Mavzu: Davlat va huquq tizimida din omili mavzusida esse tayyorlash



Yüklə 1,71 Mb.
tarix30.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105033
14.02.2023

Mavzu:Davlat va huquq tizimida din omili mavzusida esse tayyorlash.

Din va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning tiplari. Rivojlangan demokratik yo‘ldan ketayotgan davlatlarning hozirgi zamonda dinga munosabati asosan vijdon erkinligini ta’minlash va diniy bag‘rikenglikka asoslangan. SHunga qaramay, bugungi kunda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar o‘z mazmuni, mohiyati, shakllari va usullariga ko‘ra turli davlatlarda o‘ziga xoslikka ega. SHu munosabat bilan din va davlat o‘rtasidagi munosabatning tiplari, modellari haqida fikr yuritish mumkin.

Davlat-diniy tashkilot modeli – identifikatsion model. Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya, Angliya, Gretsiya, SHvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni Evropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida), Saudiya Arabistoni, Bruney qirolligi, Qatar, Eron islom respublikasida kuzatishimiz mumkin.

Separatsion, ya’ni davlat dindan ajratilganligiga asoslangan model. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turiga AQSH, Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, MDH davlatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi kabi davlatlarni misol sifatida keltirish mumkin.

Barcha din xizmatchilaridan san (diniy unvon)ga bag‘ishlash jarayonida qirolga itoatkorlik to‘g‘risida qasamyod qilishi talab etiladi. SHuningdek, cherkovning muhim hujjatlari, shuningdek anglikan cherkovining Bosh sinodi qarorlari, qonuniy kuchga kirishidan avval, parlament tomonidan tasdiqlanishi va qirol tomonidan ma’qullanishi lozim. Anglikan cherkovi xizmatchilari tomonidan rasmiylashtirilgan nikohlar yuridik kuchga ega.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin