchaytirildi. 
Sobiq SSSR tugatilishi arafasida maktabni qayta isloh qilish uchun kurashlar va 
harakatlar bo`ldi .Lekin ular o`zini oqlamadi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi geografiya 
ta’limida tub o`zgarishlarga olib keldi. 
Darslarda o`quvchilarning mustaqil va amaliy ishlariga e’tibor kuchaydi. 1935-yilda 
O`rta Osiyo universitetida geografiya-geologiya fakulteti tashkil etildi. 1935-1940-yillar 
mobaynida O`zbekistonda pedagogika institutlarining aksariyatida geografiya mutaxassisligi 
ochildi.1943-yilgacha Respublikada 10ga yaqin o`qituvchilar institute ochildi.Ularda geografiya 
o`qituvchilari ehtiyojlarini hisobga olib, ularga metodik yordamlarini kuchaytirish maqsadida 
o`qituvchilar malaakasini oshirish institutlari, ular bazasida esa geografiya kabinetlari va 
kafedralari tashkil etiladi. 
Geografiya ta’limi har tomonlama rivojlanishida buyuk iqtisodiy-geograf 
N.N.Baranskiyning xizmatlari katta.U mualliflik qilgan iqtisodiy geografiya darsligi 20yil 
mobaynida muntazam rivojlanishda nashr etilib ko`rildi. N.N.Baranskiy “O`qituvchi-ta’lim 
jarayonida markaziy figura” deb qayta-qayta ta’kidlangan. U geografiya ta’limida yetakchi o`rinni 
karta va ko`rsatmalilik egallashi zarur.deb “Karta geografiyaning ikkinchi tilidir”,”Karta-
geografiyaning alfasi va olichasi”,”Birgina karta bir necha varaq matnning o`rniga o`tadi” degan 
o`lmas fikrlar va g`oyalarni o`rtaga tashlaydi. N.N.Baranskiy sobiq ittifoq miqyosida 
geografiyao`qituvchilari tayyorlash ishiga ulkan hissa qo`shgan buyuk shaxsdir. 
2-jahon 
urushi ham geografiya ta’limiga o`z ta’sirini ko`rsatmasdan 
qolmadi.Ko`pgina geografiya o`qituvchilari frontga jo`nab ketdilar.Oliy o`quv yurtlarida 
mutaxassislar tayyorlash izdan chiqdi.o`quv qo`llanmalar umuman yetishmay qoldi. 


Urushdan keyingi 
yillarda 
maorif sohasida talaygina 
yutuqlar qo`lga 
kiritildi.Dastlab 4 yillik, keyin 7va8 yillik to`liq o`rta ta’limga bosqichma-bosqich o`tilishi,ta’lim 
mazmunini tubdan qayta qurishga yordam berdi. Bu davrda geografiya o`qituvchilari diqqati 
ko`proq o`quv jarayonini amaliyot bilan bog`lashga qaratildi. Geografiya ta’limini hayot bilan 
bog`lash borasida tabiiy sharoitning xalq xo`jaligidagi ahamiyatiga e’tibor berildi. Oz o`lkasi 
geografiyasini o`rganish va o`z joyining kartasini chizish,ob-havoni kuzatish,o`z joyidagi barcha 
tabiiy kompleks komponentlarini o`rganish geografiyani turmush bilan bog`lashga qaratildi. 
Maktabni hayot bilan bog`lash haqidagi qaror asosida o`quvchilarning mustaqil 
ishlariga katta e’tibor berildi.O`zbekiston geografiyasini o`rganishga bir muncha e’tibor 
kuchaydi.1953-1954-o`quv yillaridan boshlab amaliy mashg`ulotlarni uyushtirish majburiy tarzda, 
maktab geografiya dasturlariga kiritildi.O`quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga, mehnatga 
muhabbat ruhida tarbiyalashga e’tibor kuchaydi.1958-yil 24-dekabrda Oliy Sovetning maktab 
haqidagi qonuni geografiyaning takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu qonun boshqa 
fanlar qatori geografiya ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan yaqinlashtirishga e’tiborini 
kuchaytirdi. 
Geografiya ta’limida o`z o`lkasini chuqurroq o`rganishga bo`lgan talab 
oshdi.Ozbekistonda geografiya ta’limini takomillashtirishda bir qancha ilmiy maskanlar va oily 
o`quv yurtlari qatori Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutlaridagi geografiya 
labaratoriyasining xizmatlari katta bo`ldi.Bu institute geografiya labaratoriyasida P.Musayev
rahbarligidagi metodist geograf olimlar maktabda geografiya o`qitishni takomillashtirish bo`yicha 
qator izlanishlar olib bordi.P.Musayev o`sha mustamlaka yillarda ham hadiksiramasdan milliy 
maktab muammolari bo`yicha g`oyat dadil fikrlarini ilgari surdi.
1960-yildan boshlab geografiya ta’limi metodigasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar 
nashr etildi.O`sha davrda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A .Obidov, 
O.Saidrasulov, H. Hasanov, N.Daminov, Z. Akramov, O. Mo`minov, M.Nabixonov, 
I.Mirzaboyev va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi.Umum ta’lim maktablari va o`quv yurtlari 
uchun geografik adabiyotlar, darslik va metodik qo`llanmalarni tarjima qilindi. Bunda H. 
Hasanov, P.Sultonov, M.Qoriyev, P. G`ulomov, R. Rahimbekovlar unumli mehnat qildilar. 
Jumladan: N.F.Kurazovning “Geografiya o`qitish metodikasi” (1962),P.Budanovning”Tabiiy 
geografiya metodikasi”(1905), A.B.Darinskiyning “Geografiya o`qitish metodikasi”(1964), 
N.Dalimovning “O`zbekiston tabiiy geografiyasi”yangi darslik bo`lib chiqdi.1960-yillardan 
boshlab O`zbekistonda geografiya ta’limi geografiyasining turli yo`nalishlari bo`yicha ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borildi. O.Mo`minov “O`zbek maktablarida tbiiy geografiya o`qitish 
masalalari”(1967), T.Abdullayeva “Tabiiy geografiya o`qitishda o`lkashunoslik materiallaridan 
foydalanish”(1967), M.Nabixonov “SSSR Geografiyasida badiiy ko`rsatmali vositalarning roli va 
qo`llanilishi” (1969)

Yüklə 289,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin