Mavzu: dnk replikasiyasi va rekombinatsiyasining molekulyar mexanizmlarini video roliklar yordamida o’rganish


A - U - A - A - G – U - C - C – C – U - A



Yüklə 386,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü386,37 Kb.
#186855
1   2   3
4 amaliy

A - U - A - A - G – U - C - C – C – U - A 
DNK strukturasining yozuvi «d» (dezoksi) old qo‘shimchasi bilan belgilanadi: 
d (G –G – S 
– A – T – A – T – T – G -S-…) 
Ana shunday yozuvda chap tomonda 5-uchi, o‘ng tomonda 31 -uchi bo‘ladi, deb 
mo‘ljallaniladi. Ba’zan polinukleotidlarni bunga qaramaqarshi tarzda yozishga to‘g‘ri keladi. Bu 
holda adashmaslik uchun qo‘shimcha prefikslar qo‘yiladi: (5
1
→3

) A-U-A-A-G-…- bu o‘rinda 
5
1
-uchi chap tomonda; yoki (3
1
→5
1
) G-A-A-U-A…-5- uchi o‘ngda bo‘ladi. 
DNK biosintezi (replikatsiya) DNKning qurilishi, biosintezi va vazifalarini o‘rganish tarixi 
umumbiologik jihatdan muhim bo‘lgan irsiyat muammosining yuzaga kelishi va uni hal etish bilan 
bog‘liqdir. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi genetik hamda sitologik tadqiqotlar 
belgilarning nasldan-naslga o‘tib borishi xromosomalarga bog‘liqdir, degan xulosaga olib keldi. 
Belgilarning nasldan-naslga o‘tib borishida xromosomaning ma’lum bir qismi – gen bilan 
o‘tadigan biror irsiy belgini ajratsa bo‘ladi. Organizm barcha belgilarining to‘plamiga barcha 
xromosomalar genlarining to‘plami – genotip to‘g‘ri keladi. Belgilarning nasldan-naslga o‘tib 
borish mexanizmining izohi genotip o‘z-o‘zini paydo qilib turadi, degan tushunchani ham qamrab 
oladi. O‘z-o‘zini paydo qilishi natijasida hujayra genotipi ikki baravar ortadi va keyingi 
bo‘linishda qiz hujayralarning har biri to‘la genlar to‘plamini oladi. Bu tushuncha mitoz jarayonida 
xromosomalarning ikki baravar ortib, tarqalib borish manzarasiga asoslanadi.
Xromosomalar tarkibida oqsil va DNK bo‘lganligi uchun irsiy belgilarning nasldan-naslga 
o‘tib borishida shu moddalarning qaysi biri ishtirok etadi, degan savol yuzaga keldi. XX asrning 
40-50-yillarida irsiy axborot DNK molekulalari tomonidan nasldan-naslga o‘tib boradi degan 
ko‘pgina tajriba ma’lumotlari paydo bo‘ldi. Bakteriyalarda parazitlik qilib yashovchi viruslar – 
bakteriofaglarning ko‘payishini o‘rganish ana shuning yorqin dalillaridan biri bo‘lib xizmat qildi. 
Ichak tayoqchasida ko‘payadigan 14 bakteriofag morfologiyasi ancha murakkab bo‘lgan DNK va 
oqsil pardasidan tuzilgan. Fagning ikosaedrik shakldagi boshchasi va ichi kovak silindrga o‘xshash 
dumi mavjud. Boshchasida bitta RNK molekulasi zich bo‘lib joylashgan, 81 82 dumining uchidan 
oltita ingichka ip chiqib keladi. Dumi qo‘sh devorli bo‘lib, kattaroq diametrdagi naycha ichiga 
kiritib qo‘yilgan naychaga o‘xshaydi. Bakteriyaga fag yuqish jarayoni molekulalar ishtiroki bilan 
birma-bir davom etib boradigan murakkab hodisadir. Fag bakteriya yuziga dumidagi iplari 
yordamida birikib oladi. Shunda dumning uchi bakteriya pardasida mahkam o‘rnashib qoladi. 
Fagning bakteriyaga birikishi dumidagi iplari va dumi uchidagi oqsillarning bakteriya devoridagi 
moddalar bilan komplementar tarzda o‘zaro ta’sir qilishiga asoslangan. Keyin dumining tashqi 
nayi qisqarib, ichki nayi bakteriya pardasi orqali o‘tadi va boshchasidan shu parda orqali bakteriya 
ichiga fag DNKsi «otilib tushadi», ayni vaqtda fagning oqsilli pardasi bakteriya yuzasida qoladi. 
Birmuncha vaqtdan keyin o‘nlab daqiqalar bilan o‘lchanadigan bakteriyada endi oqsilli pardasi 
ham, uning ichida joylashgan DNKsi ham bo‘ladigan necha yuzlab fag zarralari topiladi. Bu 


jarayondan fagning tuzilishi to‘g‘risidagi axborotning hammasi uning DNKsida bo‘lar ekan degan 
xulosa kelib chiqadi. 
Uotson – Krikning gipotezasiga asosan DNK qo‘sh spiralining har bir zanjiri komplementar 
qiz zanjirlar hosil qilishda qolip (matritsa) vazifasini o‘taydi. Bunda ona DNKga o‘xshash ikkita 
ikki zanjirli qiz DNK molekulasi hosil bo‘ladi, ularning har bir molekulasi bitta o‘zgarmagan ona 
DNK zanjirini saqlaydi. Uotson – Krik gipotezasi Met Mezelson va Franklin Stal tomonidan 1957-
yilda bajarilgan tajribalar bilan tasdiqlangan.
Tekshirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, Uotson – Krik gipotezasiga to‘la rioya qilgan holda har bir 
qiz DNK dupleksi hujayraning 2 ta ko‘payish siklidan keyin bitta ona zanjir, bitta yangi hosil 
bo‘lgan DNK qiz zanjirini saqlar ekan. Replikatsiyaning bunday mexanizmini yarim konservativ 
replikatsiya deb ataldi, chunki har bir qiz DNKda faqat bitta ona zanjir saqlangan. DNK 
replikatsiyasini yarim konservativ mexanizmi ichak tayoqchalari ustida olib borilgan tajribalarda 
tasdiqlandi. E coli kulturasi avlodlari birdan-bir azot manbai 15N 15NH
4
Cl li muhitda o‘stiriladi. 
Natijada E coli hujayralarini tarkibiga kiradigan barcha azot saqlovchi moddalar odatdagi 14N 
saqlaydigan DNK tarkibida 15N saqlaydigan DNK ga nisbatan katta zichlikka ega bo‘ladi va uni 
saqlaydigan DNK ga nisbatan katta zichlikka ega bo‘lib, bu jarayonni sentrifugalash yo‘li bilan 
aniqlash mumkin.
 

Yüklə 386,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin