Mavzu: Farrux Karimovich Zokirov


-o`rin – 30 mln. so`m, diplom va maxsus statuetka sovrini Qaytmasbek Ahmedov



Yüklə 52,48 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü52,48 Kb.
#196984
1   2
Farrux Karimovich Zokirov

1-o`rin – 30 mln. so`m, diplom va maxsus statuetka sovrini Qaytmasbek Ahmedovga;
2-o`rin – 21 mln. so`m, diplom va maxsus statuetka Sevara To`lanovaga;
3-o`rin – 15 mln. so`m, diplom va maxsus statuetka Jasurbek G`aybullaevga nasib etdi.
Ammo ko`rik-tanlov shartlarida belgilangan grand-pri sovrini egasiz qoldi. 
“Nima uchun grand-pri sovrini bo`lmadi?” – degan savollarni berishyapti. Bunga sabab — ishtirokchilarga qo`yilgan talab yuqori. Qatnashchilar ijodiy marralarni juda baland olishlari kerak. Biz hakamlar hay`ati a`zolari bilan shu to`xtamga keldikki, hali grand-priga loyiq ijrochilar bo`lmadi”, - dedi O`zbekiston xalq artisti, ko`rik-tanlov hakamlar hay`ati raisi Farrux Zokirov. 
U shuningdek, g`oliblarning ijrosiga ham umumiy qilib aytganda “4” baho qo`yganini aytdi hamda: “Faqatgina ovoz bilan bu yutuqqa erishib bo`lmaydi. Ishtirokchilar Botir Zokirovning hayoti va ijodi, sahnada o`zini tutish madaniyati bo`yicha ham bilimga ega bo`lishlari talab etiladi. Men o`ylaymanki, O`zbekistonimizda iste`dodlar juda ko`p. Keyingi tanlovlarda albatta grand-pri sovrindorlari ham bo`ladi. Barcha ijodkorlarga ijodiy zafarlar tilayman”, - deya qo`shimcha qildi.
O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida Ijodiy uyushmalar “Do‘stlar klubi”ning “So‘z, ohang va tasvir" turkum tadbiri doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur kechada “O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi” raisi, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” raisi, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Rustam Abdullayev, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G'ayrat Majid, O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, kompozitor, professor Dilorom Omonullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Yunus To‘rayev, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti Gulshanoy Tursunova hamda bir qator ijodkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar serqirra va betakror ijodkor Botir Zokirovning hayoti va ijodi, bosib o‘tgan yo‘li haqida so‘zlab, o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Mazkur madaniy tadbir ishtirokchisi, O‘zbekiston xalq artisti, "Yalla" ansamblining badiiy rahbari Farrux Zokirov bu haqda O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi:
- Musiqa, san’at, adabiyot doim xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, ayniqsa, san’at, adabiyotning o‘rni va ta’sirini kuchaytirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Yaqinda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston madaniyati kunlarini hamkorlikning amaliy natijasi, deyish mumkin. Azaldan o‘zbek xalqi ozarbayjon milliy musiqalarini sevib tinglaydi. Bu xalqning she’riyati, adabiyoti o‘zbek kitobxoniga yaxshi tanish. Shu bilan birga, o‘zbek musiqasi, she’riyati, so‘z san’ati ham qardosh xalqqa juda qadrdon.
Boku shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniyati kunlari xalqlarimizning tili, dini, an’analari uyg‘unligini ko‘rsatish bilan birga san’atga bo‘lgan munosabatlardagi mushtarak jihatlarni yana bir karra namoyish etdi. Ikki xalq vakillari ham bunday iliq, samimiy, dilga yaqin uchrashuvlarni juda sog‘ingani konsertlarda, uchrashuvlarda, jonli muloqotlarda yana bir karra namoyon bo‘ldi.

Konsertlarda ozarbayjon opera va estrada xonandasi Rashid Beybutov ijro etgan qo‘shiqlardan birini kuylaganimizda zaldagi tomoshabinlar katta hayajon bilan qo‘shiqni tinglagani bir san’atkor sifatida meni juda to‘lqinlantirdi. Gulyanaq Mammadova bilan birgalikda qo‘shiq ijro etganimiz konsertlarga o‘zgacha jo‘shqinlik, fayz bag‘ishladi.  Aytish joizki, shu yil may-iyun oylarida ozarbayjon farzandi Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan "O‘zbekistonda Ozarbayjon musiqasi kunlari" loyihasida qardosh xalq san’atkorlari bilan birga qatnashdik. 
Shu kunlarda Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» degan bosh g‘oyani ilgari surgan holda o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda yurtimizdagi barcha millat va elat vakillari kabi ozarbayjon diasporasi, shuningdek, Respublika ozarbayjon milliy madaniyat markazi vakillari ham faol qatnashmoqda.
Yüklə 52,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin